Yong‘inni nazorat qilish, o‘chirish usullari va vositalari. O‘tni o‘chirish deganda, yonish uchun zarur bo‘lgan uchta omilning birini bartaraf etish yo‘lida qilinadigan harakat tushuniladi. Ya’ni yonishni to‘xtatish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak bo‘ladi:
-yong‘in hududiga kislorodni kirish yo‘lini to‘sish yoki yonuvchi moddani miqdorini kamaytirish, ya’ni to‘siq qo‘yish;
- yonuvchi manba hududini yoki yonayotgan moddaning haroratini issiqlikni yutadigan, ammo o‘zi yonmaydigan sovutgich moddalar yordamida keskin pasaytirish, sovutish;
-yonuvchi suyuq moddalarni o‘tda yonmaydigan moddalar (gaz yoki suv) bilan suyultirish.
Amaliyotda yong‘inni o‘chirishda bu usullarning dastlabki ikkitasi, ya’ni o‘tni o‘chiruvchi moddalar yordamida to‘sib qo‘yish va sovutish usullari ko‘proq qo‘llaniladi.
7.27 – rasm.Turli yong'inga qarshi uskunalar - suv shlangi, o‘t o‘chirgich, yong'in blanketi9
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng ko‘p ishlatiladigan vosita, bu qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir. Yong‘inni dastlabki davrida bunday o‘t o‘chirgich vositalarni ahamiyati juda katta. Qo‘lda ishlatiladigan birlamchi o‘t o‘chirish vositalari kimyoviy ko‘pikli, gazli va kukunli turlarga bo‘linadi va ularni og‘irligi 20kg dan oshmasligi kerak. O‘t o‘chiruvchi vosita sifatida karbon ikki oksidi (suyuq holatda), tarkibida brom aralashgan aerozollar va poroshoklar ishlatiladi.
Kukunli o‘t o‘chirgich OPS-10 vositasining ish uslubi maxsus balondagi siqilgan havo yordamida o‘t o‘chirgich korpusida joylashgan kukunni purkab chiqarishga asoslangandir. Bunday o‘t o‘chirgich vositalari ishqorli metallar ishtirokida sodir bo‘lgan yong‘inlarni, shuningdek avtomobil motori va elektr tarmog‘iga ulangan holda yonayotgan dastgohlarni o‘chirishda qo‘llaniladi va bitta OPS-10 yordamida 0,25m2 yuzadagi yong‘inni o‘chirish mumkin. Uning ishlash muddati 45-80 soniyaga etadi (7.28 -7.33-rasmlar).
7.28-rasm. CO2 gazi to‘ldirilgan, qo‘lda ishlatiladigan-OU-2, OU-2A, OU-5, OU-5MM, OU-8 rusumli o‘t o‘chirgichlarni tashqi ko‘rinishlari
Bu toifadagi o‘t o‘chirgichlarda ishlatiladigan kukun namunalari natriy gidrokarbonat, alyuminiy va magniy moddalari aralashmasidan tarkib topgan bo‘lib, olovni o‘chirish uchun kukunni yonayotgan yuzaga purkash kifoya qiladi.
Kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar, yong‘in kuchayadigan va portlash xavfi mavjud bo‘lgan joylardagi yong‘inlar hamda qimmat baho buyumlar, avtomashinalar, kutubxonalar, arxivlar va elektr dastgohlari joylashgan muhitdagi yong‘inlardan tashqari, yonuvchi qattiq va suyuq mahsulotlarning barcha turlarini o‘chirish uchun mo‘ljallangan. Chunki ko‘pikni tarkibida emiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan kislota va ishqor moddalari bor, ular qimmatli buyumlarni yaroqsiz holga keltirib qo‘yadi.
a) b)
7.29 -rasm. Kukunli o‘t o‘chirgichlar
a - ko‘chma aravachali OP-50(3) rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgich; b - qo‘lda ishlatiladigan OP-5, OP-2 va OP-3 rusumdagi kukunli o‘t o‘chirgichlar.
Bugungi kunda xalq xo‘jaligida keng qo‘llaniladigan birlamchi o‘t o‘chirgichlardan kimyoviy ko‘pikli OXP-10 va havoli ko‘pikda ishlaydigan OVP-10 rusumli vositalar hisoblanadi (3.30-rasm).
7.30-rasm da OXP-10, OVP-10 va OVP-5(3) o‘t o‘chirgichlari tasvirlangan.
OXP-10 o‘t o‘chirgichni ko‘pik hosil qiluvchi mahsulot (400g natriy bikarbonat va 50g solodok ekstrakti aralashmasi) bilan to‘ldirishda, ishqor moddasi 30oC gacha isitilgan 7,5 litr hajmdagi suvda eritilib, sovugandan keyin o‘t o‘chirgichni temir korpusiga qo‘yiladi. Javhar qismiga esa, oltingugurt javhari va temir oksidi aralashmasini, harorati 80-1000C gacha qaynatilgan 450ml hajmdagi suvda eritiladi. Eritmani 180C gacha sovutilgandan so‘ng maxsus polietilen yoki shisha stakanga quyilib, o‘t o‘chirgich korpusining qopqog‘iga burab o‘rnatiladi.
a ) b) v)
7.30 -rasm. OXP-10, OVP-10 va OVP-5(3) o‘t o‘chirgichlari:
a) OXP-10 rusumli kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgich: b) OVP-10 rusumli havo bilan ko‘pik aralashmasida ishlaydigan o‘t o‘chirgich: v) OVP-5(3)rusumli havo ko‘pik aralashmasiga moslashtirilgan zamonaviy o‘t o‘chirgich: 1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-javhar solinadigan shisha idish; 3-korpusni yon dastagi; 4-qopqog‘ni ochuvchi shtok; 5-sifon naychasi; 6-karbon javhari solingan yuqori bosimli balon; 7-dastak; 8-purkagich; 9-ko‘pikni yoyib uzatuvchi sim turli karnaycha (rastrub).
Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish tartibi va muddati quyidagicha: ishga tushirish dastagi (2)ni 180 gradusga aylantiriladi, bu holda purjina (4) qisiladi va shtok (3) yordamida klapan (5) yuqoriga ko‘tariladi, shundan keyin purkagich qopqog‘ini burab olinadi va chap qo‘l bilan ko‘tarish dastasi (1) dan ushlab uni erdan uzib ko‘tariladi va ikkinchi qo‘l bilan ostki qismidan ushlagan holda, bir-ikki marta chayqatilgandan so‘ng, boshini pastga engashtirgancha purkagichdan uzluksiz chiqayotgan kimyoviy ko‘pik oqimini yong‘in o‘chog‘iga yunaltiriladi. Uning ishlatilish vaqti 60-65 soniyadan oshmaydi, ko‘pikni uzatish masofasi 8m.
Bu kabi o‘t o‘chirgichlarni korpusi 20kgs/sm2dan kam bo‘lmagangidravlik bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi.
Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarni suv bilan o‘chirilishi mumkin bo‘lgan barcha qattiq jismlar va ba’zi suyuqliklar, jumladan benzin, kerosin (spirt, atseton, serouglerodlardan tashqari) kabi engil yonuvchi moddalar yonganda o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
Gazli o‘t o‘chirgichlar (3.31-rasm) karbon javharli, aerozolli va karbon dioksidbrometilli turlarga bo‘linadi. Karbon ikki oksidi va galoidlangan uglevodorod asosida ishlaydigan o‘t o‘chirgichlar, elektr quvvati bilan ishlaydigan dastgohlar, elektr motorlar va avtomobillar hamda qimmat baho ashyolar hujjatlar (ko‘rgazma zallari, arxiv va kutubxonalardagi buyumlar) yonganda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
3.31-rasm. Maxsus gazli o‘t o‘chirgichlar
a) OA-3 aerozolli o‘t o‘chirgich; b) OU-2 gazli o‘t o‘chirgich; v) OUB-7 gazli brometillik o‘t o‘chirgich; g) OPS-10 kukunli o‘t o‘chirgich: 1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-balon; 3-dastak; 4-sifon trubkachasi; 5-po‘lat balon; 6-saqlagich muruvati; 7-qulflagich muruvat; 8-ko‘pikni yoyib beruvchi karnaycha; 9-taglik; 10-qulflagich muruvat; 11-yonmaydigan gaz balonchasi; 12- o‘t o‘chirgichni to‘ldirish uchun teshik; 13,14-rezina uchaklar; 15-kukunni yoyib beruvchi karnaycha.
Bunday kukunli o‘t o‘chirgichlarni ishlash tartibi, ularning ichidagi balonchadan chiqayotgan siqilgan havo ta’sirida o‘tni o‘chiruvchi kukun so‘rilib, diffuzorga uzatib berishga asoslangan, diffuzor esa o‘z navbatida kukunni purkab yuborishga xizmat qiladi.
7.32-rasm. СO2 gazida ishlaydigan, maxsus aravachalarda o‘rnatilgan OU-25, OU-40, OU-80, OU-400 rusumlardagi gazli o‘t o‘chirgichlar.
Avtomobillarga tirkama aravachada o‘rnatiladigan OU-25, OU-40, OU-80 va OU-400 rusumli gazli o‘t o‘chirgichlar 7.32-rasmda ifodalangan.
Gazli o‘t o‘chirgichlar hamma turdagi yonuvchi mahsulotlarni, hamda 1000V gacha bo‘lgan elektr toki ta’siridagi elektr dastgohlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |