34 – PARAGRAF Koreyada Li sulolasi nechanchi yilda hokimiyatga kelgan? 1392-yilda
Li sulolasini asoschisi Li Song nechanchi yillarda hukm surgan? 1392-1398-yillarda
Li Song Koreyani, avvalgi sulola davrida atalgan “Koryo” o’rniga nima deb nom beradi? “Choson”
Koreyada kimni hukmronligi davrida davlat tuzumi Minlar sulolasi davridagi Xitoy namunasida qaytadan tashkil etiladi? Li Song
Yangi davr boshlarida XVI asrda Koreya taraqqiyotda qo’shni davlatlardan tobora ortda qolib borishiga nima sabab bo’ladi? XIV-XV asrlarda Koreyada o’rnatilgan yerga egalik qilishning feodal shakli saqlanib qolayotganligi
XVI asrdan Koreyaga qaysi davlatning tajovuzi kuchayadi? Yaponiya
Nechanchi yilda Yaponiya qo’shinlari Koreya hududiga bostirib kirdi va koreys qo’shinlari qarshiligini yangib, dastlab Seulni, keyinroq esa Pxenyanni egallaydi? 1592-yilda
Qaysi davlatda joylashgan “quloqlar qabristoni” ga o’ldirilgan koreyslardan kesib olingan quloq va burun ko’milgan? Yaponiyaning Kioto shahridagi (30 ming quloq va burun ko’milgan)
1592-yilda Koreyada yapon bosqinchilariga qarshi qanday nomdagi xalq partizan guruhlari tuziladi? “Haq ish uchun”
1592-yilda koreyslarning yaponlarga qarshi kurashiga kim boshchilik qilib, yapon flotini tor-mor etadi? Li Sun Sin
1592-yilning oxirida qaysi davlatning 50 minglik yordamga kelgan qo’shini koreyslarning yaponlarga qarshi kurashini yengillashtiradi? Xitoy
1593-yilda qaysi davlatlarning birlashgan qo’shini Pxenyan va Seulni ozod qiladi? Xitoy va Koreya
1597-yilda Koreyaga qaysi davlatning hujumi boshlanadi? Yaponiya
1597-yilda Yaponlarning Koreyaga urushi yillarida Koreya poytaxtining aholisi necha barobarga kamayib ketadi? Ikki barobar
1627-yilda Koreyaga qaysi davlat bostirib kiradi? Manchjuriya
Manjurlarning bosqinidan keyin koreyslar poxtaxtni qayerga ko’chiradi? Kanhva oroliga
1636-yilda Koreyaga qaysi davlat yangi hujum boshlaydi? Manjuriya
Nechanchi yilda imzolangan shartnomaga ko’ra Koreya qiroli o’zini Manjuriyaning vassali deb tan oldi? 1637-yilda
Koreyada qirol Yonchjon hukm surgan davr? 1725-1776-yillar
Qaysi Koreya qiroli davrida dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligi bekor qilinadi, qul ayolning nevarasi ozod inson bo’lishi haqida dekloratsiya qabul qilindi? Yonchjon
Koreyada 1785-yilda qanday nomdagi hujjat qabul qilinadi? “Qonunlarning buyuk to’plami”
Nechanchi yilda Rim papasi Koreya yepisskopligi tuzilganligini e’lon qiladi? 1831-yilda
Nechanchi yili Koreya qirg’oqlari yaqinida paydo bo’lgan kema Buyuk Britaniya nomidan Koreyaga savdo munosabatlari o’rnatishni taklif qiladi , lekin rad javobini oladi? 1832-yilda