Iqtisodiy usuldaesa mehnat muhofazasi uchun ajratiladigan mablag‘lar va materiallarning baxtsiz hodisalarni kamaytirishga qanchalik ta’sir etishi va baxtsiz hodisalarning iqtisodiy oqibatlari o‘rganiladi.
Mehnat qonunlariga rioya etilishini nazorat qilish. O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning aniq va bir xil ijro etilishi ustidan nazorat olib borish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi quyidagi davlat idoralari amalga oshiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |