39 – PARAGRAF Jamiyatning mehnatkash aholisi katta qismining extiyojlari va manfaatlari yo’lida ixtiyoriy ravishda harakat qilish nima deyiladi ? ijtimoiy harakat
“Sotsializm” atamasi qachon va qayerda vujudga kelgan ? XIX asrning 30-yillarida Fransiyada
Utopik sotsializmning G’arbiy Yevropadagi namoyondalari kimlar ? fransiyalik Sen-Simon, Sharl Furye va britaniyalik Robert Ouen
Kim mavjud adolatsiz jamiyat o’rniga mehnat jamoalariga asoslangan jamiyat qurishni taklif etib, bunday jamiyatni falanga deb atagan ? Sharl Furye
Utopik sotsializm vakillaridan qaysi biri mulkdor bo’lganligi uchun o’z fabrikasida ishlayotgan ishchilar uchun ish vaqtini qisqartiradi, ishchilarning bolalari uchun yasli va bog’cha ochadi, keksalarga pensiya tayinlaydi ? Robert Ouen
Germaniya utopik sotsializmi namoyondalari kimlar ? Karl Marks va Fridrix Engels
Rossiya imperiyasidagi ijtimoiy harakatni yetakchilari kimlar bo’lgan ? V.Belinskiy va A. Gersenlar
V.Belinskiy va A. Gersenlar nechanchi asrda ijod qilganlar ? XIX asrning 40-50-yillarida
“Utopiya” so’zining ma’nosi nima ? hayoliy, yo’q joy
“Utopiya” asarining muallifi kim bo’lgan ? XVI asrda yashagan angliyalik Tomas Mor
“Konservatizm” qachon vujudga keladi? XVIII asrda
“Konservatizm”ning ko’zga ko’ringan arboblari kimlar? Ingliz Edmund Berg va fransuzlar Jozef de Mester hamda Lui de Bonald
“Konservatizm” so’zining ma’nosi nima? Lotincha konservatio – saqlab qolmoq, qo’riqlamoq
“Liberalizm” so’zining ma’nosi nima?lotincha liberum – ozodlikka mansub
40 – PARAGRAF XVII-XVIII asrlarning boshlarida aniq fanlar sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar birinchi navbatda kimlarning nomi bilan bog’liq ? Isaak Nyuton va G.V.Leybnis
Isaak Nyuton yashagan yillar ? 1642-1727-yillar
G.V.Leybnis yashagan yillar ? 1646-1716-yillar
Isaak Nyuton necha yoshga kirganda fan uning asosiy mashg’ulotiga aylanadi ? 14 yoshga
Kimning fizika faniga qo’shgan hissasi butun olam tortishish, mexanik harakat va nurning tarqalish qonunlarini kashf etganligi bilan belgilanadi ? I.Nyuton
I. Nyuton nechanchi yilda shisha linzani , eng katta teleskoplardan ko’ra osmon jismlarini yaxshiroq ko’rsatadigan kichkina oynali teleskop ixtiro qiladi? 1671-yilda
I. Nyuton necha yoshga to’lmasdan qirollik jamiyati a’zosi, akademik etib saylanadi ? 30 yoshga
G.V.Leybnis necha yoshida universitet talabasi bo’ladi ? 15 yoshida
G.V.Leybnis nechanchi yilda Berlin fanlar akademiyasiga asos soladi ? 1700-yilda
Berlin fanlar akademiyasining birinchi prezidenti kim bo’lgan? G.V.Leybnis
Qaysi olim umumiy zaruriy bilimlarning asosi faqat aql bo’lishi mumkin degan? G.V.Leybnis
Fizikada kim birinchi bo’lib “yetarli asos qonuni”ni izohlab bergan? G.V.Leybnis
Kim matematikada defferensial va integral hisoblashni kashf etgan ? G.V.Leybnis
Kim katta sonlarni hisoblash mashinasini, mayatnikli soatni yaratgan? G.V.Leybnis
Kim Mihail Lomonosov haqida “tarixchi, notiq, mehanik, kimyochi, minerolog, rassom va shoir. U hamma narsani sinab ko’rgan va hamma narsani o’rgangan” deb yozgan?A.S. Pushkin
Mihail Lomonosov Moskvadagi qaysi akademiyada o’qigan ? slavyan-yunon-lotin akademiyasida
Mihail Lomonosov qayerdagi universitetda kimyo va metallurgiya fanlaridan ta’lim olgan? Germaniyadagi
Fizikaviy kimyo faniga kim asos soladi ? Mihail Lomonosov
Rossiyada birinchi kimyo labaratoriyasiga kim asos soladi? Mihail Lomonosov
Mihail Lomonosov qaysi davlatlardagi fanlar akademiyalarining faxriy a’zoligiga saylanadi? Shvetsiya va Boloniya
XVII asrda qaysi qolland olimi 300 marta kattalashtirib ko’rsatadigan mikroskop yaratadi?A. Livenguk
XVIII asrda qaysi ingliz olimi chechak kasali sigirdan yuqsa uning yengil o’tishini, so’ngra bu kasalni yuqtirgan kishida chechakka qarshi immunitet paydo bo’lishini aniqlaydi? E. Jenner
Chechakka qarshi emlash usulini kim kashf etadi? E. Jenner
Neptun sayyorasi qachon kashf etilgan? 1846-yilda
Energiyaning saqlanish qonuni qachon va kimlar tomonidan asoslangan? Ingliz fizigi D.Joul va nemis fizigi Y.Mayerlar tomonidan 1842-yilda
Elementlarning davriy tizimini kim yaratgan ?D.I.Mendeleyev
Elementlarning davriy tizimi qachon yaratilgan? 1869-yilda
Nechanchi asr temir va bug’ asri hisoblanadi? XIX asr
1840-yilda jahon mamlakatlarida barcha temir yo’llarning uzunligi qanchani tashkil etadi? 7700 km
1840-yilda dunyo bo’yicha temir yo’larining katta qismi qaysi davlatlarga to’g’ri keladi? Britaniya va AQSH
1870-yilga kelib dunyo bo’yicha temir yo’llarining uzunligi qanchani tashkil etadi? 200 ming km
G’ildirakli poroxodlar qachondan Hindiston va Amerikaga qatnay boshlaydi? XIX asr 30-yillari oxiridan
Britaniyadan Amerikaga Atlantika okeani orqali dastlabki telegraf kabel qachon o’tkazilgan? XIX asrning 60-yillari oxiridan