Jarohatlanish ko‘rsatkichlari va sabablarini o‘rganish uslublari.
Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini o‘rganish va baholashni quyidagi uslublar orqali amalga oshirish mumkin:
Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida chuqur tahlil qilish, uning aniq sabablarini o‘rganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashina, mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik holati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, havo va suvning sanitar-gigienik holati kabi omillar tekshirilib o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |