Davlat sanitariya nazorati korxonalar va tashkilotlar tomonidan sanitariya-gigiena me’yorlariga va qoidalariga rioya qilish, shuningdek, zaharlanish va kasb kasalligining oldini olish tadbirlarining bajarilishi ustidan nazorat qiladi. Davlat sanitariya nazorati viloyat, shahar, tuman sanitariya epidemiologiya stansiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat energetika nazorati elektr va issiqlik yordamida ishlovchi uskuna va qurilmalaridan foydalanish ishlarini bexatar olib borilishini nazorat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |