35 – PARAGRAF XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Usmonli turklar imperiyasida hukumatning kundalik ishlarini kim boshqargan ? buyuk vazir
XVIII asr oxirlarida Usmonli turklar imperiyasining mustamlaka o’lkalaridan mumkin qadar ko’proq o’ljani qo’lga kiritishga intilgan davlatlar qaysilar ? Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya, Rossiya
Buyuk davlatlarning Turkiya imperiyasiga qaram o’lkalarga ega bo’lib olish uchun olib borgan o’zaro kurashlari tarixga qanday nom bilan kirgan ? “Sharq masalasi”
XVIII asr oxiri “Sharq masalasi” davrida Rossiya Turkiyaning qaysi hududlarini egallab olishga intilgan ? Bolqon yarim oroli, Qora dengizning Bosfor va Dardanel bo’g’ozlari, iloji bo’lsa Istambulni ham
Nechanchi yilda Londonda Britaniya , Fransiya , Rossiya o’rtasida Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini ko’zda tutuvchi bitim imzolanadi ? 1827-yilda
1828-yilda qaysi davlat Turkiyaga urush e’lon qiladi ? Rossiya
1828-yilgi Rossiya-Turkiya urushi nechanchi yilda va qaysi shartnomani imzolanishi bilan tugaydi ? 1829-yilda Adrionopol tinchlik shartnomasini imzolanishi bilan
1829-yilgi Adrionopol tinchlik shartnomasiga ko’ra Rossiyaga qaysi hudud beriladi ? Qora dengizning sharqiy qismi
1830-yilda Jazoirni qaysi davlat bosib oladi ? Fransiya
1832-yilda Turkiya qo’shinlarini tor-mor etgach Istambul shahriga yo’l ochgan kim ? Misr sultoni Muhammad Ali
1832-yilda Turkiya sultonini halokatdan qaysi davlat saqlab qoladi ? Rossiya
1833-yilda Rossiya floti qaysi bo’g’ozga kiradi ? Bosfor
Misr hukmdori Muhammad Ali nechanchi yilda Turkiya sultonidan o’z qo’l ostidagi hududlarni boshqarish huquqini meros qoldirilishiga ruxsat berishini talab qiladi ? 1839-yilda
Buyuk davlatlar nechanchi yilda Usmonli turkar imperiyasining hududiy yahlitligi va mustaqilligini ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish to’g’risida bitim imzolaydi ? 1840-yilda
Misr hukmdori Muhammad Ali qaysi hududlarni boshqarishni meros qoldirish huquqini qo’lga kiritadi ? Misr va Sudan
1853-yilda Rossiya va Turkiya o’rtasida bo’lgan Sharq urushi tarixga qanday nom bilan kirgan ? “Qirim urushi”
XIX asrning 70-yillarida Turkiyaning chet davlatlardan qarzi qanchaga yetadi ? 2,4 mlrd frank
Davlat korxonalarini, mulkini muayyan muddatga chet el kapitaliga berish haqidagi kelishuv , shartnoma nima deyiladi ? Konsessiya