24 – PARAGRAF XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Buyuk Britaniya sanoatida qaysi sohalar yetakchi o’rin tutgan ? to’qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati
Mashinalashgan ishlab chiqarish oqibatida 1816-yilda Buyuk Britaniyada mashinalar qancha odamning qo’l mehnatiga teng ishni bajaradi ? 150 mln
1816-yilda Buyuk Britaniya aholisi qancha edi ? 12 mln
Dunyoda birinchi temiryo’l qayerda va nechanchi yilda quriladi ? Buyuk Britaniyada 1825-yilda
Nechanchi asr insoniyat tarixiga bug’ asri bo’lib kirgan ? XIX asr
Nechanchi asrga kelib qishloq xo’jaligida mashinalar va kimyoviy o’g’itlar ishlatish boshlanadi ? XIX asrning 40-yillariga kelib
Dunyoning birinchi industrial davlati qaysi bo’lgan ? Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada sanoat to’ntarishi qachon tugallanadi ? XIX asrning 40-yillarida
Mashinalarni mashinalar yordamida ishlab chiqarish nima deyiladi ? Sanoat to’ntarishini tugallanishi
Buyuk Britaniya parlamenti ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonunni nechanchi yilda qabul qiladi ? 1825-yilda
1832-yilda Buyuk Britaniyada o’tkazilgan birinchi parlament islohotiga ko’ra ... yirik sanoat markazlariga parlamentdan 144 ta o’rin ajratib berildi, parlamentning quyi palatasi mamlakat byudjetini nazorat qilish huquqini saqlab qoldi, hukumatning quyi palata oldida javobgarligi belgilandi
1832-yilgi islohotdan so’ng saylangan parlament 1833-yilda necha yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqtini belgiladi ? 13 yoshgacha 9 yoshgacha bo’lgan bolalarning mehnati taqiqlandi
1836-yilda qaysi shaharda ishchilarning “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Asotsatsiyasi” tuziladi ? Londonda
Buyuk Britaniya tarixiga qaysi harakat chartistlar harakati nomi bilan kirgan ? “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Asotsatsiyasi”ning saylov huquqini kengaytirish masalasida parlamentga uch marta xartiya topshirishi
Buyuk Britaniyada ikkinchi parlament islohoti qachon o’tkaziladi ? 1867-yilda
1867-yilda Buyuk Britaniyada o’tkazilgan ikkinchi parlament islohotiga ko’ra ... shaharlarda o’z uyiga ega bo’lgan hamda alohida kvartirada turadigan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi
1832-yilda Buyuk Britaniyada saylovchilar soni qancha edi ? 600 ming
1867-yilda Buyuk Britaniyada saylovchilar soni qancha edi ? 2 mln
Gibraltar bo’g’ozi qayerda joylashgan ? O’rta yer dengizidan Atlantika okeaniga chiqish joyida
Adan bo’g’ozi qayerda joylashgan ? Qizil dengizdan Hind okeaniga chiqish joyida
Keyptaun qayerda joylashgan ? Afrikaning janubiy qismidagi Ezgu Umid burnida
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya dengiz va okeanlar orqali o’tadigan jahon yo’llarida qaysi tayanch punklarni bosib oladi ? Gibraltar, Adan, Keyptaun, Singapur, Gongkong
XIX asr o’rtalarida Angliyaning eng yirik mustamlakasi Hindistonda qancha aholi yashagan ? 300 mln dan ko’proq
XIX asr o’rtalarida Hindiston aholisi Britaniya aholisidan necha barobar ko’p edi ? 10 barobar
Buyuk Britaniya XIX asrda qaysi qoidani ustalik bilan qo’llagan ? “Nifoq solib hukmronlik qil”
XIX asrda “Oq koloniyalar” qaysi hududlarga nisbatan ishlatilgan ? Amerika, Afrika, Avstraliyaga Britaniyadan va qisman ingliz tojiga bo’ysunuvchi boshqa mamlakatlardan ko’chib borgan kishilar o’zlashtirgan hududlar
XIX asr o’rtalarida qaysi hududlar “oq koloniyalar” deyilgan ? Kanada , Avstraliya, Yangi Zelandiya
1861-yilda Avstraliyadagi oq tanlilar soni qanchani tashkil etadi ? 1 mln 200 ming
Buyuk Britaniya hukumati Kanadaga nechanchi yilda dominion huquqini beradi ? 1867-yilda
Qaysi so’z lotinchadan tarjima qilinganda birga, markaz, ma’nolarini anglatib, Biror narsaning muayyan bir joyda to’planishidir ? konsentratsiya
O’zini-o’zi boshqaradigan qaram yer, o’lka nima deyiladi ? Dominion