Viii-mavzu. Favqulodda vaziyatlar sharoitidahayot faoliyat xavfsizligi


Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va ularning sinflanishi



Download 4,2 Mb.
bet39/145
Sana30.12.2021
Hajmi4,2 Mb.
#95886
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145
Bog'liq
14 mavzu Favqulodda vaziyatlarda hayot xavfsizligini taminlash boyicha

Moddalarning o‘zidan o‘zi yonishi va ularning sinflanishi.

Qattiq, g‘ovaksimon yonuvchan moddalar yuzasida adsorbsiyalangan havo qatlami bilan oksidlanish reaksiyasi tezligi ortib boradi. Issiqlikni kam o‘tkazadigan va g‘ovakli moddalarda yig‘ilgan issiqlik haroratni, oksidlanish jarayonini tezlashtiradi. Polimerlanishda, biologik va fizik jarayonlarda ko‘plab issiqlik ajralib chiqadi va o‘zidan o‘zi yonish sodir bo‘ladi.

O‘zidan o‘zi qizib, o‘t manbayi ishtirokisiz to‘liq yonish bilan yakunlanadigan ekzotermik reaksiya o'zidan o‘zi yonish deyiladi. O‘zidan o‘zi yonish harorati past bo‘lgan moddalar juda xavfli hisoblanadi. Moddalar o‘zidan o‘zi yonishga moyilligi bo‘yicha to‘rt sinfga bo‘lingan.

Birinchi sinfga tabiiy o‘simliklar (pichan, qipiq, somon) taalluqli. 60- 70°C da biologik jarayon kimyoviy oksidlanish jarayoniga o‘tib, o‘zidan o‘zi vonish bilan yakunlanadi.

Ikkinchi sinfga torf va ko‘mir kiradi. Normal haroratda ko‘mir oksidlanib, qizib, o‘zidan o‘zi yonib ketadi. Torf 60°C da qizib oksidlanadi.

Uchinchi sinfga yog‘ va moylar kiradi. Tarkibida to‘yinmagan karbon vodorodli birikmalar bo‘lgan o‘simlik moyi va yog‘lar oksidlanish, polimerlanish xususiyatiga ega.

Yog‘-moy tomchilari bo‘lgan kiyim-kechaklar o‘zidan o‘zi yonib ketadigan xavfli darajada bo‘lib, ular ish joylaridan va xonalardan darhol yo‘q qilinishi kerak.

To'rtinchi sinfga kimyoviy moddalar va aralashmalar kiradi. Ular, o‘z navbatida, uch guruhga bo‘lingan.

Birinchi guruhga havo bilan to‘qnashganda alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan. oq fosfor, fosfor, fosfor vodorodi, rux va aluminiy changi, arsin, stibin, fosfin, yog‘och, ko‘mir, kul, metallorganik birikmalar. Fosfor galogenli birikmalar metall bilan birikadi, oksidlanadi. Oksidlovchi bilan aralashib portlaydi (selitra, xlorat, perekis). Paroforli moddalar - kaliy, kalsiy, temir, natriy sulfidlari oksidlanib o‘zidan o‘zi yonib ketadi.

Ikkinchi guruhga suv bilan aralashib alangalanadigan moddalar kiradi. Masalan, ishqoriy metallar, kalsiy karbidi, ishqoriy va ishqoriy yer metallar gidridi, kalsiy va natriy fosforiti, silanlar, natriy gidrosulfidi va boshqalar suv bilan birikib, yonadigan, alangalanadigan gazlar hosil qiladi. Metall karbidlari ham xavfli hisoblanadi.

Uchinchi guruhga organik moddalar bilan qo‘shilganda alangalanishga olib keladigan oksidlovchilar kiradi. Masalan, kislorod, galogenlar, azot kislotasi, bariy va natriy perekisi, kaliy permanganati, xrom angidridi, qo‘rg‘oshin oksidi, selitra, xlorat, perxloratlar, xlorli ohak va boshqalar. Atsetilen, vodorod, etilen xrom bilan aralashib, nur ta’sirida o‘zidan o‘zi yonadi va portlaydi. Yuqorida aytilgan barcha xavfli kimyoviy moddalar turiga qarab omborlarda alohida saqlanishi va ko'rsatmalarga asoslanib ishlatilishi talab qiliriadi.

Yong‘in sodir bo‘ladigan joylar ikki turga: korxona va tashkilotlar hamda fuqarolaming yashash joylari. Yong'in miqyosi: kichik hajmda, o‘rta hajmda va katta hajmda bo‘ladi.

Yong‘inning tez keng tarqab ketishining asosiy sabablariga:

- inshootlar loyihasini ishlab chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar;

- inshootlar qurilishida qurilish me’yorlari va qoidalari hamda davlat standartiga rioya qilmaslik;

- yong‘in nazorati, gazdan foydalanishning nazorat qilish xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan yong‘inning oldini olish tadbirlarining bajarilmasligi;

- bolalarning yong‘in chiqishiga olib keluvchi o‘yinlariga beparvolik;

- yong‘inga qarshi kurashda qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarining kamligi sabab bo‘ladi.

Demak, bulardan ko‘rinadiki, yong‘inlarning asosiy sababchilari fuqarolar hisoblanadi. Shuning uchun ham fuqarolarga aytadigan tavsiyamiz: «Yong‘inning oldini olish uni o‘chirishdan afzalroqdir».

Yong‘inning oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:

- tashkilot va muassasalarda doimiy ravishda tekshiruvlar o‘tkazish, yong’in chiqishi va portlashlarga sabab bo’luvchi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish;

- qurilish me’yorlari va qoidalari, davlat standartlariga doir maxsus buyruqlarni so‘zsiz bajarish;

- muntazaim tarzda davlat maxsus tekshiruv idoralari tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularga yo‘l qo’ymaslik;

-yong’inni bartaraf etish chora-tadbirlarini bilish, qolaversa, yong’inni o‘chirish uchun birinchi daqiqada bir piyola, ikkinchi daqiqada bir chelak suv yetarli bo‘lishini, uchinchi daqiqada esa bir sistema suv ham yetmay qolishi mumkinligini yodda saqlash;

- muntazam ravishda aholini yong‘inning oldini olish chora-tadbirlarini bajarishga va boshqalardan ham talab qilishga o'rgatish.

Qurilish ashyoiari va sanoat inshootlarining yong‘in xavfi bo‘yicha toifalari. Bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi, odatda, ularning o‘tga chidamlilik darajasi bilan ifodalanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularda ishiatilgan qurilish ashyolarining yonuvchanlik xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Qurilish ashyolarining yuqori harorat ta’siridan alangalanib yoki cho‘g‘lanib yonishi natijasida parchalanishi ularning yonuvchanligini bildiradi. KMK 2.01.02-85 raqamli yong‘in xavfsizligi me’yorida qurilish ashyoiari yonuvchanlik xususiyatlari bo‘yicha uchta guruhga bo‘lingan: yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonuvchi guruhlar.



Yonmaydigan guruhlarga, alanga yoki yuqori harorat ta’sirida yonmaydigan va ko‘mirlanmaydigan qurilish ashyolari kiradi, jumladan, bularga tosh, beton, temir-beton, gips, alebastr kabilar misol bo‘la oladi. Bunday ashyolardan yaratilgan qurilmalar, yonmaydigan qurilmalar deb yuritiladi.

Qiyin yonuvchi guruhlarga yonuvchi va yonmaydigan ashyolar aralashmasidan tashkil topgan qurilmalar, ya’ni tarkibida 8% dan ko‘proq organik birikmalari bo'lgan asfalt beton va gipsli beton qurilmalar va hajm og‘irligi 900 kg/m3 dan oshmagan somonli loy qorishmalari, antipiren suyuqligi bilan chuqur shimdirilgan yog'och qurilmalar, shuningdek, fibrolit hamda polimer ashyolar kiradi. Bunday ashyolar ishtirokida yaratilgan qurilmalar, qiyin yonadigan qurilmalar deb qabul qilingan.

Yonuvchi guruhga, yuqori harorat manbayi ta’siridan yonadigan va manba yo‘qolgandan keyin ham cho‘g‘lanib yonishi davom etadigan, ya‘ni yonmaydigan va qiyin yonuvchi ashyolarning talablariga javob bermaydigan, organik ashyolar kiradi. Olov yoki yuqori harorat ta’siridan muhofazalanmagan yonuvchi ashyolardan yasalgan qurilmalar yonuvchi deb ataladi. Sanoat inshootlarining yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bo‘lajak yong'in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirning oldini olishdan iborat. Sanoat inshootlarining yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligi va ularda mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan yoki saqlanadigan xom-ashyolarning yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi.

A-toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo‘lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan past bo‘lgan, yonuvchi gaz va yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo‘lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo'ladigan korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo'lgan, chaqnab yonish harorati 28°C dan yuqori bo'lgan, yengil alangalanuvchi suyuqlik bug'lari, yonuvchi chang va gaziar, havodagi kislorod suv bilan qo'shilganda xavfli portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo'lib, ular yong'inda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo'ladi. Bunga ammiak ishlab chiqarish sanoatini misol qilib ko'rsatish mumkin.

D-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va В toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan, chaqnab yonish harorati 120°C dan yuqori bo'lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish hamda har xil yoqilg'i moddalar ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog'ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qog'oz, karton, to'l qog'oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko'rsatish mumkin.

E-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho'g'langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issiqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug'xonalar misol bo'la oladi.

F-toifaga yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan hamda saqlanadigan sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika va sement zavodlari shular jumlasidandir.

Yongin xavfiga bardoshli inshootlar va qurilmalar, ularning xususiyatlari. Yong‘in xavfiga bardoshli (o‘tga chidamli) deb, yong‘in sodir bovlganda ulaming yuqori harorat ta’siriga bardosh bera olishi va yuk ko‘tarish xususiyatlarini uzoqroq muddatga saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Bino va inshootlarlarning yong‘in xavfsizligi ko‘pchilik hollarda ulardagi qurilmalarning olovda yonmasligi va o‘tga chidamliligi bilan ta’minlanadi. Inshoot qurilmalarining o‘tga chidamliligi, ularning eng asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi, bu ko‘rsatkich KMK 2.01.02 - 85 bilan me’yorlanadi. Bu me’yorga binoan, bino, inshootlar va ulardagi yong‘inga qarshi devorlar bilan o‘ralgan qismlari, 5 xildagi (I, II, III, IV va V) ovtga chidamlilik darajalarga bo‘lingan.



Binolarning o‘tga chidamlilik darajasi ularning quyidagi qurilmalari bo'yicha aniqlanadi:

- ya’ni devorlar (yuk ko‘taruvchi ichki va tashqi, zinapoya va evakuatsiya yo‘llarini o‘rab olgan devorlar);

- ustunlar; zinapoya elementlari; tomyopg‘ich plitalar va barcha yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa qurilmalar.

I - darajali o‘tga chidamli binolarga - yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun'iy toshlardan va boshqa olovda yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi.

II - darajali o‘tga chidamli inshootlarga ham birinchi toifadagi bino va inshootlar kiradi, faqat farqi shundaki, bularning tomini yopishda himoyalanmagan metall qurilmalar ishlatilishi ruxsat etiladi.

III - darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko‘taruvchi devorlari temir-beton, beton, tabiiy va sun'iy tosh ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi. Bularda tomyopgich qurilmalarini qiyin yonadigan ashyolardan shuvoq, metall tunukalar yoki azbest plitkalar bilan himoyalash ruxsat etiladi.

IV - darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk ko‘taruvchi devorlari va tomyopgich qurilmalari yaxlit yoki yelimlangan yog‘ochlardan va yonadigan yoki yonmaydigan ashyolardan qurilib, suvoq yoki azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi.

V - darajali o‘tga chidamli inshootlarga devorlari va boshqa qurilmalariga o‘tga chidamlilik bo'yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar kiradi.

Qurilmalami yong’in sharoitida issiqlik ta’siridan yuk ko‘tarish yoki to'sib turish qobiliyatining yo'qolishiga sabab bo’luvchi dastlabki buzilishgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i, ularning o‘tga chidamliIik chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o'lchanib, qurilmalaming sinov boshlangan daqiqadan to quyidagi buzilish belgilarining birortasi paydo bo'lganiga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi:

  • qurilmada alanga yoki tutun o‘ta oladigan teshikning paydo bo'lishi;

  • qurilmaning yonmay turgan sirtida harorat 160°C ga ko‘tarilsa yoki uning boshqa ixtiyoriy nuqtasidagi harorat 220°C dan oshib ketsa;

  • qurilmaning biror qismi qulab tushishi natijasida yuk ko‘tarish qobiliyati kamayib qolganda va h.k.


Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish