Vii sinf o’zbekiston tarixidan savol-javob 1 paragraf



Download 85,91 Kb.
bet5/35
Sana07.07.2021
Hajmi85,91 Kb.
#111810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
7-sinf o'z tar savol javob

5 - PARAGRAF

1.G’arbiy Turk xoqonligi qachonga kelib nihoatda kuchayadi ? VII asrning birinchi choragi

2. G’arbiy Turk xoqonligining sharqiy chegarasi qaysi hududgacha borgan ? Oltoygacha

3. G’arbiy Turk xoqonligining janubiy chegarasi qaysi hududgacha borgan ? Sind (Hind) daryosi bo’ylarigacha

4. G’arbiy Turk xoqonligida qaysi xoqon davrida boshqaruv tartibi isloh qilinadi ? To’ng Yabg’u

5. Xoqon To’ng Yabg’u hukm surgan davr ? 618-630-yillar

6. G’arbiy Turk xoqonligi viloyat hokimlarini xoqonlik ma’muriyati bilan bevosita bog’lash va ularning ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida mahalliy hukmdorlarga xoqonlikning qanday unvonini beradi ? “Yabg’u”

7. G’arbiy Turk xoqonligida viloyat hokimlari huzuriga yuborilgan xoqonlikning noiblari nima deyilgan ? Tudunlar

8. G’arbiy Turk xoqonligi davrida Farg’ona va Sug’dda qanday ma’danlar qazib olingan ? Oltin, mis, temir, simob

9. G’arbiy Turk xoqonligi davrida Eloqda qanday ma’danlar qazib olingan ? Qo’rg’oshin, kumush, oltin

10. Qachonga kelib Garbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida iqtisodiy aloqalar kuchayadi ? VII asrning birinchi yarmida

11. VII asrning birinchi yarmida G’arbiy Turk xoqonligidan Xitoyga necha marta savdo elchiligi boradi ? To’qqiz marta

12. 627-yilda qaysi hududlardan Xitoyga katta savdo karvoni boradi ? Buxoro, Samarqand, Ishtihon va Ustrushona (Jizzax va O’ratepa) dan

13. G’arbiy Turk xoqonligida mansabdorlar va yirik mulkdor dehqonlar jabr zulmiga qarshi Abruy qo’zg’oloni qachon va qayerda ko’tarilgan ? 585-586-yillarda Buxoroda

14. Abruy qo’zg’olonidan vahimaga tushgan mulkdor dehqonlar va boy savdogarlar qaysi hududlarga borib o’rnashadi ? Turkiston va Tarozga

15. Abruy qo’zg’olonini kim bostiradi ? Turk xoqoni Qoracho’rin o’g’li Sheri Kishvar (El Arslon)

6 – PARAGRAF

1.V-VII asrlarda O’rta Osiyoda nechta mahalliy hokimliklar bo’lgan ? 15 dan ortiq

2. V-VII asrlarda O’rta Osiyodagi mahalliy hokimliklar qaysi davlatlarga bo’ysundirilgan edi ? Avval Eftallarga so’ng Turk xoqonligiga

3. V-VII asrlarda O’rta Osiyoda mahallliy hokimlar qanday yo’l bilan o’z musaqilliklarini saqlab turgan ? Markaziy hokimiyatga boj-yasoq to’lab turish bilan

4. V-VII asrlarda O’rta Osiyoda mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi qaysi bo’lgan ? Sug’d ixshidligi

5. V-VII asrlarda O’rta Osiyoda orta asr davlat birlashmasi ittifoqida qaysi hudud hokimlar katta siyosiy nufuzga ega bo’lgan ? Sug’d

6. Sug’d ixshidligi tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan Samarqand, Buxoro, Kesh

7. Sug’d ixshidligi o’ziga nechta mulkni birlashtirgan ? O’n bitta yirik mulkni

8. Samarqand ixshidi saroyida qanday ibodatxona bo’lgan ? Ajdodlar ruhi hotirasi ibodatxonasi

9. Ilk o’rta asrlarda Sug’dliklar qaysi sohada nihoyatda sohibkor bo’lgan ? Uzumchilikda

10. Ilk o’rta asrlarda Sug’dliklar chorvachilikda nimasi bilan mashxur bo’lgan ? Hisori qo’ylari va tulporlari bilan

11. Nechanchi yilda Samarqanddan Xitoyga dubulg’a nusxasi yuboriladi ? 718-yilda

12. Ilk o’rta asrlarda Sug’d tog’larida qanday madanlar qazib olingan ? Oltin, jez, navshadil va tuz

13. Toxariston nechta tog’ va tog’oldi viloyatlaridan tashkil topgan ? 27 ta

14. Toxariston poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Balx

15. Ilk o’rta asrlarda Toxariston qaysi davlatlar tomonidan bo’ysundirilgan ? Avval eftallar so’ng Turk xoqonligi

16. Manbalarda ta’rif etilishicha Toxariston aholisi qaysi dinga e’tiqod qilgan ? Budda

17. Toxaristonda nechta harfli alifbo bo’lgan ? 25 ta

18. Toxariston aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? o’troq dehqonchilik

19. Toxaristonda hunarmandchilikda qaysi soha ayniqsa yuksalgan ? Qurolsozlik

20. Toxariston hozirgi qaysi hududlarni o’z ichiga olgan ? Janubiy O’zbekiston va Tojikiston va Shimoliy Afg’oniston

21. Toxariston shimolda qaysi hudud bilan chegaralangan ? Hisor tog’lari bilan

22. Toxariston janubda qaysi hudud bilan chegaradosh bo’lgan ? Hindikush

23. Toxariston g’arbda qaysi hudud bilan chegaradosh bo’lgan ? Murg’ob va Xerirud vodiysi bilan

24. Toxariston sharqda qaysi hudud bilan chegaradosh bo’lgan ? Pomir tog’lari bilan

25. Toxariston nomi qaysi qabila nomidan olingan ? Mil. avv. II asrda Yunon – Baqtriya davlatini qulatgan chovador qabila yuechji nomidan

26.Toxariston qaysi hududlar bilan savdo aloqalarini o’rnatgan ? Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq

27. Toxariston Markaziy Osiyoda qaysi dinlarni tarqalishida muhim ro’l o’ynagan ? Budda va moniylik

28. Ilk o’rta asrlarda Farg’ona hukmdorlari nima deyilgan ? Ixshid

29. Ilk o’rta asrlarda Farg’onaning markaziy shaharlari qaysilar bo’lgan ? Koson, Axsikat, Quva

30. Ilk o’rta asrlarda Farg’onadan qo’shni mamalakatlarga qanday mahsulotlar chiqarilgan ? Bo’yoq, rangli shisha va dori – darmonlar

31. Ilk o’rta asrlarda Farg’onaning qaysi hududlarida aholi qadimdan yilqichilik bilan shug’ullangan ? Qurama va Qoramozor

32. Eloq va Choch hokimliklari qaysi vodiylarda joylashgan edi ? Chirchiq va Ohangaron

33. Choch hokimligining markazi qaysi shahar bo’lgan ? Choch

34. Eloq hokimligining markazi qaysi shahar bo’lgan ? Tunkat

35. Ilk o’rta asrlarda Chochning hokimi nima deyilgan ? Tudun

36. Ilk o’rta asrlarda Eloqning hokimi nima deyilgan ? Dehqon

37. Choch va Eloq hokimliklari V arda qaysi davlatga bo’ysundirilgan ? Eftallar

38. Choch va Eloq hokimliklari VI asr oxirida qaysi davlatga bo’ysundirilgan ? Turk xoqonligi

39. G’arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini qachon Choch viloyatiga ko’chiradi ? VII asrning birinchi choragida

40. VII asrning dastlabki choragida Turk xoqoni Choch viloyatida qanday nomdagi qarorgohlar bino qiladi ? Yabg’ukat va Xotunkat

41. Ilk o’rta asrlarda Choch hukmdori tangasiga qanday tasvirlar tushirilgan ? Old betiga hukmdor , orqa tomoniga ot , gajak dumli bars yoki qoplon , ba’zan sulolaviy ayri tamg’a

42. Ilk o’rta asrlarda Choch hukmdorining malikasi nima deyilgan ? Xvatun

43. Ilk o’rta asrlarda Choch va Eloq tog’lari qanday qazilmalarga boy edi ? Oltin, kumush, rangli ma’danlar, temir va jilvador chaqmoqtoshlarga

44. Ilk o’rta asrlarda Choch va Eloqda ichki va tashqi savdo-sotiqni kengayib shaharning gavjumlashuviga qanday omil sabab bo’ladi ? Karvon yo’lining o’lka orqali o’tganligi

45. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda mahalliy hokimlarning asosiy vazifasi nima bo’lgan ? Fuqarolardan boj, soliq va yasoqlarni o’z vaqtida yig’ib olish , jamoat ishlariga ularni safarbar etish

46. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda qishloqlarda qanday nomdagi istehkomli turar joylar qad ko’targan ? “ko’sh”, “qasr”, “qo’rg’on”, “qo’rg’oncha”

47. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda qaysi joylar mudofaa inshooti, chokarlar to’planadigan joy, ma’muriy markaz hamda oziq-ovqat va qurol-yarog’ saqlanadigan ombor vazifasini bajargan ? “ko’shk”, “qasr”, “qo’rg’on”, “qo’rg’oncha”

48. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyo shaharlari qanday qismlardan tashkil topgan ? Ko’handiz, rabot , shahriston

49. Arab mualliflari Ibn Xavqal va Ishtaxriylarning qayd etishicha Binkatning (Toshkent) nechta darvozasi bo’lgan ? 22 ta

50. Kuhandiz (Ark) bu – shaharning hokim qasri joylashgan qismi

51. Rabot bu – shaharning tashqi mavzeyi

52. Ixshid bu – viloyat hokimi

53. Shahriston bu – shaharning ichki qismi




Download 85,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish