7.11 - jadval
Gaz turlari
|
Alangalanish harorati,
oC
|
Maksimal yonish harorati,
oC
|
Normal sharoitda
(T=20oC, P=760 mm.sm.us.)
yonuvchi gazlarni alangalanish chegaralari (foiz hajmida)
|
Quyi chegara
|
Yuqori chegara
|
Butan
Butilen
Vodorod
Metan
Karbon oksidi
Propan
Propilen
Etan
Etilen
Koksli
Slanetsli
|
490
445
510
645
610
510
455
530
510
640
700
|
2120
2043
2230
2043
2110
2110
2224
2100
2020
2090
1900
|
1,9
1,7
4
5
12,5
2,1
2
3,1
3
5-6
6-8
|
8,5
9
75
15
75
9,5
9,7
12,5
28,6
30-32
30-40
|
Agar aralashma tarkibida bir nechta yonuvchi gazlar ishtirok etadigan bo‘lsa, aralashmaning taqribiy alangalanish chegarasi (Psm), Le-SHatelening quyidagi formulasi orqali aniqlanishi mumkin:
, (7.77)
bunda a, b, s va d – aralashma tarkibidagi yonuvchi gazlarning miqdori, %; A, B, S va D – aralashma tarkibidagi yonuvchi gazlarning yuqori (yoki quyi) alangalanish chegaralari, % 7.11-jadvaldan olinadi.
Tarkibida yonmaydigan gazlarning miqdori ko‘proq bo‘’lgan aralashmalarni alangalanish chegarasini aniqlashda bu formula kerakli aniqlikni ta’minlab berolmaydi, shu sababdan bu xildagi aralashmalarni alangalanish chegaralarini aniqlashda, yuqori aniqlikdagi murakkab formulalardan foydalaniladi yoki alangalanish chegaralari tajriba usuli bilan aniqlanadi.
Yonish jarayoni odatda havodagi gazlarni haroratini va bosimini tez ko‘tarilishiga olib keladi. Bu hol xona ichida sodir bo‘lsa, undagi yonuvchi gaz aralashmasi portlashi mumkin.
Yonuvchi gaz va havo aralashmasi portlaganda bosim 7-8 kg/sm2 gacha ko‘tarilishi mumkin.
Portlash jarayonida bosimni ko‘tarilishi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (7.78)
bunda Rpor -portlash vaqtidagi havoning mutlaq bosimi, at; Rdas -aralashmaning dastlabki mutlaq bosimi, at; tpor -portlash paytidagi maksimal harorat, oC, jadval-5.4; tdas -aralashmaning dastlabki harorati, oC; m-aralashmaning yonish reayaksiyasi tenglamasidagi molekulalar soni; n-aralashmaning portlash oldidagi molekulalar soni.
Chang zarrachalarining yonish va portlash xususiyatlari, ularning qanday moddadan tashkil topganligi, o‘z-o‘zidan alangalanish harorati va quyi chegaraviy miqdorlari bilan aniqlanadi.
Chang yonuvchanligi va portlashga moyilligi bo‘yicha 4-ta sinfga bo‘linadi, ya’ni portlash xavfi bo‘yicha ikkita sinfga:
1-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 gachabo‘lganportlovchi changlar;
2-sinf: qo‘yi portlash chegara miqdori 15 g/m3 dan yuqoribo‘lganportlovchi changlar.
Hamda alangalanib yonish bo‘yicha ikkita sinfga bo‘linadi:
3-sinf: alangalanish harorati 2500Sgacha bo‘lgan yonuvchi changlar;
4-sinf: alangalanish harorati 2500Sdan yuqori bo‘lgan yonuvchi changlar.
Suyuqliklarning yonuvchanlik darajasi ularning chaqnash haroratiga qarab belgilanadi va ikki toifaga bo‘linadi. Ya’ni, chaqnash harorati 61oС dan past bo‘lgan suyuqliklar engil alangalanuvchi va yuqori bo‘lganlari esa engil yonuvchi suyuqliklar turkumiga kiritilgan. Ishlab chiqarishda, harorati chaqnash haroratidan yuqori bo‘lgan muhitlarda, bu turdagi suyuqliklarni qo‘llanilishi xavfli hisoblanadi. Davlat xavfsizlik me’zonida ba’zi engil yonuvchi suyuqliklarning chaqnash harorati quyidagicha berilgan: Atseton-1,80C, benzol-150C, benzin- 500C, solyarka –380C, kerosin –280C, skipidar –340C, toluol-60C, ksilol –230C, motor yonilg‘isi-700C va boshqalar.
Ormandi va Grevenlar tajribalarga tayangan holda, har qanday yonuvchan suyuqliklarning xavfli chaqnash harorati ularni qaynash harorati bilan bog‘liqligini quyidagicha ifoda etishni taklif etganlar.
Tchaq =0,736 Tqay, (7.79)
Masalan, benzolni qaynash harorati tq=+80,1oCbo’lsa, uning absolyut qaynash harorati Tqay =273+80=353oK ga teng bo‘ladi. Chaqnash haroratining mutloq qiymati bolsaTchaq=353·0,736=260oK yokitchaq=260−273=−13oC bo’ladi.
Bug‘larda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosimni Tornton formulasi orqali aniqlab chaqnash haroratini topish mumkin
Pch= Pu /[1+ (N-1) 4,76], (7.80)
bunda Pch- bug‘ning chaqnash haroratiga xos bosimi, mm.sm.ust; Pu- bug‘ va havo aralashmasining umumiy bosimi, mm.sm.ust; N-1 g/mol. yonuvchi suyuqlikni yonishi uchun zarur bo‘lgan kislorodning atomlar soni.
Masalan, ma’lumki havoning bosimi 750mm.sm.ust. teng bo‘lganda, benzol – С6N6 ni havoda yonishini quyidagicha kechadi:
С6N6 +7,5O2 + 79/21·7,5N2 + 6СO2 + 3N2O + 79/21·7,5N2,
bundan ko‘rinib turibtiki N=15. Demak,
Pch = Pu /[1+ (N-1)4,76]= 750/(1+(15-1)4,76)=11 mm.sm.ust.ga teng bo‘ladi.
Benzol bug‘larini bunday bosimni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladigan chaqnash harorati tch=−120С ga teng.
Chaqnash haroratiga mos keladigan bosim quyidagi formuladan ham oson aniqlanadi
Rch = Ru/8M , (7.81)
bunda Rch- chaqnash haroratiga mos bosim, mm.sm.ust.; Ru- aralashmaning havo bilan umumiy bosimi, mm.sm.ust; M-1 mol yonuvchi aralashmani yonishida ishtirok etuvchi kislorodning molekulalar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |