Vii sinf o’zbekiston tarixidan savol-javob 1 paragraf



Download 85,91 Kb.
bet3/35
Sana07.07.2021
Hajmi85,91 Kb.
#111810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
7-sinf o'z tar savol javob

3 – PARAGRAF Firdavs H

45. Eftallarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Chorvachilik

46. Eftallar davrida qaysi hududlar dehqonchilik hamda bog’dorchilik rivoj topgan markazlar hisoblangan ? Toxariston va Sug’d

47. Qayerlik tarixchilarning ma’lumotlarida qayd etilishicha V-VI asrlarda O’rta Osiyoda hududlarida paxta ekilgan ? Xitoylik

47. Xitoy tarixchilarining ma’lumoticha qaysi hududlarda paxta ekilgan ? Sharqiy Turkiston va O’rta Osiyo

48. Eftallar davrida ziroatkor yerlarning kattagina qismi kimlarning qo’lida bo’lgan ? Qishloq jamoalarining

49. Eftallar davrida “xvabular” kimlar ? Qabila va urug’oqsoqollari

50. Ilk o’rta asrlardan hozirga qadar Toshkent vahasi va Janubiy Qozog’iston yerlarini suv bilan ta’minlagan kanallar qaysilar ? Zogáriq (Zovariq) va Bo’zsuv

51. Dargóm kanali qachon barpo etilgan ? V asrda

52. Dargóm kanali qaysi hududni suv bilan ta’minlaydi ? Samarqand viloyatining janubiy tumanlarini

53. Chogániyon , Samarqand, Buxoro , Kesh, Toshkent atroflari nechanchi asrda o’zlashtirilgan ? V asrda

54. Tashqi savdo bojidan manfaatdor bo’lgan eftallar qaysi yo’lni o’z nazoratida ushlab turishga harakat qilgan ? Ipak yo’lini

55. Eftallar qaysi davlat savdogarlari bilan savdo aloqalarini olib borishgan ? Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya

56. Etallar ipak yo’li savdosida sasoniy savdogarlari bilan raqobatda asosan qayerlik savdogarlar vositachilik rolini oýnagan ? Sug’diylar

57. Xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan mamlakatda qaysi soha tartibga solinadi ? Tanga pul muomalasi

58. Ichki va tashqi savdo munosabatlarida eftallar dastavval kimlarning kumush tangalaridan foydalanishgan ? Sosoniy hukmdorlarining

59. Eftallar davlatida Sosoniy kumush tangalaridan tashqari qaysi hududlarda zarb etilgan chaqa tangalar ichki savdoda keng muomalada bo’lgan ? Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, Samarqand, Xorazm

60. Eftallar davrida mamlakat hayotida mahalliy voha hokimlarining katta nufuzga ega bo’lganidan dalolat beradigan omil nima ? Ular tomonidan chaqa tangalarning zarb etilishi

61. Ko’chmanchi eftallar O’rta Osiyoning qaysi hududlarida tez o’troqlashadi ? Toxariston va Sharqiy Sug’d

62. Eftallar davrida qaysi vohalarda baland poydevor ustiga bino qilingan ko’plab istehkomli qasrlar va qo’rgónlar qad ko’targan ? Samarqand, Buxoro, Naxshab , Choch

63. “Pandus” nima ? Qiya ko’tarma yo’lak

64. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda eftallar davrida chorvador aholi o’rtasida qaysi til muhiti hukmron bo’lgan? Turkiy til

65. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda eftallar davrida o’troq aholi orasida qaysi tillar keng tarqalgan ? Bir qismida turkiy til, ikkinchi qismida sug’diy til

66. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda eftallar davrida qaysi til xalqaro til bo’lgan ? Sug’d tili

67. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda eftallar davrida qaysi til Yettisuv va Fargóna orqali Sharqiy Turkistonga kirib Xitoygacha borgan ? Sug’d tili

68. V-VI asrlarda O’rta Osiyoda qaysi yozuvlar tarqalgan ? Sug’d, xorazm, eftal

68. Mihirakula qaysi davlat hukmdori bo’lgan ? Eftallar davlati

69. Sug’d va xorazm yozuvi qaysi yozuv asosida vujudga kelgan ? Oromiy

70. Eftal yozuvi qaysi yozuv asosida vujudga kelgan ? Baqtriya

71. Eftallar yozuvi necha xarfdan iborat bo’lgan ? 25 ta

72. Eftallarning diniy e’tiqodi qanday bo’lgan ? O’t (olov) va quyoshga sigínuvchi otashparastlik

73. Eftallar o’t (olov) va quyoshga sigínuvchi otashparastlik diniga e’tiqod qilgan bo’lsa, Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar qaysi dinga e’tiqod qilgan ? Buddaviylik, nasroniylik va zardushtiylik

74. Zamonamizgacha “abdal” nomli etnik guruh qaysi xalqlar tarkibida saqlanib qolgan ? Turkman va anatoliyalik turklar

75. Nechanchi asrda osiyolik shishasozlar xitoylik hunarmandlarga shisha va rangli shisha yasash sirlarini o’rgatgan ? V asrda

76. Xitoy imperatorlari qayerdan keltirilgan rangli shishalar bilan o’z saroylarini bezashgan ? O’tra Osiyodan



  1. Download 85,91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish