12-mavzu: Logopediya fanining Rossiyada XVIII asrdan XX asrning III choragigacha rivojlanishi. Reja



Download 136,88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2022
Hajmi136,88 Kb.
#560519
Bog'liq
12 - mavzu



12-mavzu: Logopediya fanining Rossiyada XVIII asrdan XX asrning 
III choragigacha rivojlanishi. 
 
Reja:
 
1.
Qadimgi Rossiyada nutq buzilishlari haqidagi qarashlar.
2.
Rossiyada XIX asrda logopediya va uning taraqqiyoti.
3.
Rossiyada XX asrda logopediY. 
 
Adabiyotlar: 
 
1.
«Logopediya pod redaktora» professor A.S.Volkovoy. Moskva 
Prosvesheniye 1989 yil
2.
Levina R.YE. «Osnovi teorii i praktiki logopedii» Moskva 1969 yil
3.
Volkova L.S., Seliverstev V.I. «Xrestomatiya logopediya» IItom 
Moskva 1997 yil . 
4.
Gvozdev A.I. “Voprosi izucheniya detskoy rechi” Mosksva 
Izdatelstvo A.P.I. RSFSR 1961 yil.
5.
Pravdina O.V.” Logopediya” Moskva Prosvesheniye 1969 yil 
Foltcheva T.B., Cherkina G.V. «Logopedicheskaya rabota v
6.
spetsialnom detskom sadu» Moskva . Prosvesheniye 1987 yil. 
 
 
1. Nutqida nuqsoni bо„lgan bolalarning о„qitishni tashkil qilish Qadimgi 
Rusda mavjud edi, ammo bu narsa boshqa mamlakatlarda XVIII asrgacha ma‟lum 
emas edi. Ibodatxona kitoblarida nutq buzilishlari haqida ma‟lumotlar, ta‟riflar, 
ularning paydo bо„lishi va bartaraf qilish haqida fikrlar mavjud. 
Tarixda knyaz Vladimir Monomorin (1053-1125 y.) nutqida nuqsoni 
bо„lgan bolalarga g„amhurlik qilib, ularni ibodatxona qarovidan hokimiyatiga 
topshirgani haqida ma‟lumotlar saqlanib qolgan. Pyotr I esa, hamma 
guberniyalarda yetib va rivojlanishda nuqsonlari bо„lgan bolalarga yordamchi 
muassasalar ochish haqida farmon bergan. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida 
nogiron bolalarni olovda yoqitishni tashkil qilishlar va kо„r bolalarda 4-5% bо„lsa, 
aqli zaif bolalarda ulardan ham kam edi. Boshqa turdagi anamalli bolalarni 
о„qitishni tashkil qilish umuman yо„q edi. 
2. Logopediyani rivojlanishiga XIX asrda karlarni og„zaki nutqga о„rgatish 
metodikasini paydo bо„lishi sabab bо„ldi. Bu yо„nalishni asosiy vakillardan 
Peterburg karlar bilim yurtining derektori G.A.Gursov (1775- 1858 y) va V.I.Fleri 
(1800-1856 y.) keyinchalik shu bilim yurtining vrachi P.D.Yenko (1844-1916 y.) 
edi. Ular kar bolalarni о„qitish jarayonida nutqining turli usullaridan (og„izaki, 
daktil yozma) foydalashni tarafdori edilar. P.A.Gursov va V.I.Fleri defferension 
о„qitish zarurligini isbotlab berishdi. Unda о„qitish metodikasi berilib, о„qituvchi 
shaxsiga va tajribasiga, kar bolani ahloqiy tarbiyasiga, bevosita, ularni 
eshitadiganlar bilan muloqatiga katta ahamiyat berilgan. Adabiyotlarda 


duduqlanishga oid materiallar oldindan yoritilish logopediyani rivojlanishiga asos 
soldi. Vrach X.Logezen 1438 yilda о„zining “Duduqlanish haqida” kitobida, uni 
erta bolalikda paydo bо„lishni va nutqida nuqsoni bо„lgan bolalarda tarbiyani 
nо„g„ri tashkil etishni, bu nuqsonga kattalarni va bolalarni tо„g„ri munosabatini 
shakllantirish kerakligini ta‟kidlaydi. 
I.I.Sikorskiy 
о„zining 
“Duduqlanish 
haqida” 
monografiyasida, 
duduqlanishga “bola kasalligi” sifatida qarashga va о„z vaqtida erta yordam 
kо„rsatish kerakligini bu esa profilaktik ahamiyatga ega bо„lib, katta yoshdagilarda 
psixonevrozni oldini olishni aytgan. Ammo bu yillarda bunday ishlar bilan vrach 
va pedagoglarning juda kam qismi tanish edi. XX asrga kelib, xukumat 
muassasalari ochilib, unda faqat kar va kо„r bolalardagina yordam kо„rsatilardi. 
Boshqa turdagi nuqsonli bolalarga (normal eshitishdagi nutq kamchiliklari, zaif 
eshituvchilar) xukumat bee‟tibor qarar edi. Ammo bu yillarda yirik davlat 
arboblari, pedagog va vrachlar nuqsonli bolalarga turli yordamlar kо„rsatishdi. 
3
. 1900 yilda Moskvada mashhur surdapedagog I.A.Rau kar bolalar uchun 
maktabgacha yordam muassasasini tashkil qildi. Bu Yevropadagi birinchi bunday 
muassasa edi. N.A.Rau bu bolalar bog„chasini boshqarib, yangi kadrlar, 
surdopedagoglar tarbiyalash bilan birgalikda, dislaliya nutq kamchiligiga ega 
bо„lgan bolalarga yordam berardi. Bu hamma muassasalarga logopedlar zarur edi. 
Shuning uchun 1918 yilda Moskvada Arnolda Greniyakov nomli kar bolalar bilim 
yurtini derektori F.A.Rau tomonidan logopedlar tayyorlovchi qisqa muddatli 
kurslar ochildi. U Moskvadagi 2 ta yordamchi maktabdan nutqida kamchiligi bor 
bolalarni tanlab oldi. Ammo amaliyotdagi natijalar bu davr uchun unchalik 
ahamiyatli emas edi. V.M.Bexterev 1916-1919 yilda nutqiy aktni neyrofiziologik 
tomonida asosiy diqqatini qaratdi, u nutq xosil bо„lish “apparatni zarar”lanish va 
rivojlanmay qolish sabablarini, uni oqibatida kelab chiqadigan turli nutq 
buzilishlarini tahlil qildi. V.A.Bexterev va I.P.Pavlov logopediyani fan sifatida 
rivojlanish uchun ilmiy-materialistik bazani yaratdi. 
Sovet xukumati paydo bо„lishining birinchi yillarida Petrograddagi harbiy-
meditsina akademiyasining ruhiy kasalliklar klinikasida 1922 yilda doktor 
S.M.Debrogayevni ilmiy ishlari chiqdi. Balki, bu duduqlanish va tili chuchuklik 
muammolaridan boshqalari yoritilgan birinchi ruslaridan biri edi. Sovet xukumati 
tuzilgan yillarda oliy ma‟lumotli defektologlarni tayyorlashda katta e‟tibor berildi: 
Petrogradda maktabgacha tarbiya institutida 1920 yilda bolalar nuqsonlari 
о„rganish fakulteti ochildi (boshlig„i proffesor D.V.Feldberg) 1974 yilda Moskva 
Davlat Universitetining pedagogika fakultetida defektologiya bо„lim ochiladi. 
Birinchi dekan- proffesor D.I.Azbukin, kafedra mudiri prof. F.A.Rau edi. Shu 
tariqa Logopediya kursi mustaqil predmet sifatida о„tilardi. L.S.Vigotskiy bolalar 
nuqsonlarini ijtimoiy muammo sifatida о„rganib qо„yidagilarni ta‟kidlaydi. “Aynan 
buning mamlakatimizda kо„r, kar va boshqa nuqsonlari bо„lgan bolalarni 
tarbiyalash malakasi, boshqa joylardan oldinroq hal qilingan chunki bu masala о„z 
tabiatiga kо„ra muhim bо„lib, u faqat Rossiyadagina ya‟ni sotsial yо„nalishda 
bо„ladi”. 
1925 yilda Moskvada Narkomzdrav tomonidan Davlat nervnopsixiatrix 
profilaktika institutida о„smirlar va kattalardagi duduqlanishni davolash bо„yicha 


logopedik xonalar tashkil qilindi. Sо„ngra afazik va duduqlanuvchi bolalarni 
davolash bо„yicha statsionar ochildi. 1929 yilda MosGFZDRAV tomonidan 
etilishda va nuqsoni bо„lganlar uchun poliklinika ochildi.1925 yilda Moskva 
XTBsida duduqlanuqchilar uchun 7 yillik maktab ochildi, bu yerda maktab 
ma‟muriyati vrach psixonevrolog mutaxasisi ham kiritildi. 
Pedagog va psixologlarning defektologiya masalasi uchun qilinayotgan 
ishlarini samarali bо„lishi uchun 1929 yilda eksperemental defektologiya institutni 
(EDI) tashkil qilindi. Keyinchalik 1944 yilda Pedagogika fanlar Akademiyasi 
qoshida ochilgan ilmiy tekshirish defektologiya instituti deb о„zgartirildi. 
Eksperimental defektologiya institutida buyuk arbob va tashkilotchi, shu institutni 
birinchi rektori I.I.Danyushevskiy tomonidan tashkil qilingan edi, u yerda nutq 
nuqsonlari bо„yicha maslahatlar berilardi. Bu tashkilotni ishlariga qatnashishga
eksperimental defektologiya institutining ilmiy rahbari qilib umumiy va maxsus 
psixologiyani is‟tedodli tekshiruvchilardan L.S.Vigoskiy, xamda prof. Professor 
N.A.Rau, V.P.Koshenko, D.I.Azbukin, B.S.Preobrajenskiy, R.M.Boskis, psixolog 
prof. A.R.Luriya, R.YE.Levinlar taklif qilindilar. 
Keyinchalik shu institut qoshida logopediya sektori, kar va zaif 
eshituvchilar uchun maktab internat ochildi. Bu paytga kelib nutqiy buzilishlarni 
diagnostikasi paydo bо„la boshladi. 
Deferensial diagnostikani muhim tomonlaridan bu nutqiy buzilishlarni 
nutqiy kamchiliklardan farqlab olish, chunki eshitishning ozgina pasayishi ham 
bolalarda nutq buzilishlariga olib keladi. 1931 yil Narkoiprss “Jismoniy 
kamchiliklari bor bolalar, aqli zaiflar va nutqini nuqsoni bо„lgan bolalar va 
о„smirlarni majburiy boshlang„ich ta‟limini oshirish”lari zarurligi haqida farmon 
berdi.1930 yilda mashhur psixatr, jamoat arbobi V.A.Pelyarkiy tashabbusi bilan 
Mosgoszorgov duduqlanuvchilarni davolash uchun muassasa ochdi. Bu yangi 
turdagi muassasa bolalar psixoftopedik maydoni deb nomlandi. Jahon amaliyotida 
birinchi marta maktabgacha yoshidagi duduqlanuvchi bolalarni davolash, bolalar 
kollektivi sharoitida о„tkazildi. Bu muassasada N.A.Vlasova tomonidan 
duduqlanishni davolashning kompleks usuli ishlab chiqildi, bunda logopedik va 
davolash ishlari birga olib borilardi. Logoped bolalar psixonevrologi va musikaviy 
logaritmist ishlari birlashtirildi. Bu qilingan ish о„z samaraligi kо„rsatdi. Mashhur 
pediatr S.A.Shelovonov va logoped YE.F.Rau taklifiga kо„ra 1932 yilda 
narkomzdrav “bolalar yil” qoshida maxsus etish va nutqida kamchilagi bor bolalar 
uchun yasli ochadi. Yangi ochilayotgan hamma muassasalarga logopedlar 
yetishmasdi, chunki о„sha yillarda ularni soni cheklangan edi. 1931 yilda EDI 
qoshida doimiy ishlab turuvchi kurslar ochiladi, bu yerda maxsus maktab 
о„qituvchilari, bolalar uylari xodimlari va logopedlar о„z bilim darajalarini 
oshirishlari mumkin edi. Bu kurslar ulug„ Vatan urushi boshlangunga qadar ishlab 
turdi. 1931 yilda M.YE.Xvatsev tomonidan studentlar, о„qituvchi logopedlar 
uchun о„quv qо„llanma yozildi.U yosha yillarda Gersin nomli Leningrad 
pedagogika institutini logopediya kafedrasini boshqarar edi. 
1935 yilda zarur pedagogik, teorimik konferensiya о„tkazildi. Unda 
Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov va boshqa shaxarlardan logoped, pedagog, 
vrachlar va psixologlar qatnashdilar. Logoped va psixologlarning dokladlariga 


ta‟kidlanishicha, logoped faqatgina kasallik bilan shug„ullanmasdan, balki uni 
shaxsni rivojlanishiga, foydali mehnatga о„rgatib borishi kerak. Psixiatr, 
nevropatolog va otolarengologlarni nutqiy kamchiliklarini diognostika qilish, 
davolash va kompleks reabilitatsia qilishda birgalikda ish olib borilishi ta‟kidlandi. 
Kun tartibiga eng zarur hal qilinishi zarur bо„lgan savollar qо„yilgan edi: bu 
huquqiy, tashkiliy va logoped-logoterapevtlarni tayyorlashga oid savollar edi. 
Lekin hamma pedagogik va tashkiliy masalarni о„sha paytda yechish oson emas 
edi. Logopedik muassasalar о„z ishini yangi kadrlarsiz davom ettira olmas edi, 
chunki Moskva, Leningrad va boshqa shaharlardagi institutlarning bitiruvchilari 
uncha kо„p emasdi. 
Butun ittifoqda logopedik konferensiya tufayli turli shaharlardagi 
logopedik muassasalar о„rtasida zarur aloqani о„rnatishga yordam berdi. Bu ishga 
Moskvada, ilmiy-metodik markaz qoshida 1939 yilda ochilgan komissiya rahbarlik 
qildi. Bu komissiya poliklinika, statsionar, ommaviy va yordamchi maktabda 
ishlaydigan logopedlarni birlashtirdi. Komissiya о„z faoliyatini ulug„ Vatan urushi 
yillarida ham tо„xtatmadi. 
О„sha davrda kattalarga kо„rsatiladigan logopedik yordam sog„liqni 
saqlash 
muassasalarida 
markaziy 
nevropsixiatriya, 
psixogigena 
va 
psixoprofilaktika institutda, duduqlanuvchilar va afaziklar uchun mо„ljallangan 
logopedik statsionarda eshitish va nutqga oid poliklinikada Leningraddagi 
otalaringologik institutda olib borilardi. Logopedik yordamni qanday olib 
borilayotganini tibbiyot jamoasiga tanishtiradi nevropotolog va psixiatrlarini 
syezdlari katta ahamiyatga ega bо„ldi. 
1944 yilda Moskvadagi nevropotolog va psixiatrlarni, difektologiya va 
sog„likni saqlash instituti bilan о„tkazilgan kengashda ulug„ Vatan urushi 
qatnashchilaridagi jarohatlangan afaziya va duduqlanishni bartaraf etishnida tiklash 
terapiyasini olib borish masalasi kо„rib chiqildi urushdan keyingi yillarda maorif 
va sog„liqni saqlash sistemasida logopedik muassasalar soni ortib bordi. 
1956 yildan boshlab Defektologiya ilmiy tekshirish instituti. Butun –ittifoq 
pedagogik va ilmiy konferensiya chakiradi, u har 3 yilda о„tkaziladi. Bu seminar 
logopedlar, psixologlar, lingvistlar va har bir ittifoq respublikalaridan 
qatnashadilar. 
Logopediyani rivojlantirish va kengaytirish bо„yicha katta ishlar Moskva, 
Leningrad, Sverdlovsk va boshqa shaharlarining difektologik fakultetlarining 
kafedralarida о„tkazilardi. 
Mamlakatda maktabgacha tarbiya yoshidagilarni nutqiy kamchiliklarini 
korreksiya qilish maqsadida hamma tomonlama о„ylangan sistema tuziladi: 
internet tipidagi bolalar bog„chalari, 5 kunlik bolalar bog„chasi, ommaviy 
bog„chalarda internet tipidagi gruppalar bunday bolalar bog„chalarda bolalarning 
bir–ikki yil bо„lishi ularni maktabda о„zlashtirishi yaxshi bо„lishidan dalolat 
berardi. 
Sovet Ittifoqida nutqiy kamchiliklarga ega bо„lgani uchun tashkil qilingan 
maktablarda 2ta bо„lim mavjud edi.
Birinchi-nutqiy og„ir turlari bilan zararlanganlar ( nutqni hamma tomoni 
zararlanishi, afaziya, analiya, rinolaliya, psevdobulvar, falaj va boshqalar). 


Ikkinchisi- duduqlanish darajasi og„ir bо„lgan bolalar. 
Defektologiya ilmiy-tekshirish instituti bu muassasalarni о„quv rejalari, 
dasturlari, о„quv qо„llanmalari va metodikalari bilan ta‟minlashda juda samarali 
ishlar olib bordi. 
Shu yillarda bolalar poliklinikasi qoshida logopedik kabinetlar ochiladi, 
nutqiy kamchiliklarga ega bо„lgan bolalar uchun Respublika va viloyat 
sanatoriyalari ochiladi. Bundan tashqari serebral falaj bolalarini о„rganish va 
yordam berishi uchun mahsus muassasalar tashkil etildi. 
1960 yilda 1-bolalar psixonevrologik dispanseri ochiladi, u yerda maxsus 
logopedik va tibbiy- pedogogik maslahatxonasi tashkil qilinadi. 1963 yilda 
dispanser 6 chi bolalar psixanevrologik kasalxonasini bir qismi bо„lib, 
hisoblanardi, u yerda turli nutq kamchiligi bor bolalar uchun bо„lim ochiladi. Yana 
alalik bolalar uchun, о„smirlardagi duduqlanishni davolash uchun bо„limlar ochildi 
kasalxonada hamma bolalar uchun maktab ochilgan edi. Duduqlanuvchi bolalar 
bilan ishlash duduqlanishni nevrotik va nevrozsimon formalarini ajratib olinishiga 
sabab bо„ldi (prof. V.V.Kavalev, M.M.Buyanov 1968 yilda butun ittifoq 
R.K.Serbskiy nomli tekshirish umumiy va sud psixiatiyasi institutida duduqlanish 
muammosi, klinikasi potogenezi, terapiyasi, yoshlar bо„yicha ilmiy ishlar olib 
boriladi. 1976 yilda Moskvada nevropotolog va psixiatrlarning 4 simpozium 
о„tkazildi, unda nutqiy buzilishlarni erta aniqlash kerakligini, bu esa о„z vaqtida 
defferensialashgan yordamni kо„rsatishga sabab bо„lishi ta‟kidlandi. 
Logopediyani rivojlanish tarixini kо„rsatishicha, pedagog va vrachlarni 
barchalikda ish olib borishi kerakli natijani olishda, davolashda nutqiy nuqsonlar 
bilan aziyat chekuvchilarga zarur yordam kо„rsatishda samara berishini isbotladi. 
1946-47 о„quv yilida V.I.Lenin nomidagi Moskva Davlat Pedagogika 
Instituti qoshida oliy о„quv yurtlar tizimida birinchi marta logopedik bо„lim 
ochildi. Logopedik bilimlarini faqatgina oligo, surdo tiflopedagoglar uchungini 
zarur bо„lib qolmay, balki defektolog mutaxasisning yangi bir kо„rinishi logoped 
mutaxasisi zarurligi aniqlandi. 
Mutaxasis-logopedlar tayyorlash zaruriyatini kelib chiqishda Ulug„ Vatan 
urushi davridagi ijobiy logopedik ishlar alohida rol о„ynadi. 
Urush davri sharoitida shifokor va logopedlarning hamkorlikda olib borgan 
ishlari, turli jarohatlaridan sо„ng nutqni tiklash ishlari yuqori natijalarini 
berdi”(F.A.Rau). 
Logoped mutaxasisligi aniqlanishi bilan birgalikda logopediyani tibbiy 
yoki pedagogik fanlarning qay biriga tegishli ekan degan savol о„z-о„zidan 
yechildi.Shu bilan birga nutq nuqsonini kim bartaraf etish kerak; logoped yoki 
shifokor masalasi ham ijobiy hal qilinadi. 
“Yomon gapiruvchi shaxsni davolash kerakmi yoki о„qitish?” savoliga biz 
quydagicha javob beramiz: ayrim hollarda davolash kerak, ammo о„qitish va 
tarbiyalash har doim zarur. Bola nutqinigina emas, logopad shaxsini ham 
tarbiyalash lozim.Shuning uchun logopedlar pedagogik bilimlar asosida 
tayyorlanishi darkor” deb ta‟kidlaydi F.A.Rau. 


1959-60 о„quv yilidan boshlab logopediya bо„limi talabalariga 
maktabgacha tarbiya, maktab va tibbiyot muassasalari о„qituvchi mutaxasisligi 
berila boshlandi. 
1968-69 о„quv yilidan boshlab, defektologiya fakulteti qoshida bir yillik 
defektologlar kursi faoliyat boshladi. Bu kursda amaliyotchi mutaxasislar ikkinchi 
(mutaxasislikni)pedagogik mutaxasislikga ega bо„ladilar. 
Bu davr uchun logopediya bо„yicha ilmiy kadrlarni intensiv ravishda 
tayyorlanishi harakterlidir. Defektologiya fakulteti о„quv tizimida talabalarning 
ilmiy- tadqiqot ishlari bir qator rivojlanib bordi. Tajribali rahbarlar rahbarligi qо„l 
ostida talabalar uchun turli ilmiy tо„garaklar va muammoni о„rganuvchi guruhlar 
uchun turli ilmiy tо„garaklar va muammoni о„rganuvchi guruhlar tashkil etildi. Bu 
tо„garaklarda talabalar ilmiy tadqiqot bilimlariga ega bо„ladilar, logopediyada 
yechilmagan muammolar yuzasidan ilmiy madaniy izlanish ishlarini olib 
boradilar.Talavalarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida ilmiy dokladlar, 
diplom ishlar rasmiylashtiriladi. Talaba- logopedlar – defektologiya bо„yicha oliy 
о„quv yurtlari aro talabalar ilmiy anjumanining faol ishtirokchilaridir. Bu 
anjumanlar Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk, Shyaule, Toshkent, Slavyansk kabi 
yirik shaharlarda bо„lib о„tar edi. 1972 yildan boshlab logopediya bо„yicha diplom 
ishlarining soni kо„paya bordi. 
Ilmiy kadrlarni tayyorlash aspirantura orqali amalga oshiriladi. Kafedra 
о„qituvchilari ilmiy rahbarligi ostida aspirant va izlanuvchilar logopediya bо„yicha 
mustaqil ilmiy izlanishlar olib boradilar kandidatlik dissertatsiyalarini himoya 
qiladilar. 
Kafedra xodimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari 
logopediyani nazariyasini boyitibgina qolmay turli nutq nuqsonlariga ega bolalar 
bilan olib boriladigan amaliy ishlarni yuqori bosqichga kо„tardilar. 
Xulosa sifatida quydagilarni keltirish mumkin: 
-nutq buzilishlarini differensial tashxis qilish sifat jihatdan yaxshilanishi, 
Turli nutq nuqsoniga ega bolalarni psixologik о„rganishni rivojlanishi.Logopad 
bolalarni nutq nuqsonnini tuzilishini belgilovchi yangi logopedik metodlarni 
tavsiya etilishi: 
-nutqiy buzilishlarni bartaraf etishda kompleksli tibbiyot pedagogik 
yondashuvning eski metodlarini takomillashuvi va yangi metodlarni ishlab 
chiqilishi; 
- logopedlar bilan turli sharoitlarda olib boshladigan logopedik ishlar 
tuzimi va metodikalari ilmiy asoslandi; 
Nutqiy kamchiliklarni tasniflash jarayonida, ma‟lum kо„rinishdagi nutq 
buzilishini о„rganishda va bartaraf etish yо„llarini ishlab chiqish jarayonida 
kompleksni tibbiy-pedagogik yondashuv modelining cheklanganligi aniqlandi. Bu 
modeldan logopediyaning qurilish bosqichida va tanqidiy tahlil bosqichida 
foydalanilgan, ammo bu model faoliyatda samarasiz edi. Chunki, bu modelni 
tibbiyot va pedagogikani bog„lovchi muhim omil-psixologiya tushurib qoldirilgan 
edi. Logopediya-pedagogikani bir sohasi bо„lib, о„z tadqiqot ishlarini 
psixologiyaga tayanmay samarali olib borishi mumkin emas. 


Bu muammolarni yechilishi logopediyada nutqiy faoliyati buzilgan 
bolalarga ta‟lim tarbiya berish qonuniyatlarini о„rganuvchi ilmiy izlanish 
yо„nalishini о„zgartirishga, qayta kо„rib chiqishga olib keldi. Zamonaviy 
logopediya nutq buzilishlariga ega bolalarga ta‟lim tarbiya berishni nazariy va 
amaliy jihatdan о„rganish, yordamchi metodik fanlar bilan cheklanib qolishi kerak 
emas. 
Logopediya kafedrasi fakultetning keksa kafedralaridan biri. Kefedraning 
asoschilari bо„lib I.A.Sikorskiy, M.V.Bogdanov - Berezovskiy, V.M.Bexterev, 
I.A.Boduende Kurteng„lar hisoblanadi. Kafedrada turli yillar davomida malakali 
mutaxasislar 
tayyorlagan 
olimlardan 
M.YE.Xvatsev, 
V.K.Orfinskaya, 
D.V.Feldberg, S.M.Ddobrogayev, M.L.Shklovskaya, N.N.Traugott, V.V.Oppel, 
M.F.Brunslar faoliyat kо„rsatganlar. 
1908 yilda psixonevrologik Akademiya qoshida psixofiziologiya va nutq 
nuqsonlari kafedrasi tashkil etildi. Kafedra muovini bо„lib defektolog 
prf.D.V.Feldberg tayinlandi. 
1918 yilda Pixonevrologik Adeniya qoshida psixofiziologiya va nutq 
nuqsonliklari kafedrasi tashkil topdi. Bu kafedraga prof . D. V. F yeldberg 
muovinlik qildi. 
Maktabgacha tarbiya instituti normal va nuqsonli bolalar tarbiya 
pedagogika instituti deb nomlangandan sо„ng, 1921 yilda logopediya kafedrasi ana 
shu institut qoshida qayta tashkil topdi. 
1927 yilda logopediya va surdopedagogika kafedralari birlashtirishda. 
1929 yildan boshlab logopediya kafedrasi yana mustaqil faoliyat kо„rsata boshladi. 
1933 yilda fiziologiya, nutq patofiziologiyasi, logoterripiya va logopediya 
kafedrasi tashkil etildi. 1935 yilgacha kafedraga I.A.Sikorskiy shogirti 
S.M.Dodrogayev muavinlik qildi. 
1936-1941, qiyinchilik 1947-1964 yillarda surdopedagogika va logopediya 
kafedrasiga M.YE.Xvatsev muovinlik qilgan. 
965 yilda psixopatologiya va logopediya kafedrasi tashkil etiladi va uning 
tarkibiga logopedlar, fiztologlar, psixiator va nevropotologlar kiradilar. Bu yillarda 
kafedraga prof. YE.S.Ivanov muovinlik qiladi. 
1977 yilda kafedra qoshida logopediya bо„limi tashkil etiladi. 
1986 yilda logopediya va psixologiya kafedralari alohida faoliyat kо„rsata 
boshlaydilar logopediya kafedrasiga L.S.Volkova muovinlik qiladi. 
Logopediya kafedrasi og„ir nutq nuqsiniga ega bolalar maktabining 
boshlang„ich sinf о„qituvchilari va logoped mutaxasislarni tayyorlaydi. 
Hozirgi kunda kafedra tomonida yechilayotgan dolzarb muammolar 
quydagilardir: 
1.
logopediya metodologiyasi; 
2.
logopediya tarixi; 
3.
nutqiy nuqson tuzilishini nazariy о„rganish asoslari; 
4.
murakkab nutqiy nuqson va uning tuzilishi tushunchasi; 
5.
turli guruh bolalarida о„qish va yozish malakalarini buzilishlari; 
6.
nutqiy nuqsonga ega bola va kattalar shaxsi. 


Kafedra kelajakda logopediyaning murakkab sohalarida faoliyat 
kо„rsatuvchi, shuningdek, о„rta va oliy о„quv yurtlari о„qituvchi bо„lishni istagan 
magistrlarni tayyorlashni rejalashtirilmoqda.

Download 136,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish