- PARAGRAF
1.VI asrda turklar qaysi hududlarda yashaganlar ? Oltoy va Janubiy Sibirda
2. Turk xoqonligining asoschisi kim ? Bumin
3. Turk xoqonliga qachon asos solingan ? 552-yilda
4. Turk xoqonligining markazi qayer bo’lgan ? Oltoy
5. Turklarning g’arbga yurishlariga kim boshchilik qilgan ? Istami
6. Istamiga qanday unvon berilgan ? “Yabg’u xoqon”
7. Turklar 555-yilda qaysi hududlarni egallaydi ? Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarini
8. Turklar 558 yilda qaysi hududlarni egallaydi ? Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini
9. Turklar 575-576-yillarda qaysi hududlarni egallaydi ? Shimoliy Kavkazni bepayon yerlarini egallab Qirim yarim oroliga kirib boradi
10. Turklarning harbiy harakatlaridan foydalanib sosoniylar eftallardan qaysi hududlarni tortib oladi ? Toxariston va Chog’aniyonni
11. Turk xoqonligi eftallarga qarshi kurashda dastlab qaysi davlat bilan yaqinlashadi ? Eron, so’ngra Vizantiya bilan
12. Istamiga kuyov bo’lgan Eron shohi kim ? Xusrav I Anushervon
13. Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar nechanchi yilda eftallar davlati yerlariga bostirib kiradi ? 563-yilda
14. Turklar tomonidan 563-yilda qaysi hududlar egallanadi ? Parak vodiysi va uning markazi Choch
15. Turklar Zarafshon vodiysiga kirib borib qaysi hududlarni egallab Buxoroga yaqinlashadi ? Samarqand , Kesh , Naqshabni
16. Turklar va eftallar o’rtasida Buxoro yaqinida necha kun jang bo’ladi ? Sakkiz kun
17. Turklar eftallarga qarshi nechanchi yillarda urush olib boradi ? 563-567-yillarda
18. Eftallar davlati mag’lub bo’lgach turklar va sosoniylar o’rtasida qanday taqsimlanadi ? Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan yerlar Eronga, Amudaryoning o’ng sohili bo’ylab Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlar Turk xoqonligiga beriladi
19. Eftallar davlati mag’lub bo’lgach Amudaryodan Suriyagacha bo’lgan Ipak yo’li ustida qaysi davlat haqqoniy sarbon bo’ladi ? Eron
20. Eftallar davlati qulagach Uzoq Sharqdan Eron hududigacha Ipak yo’li ustida qaysi davlat hukmron bo’ladi ? Turk xoqonligi
21. Turk xoqonligi qaysi hudud orqali Vizantiya bilan savdo – sotiq qilgan ? Eron orqali
22. Turk xoqonligining boshqaruv shakli qanday bo’lgan ? Urug’ aymoqchilik udumiga asoslangan harbiy-ma’muriy boshqaruv
23. Turklar davlatining tuzilish shakli qanday bo’lgan ? qabilalar ittifoqidan iborat bo’lgan ko’chmanchilar davlati
24. Turk xoqonligida ko’chmanchi aholi nima deyilgan ? “budun” yoki “qora budun”
25. Turk xoqonligida qabilalar ittifoqi nima deyilgan ? “o’n o’q el” yoki “o’n o’q budun”
26. Turk xoqonligida “o’n o’q el” yoki “o’n o’q budun” hokimi nima deyilgan ? “yabg’u” , “jabg’u”
27. Turk xoqonligida yabg’u darajasiga kimlar ko’tarila olgan ? xoqon urug’iga mansub kishilar
28. Turk xoqonligida kimlar bir tuman suvoriyni safga tortgan ? O’n o’q el yoki o’n o’q budunning sardori
29. Bir tuman qancha qo’shinni tashkil etgan ? O’n ming
30. Turk xoqonligida o’n ming qo’shin tumanboshisi nima deyilgan ? “Shod”
31. Turk xoqonligida dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq nima deyilgan ? Yasoq
32. VI asrda Chirchiq, Zarafshon , Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida nechta voha hokimlari mavjud edi ? O’ndan ortiq
33. Turk xoqonligi davrida mahalliy hokimliklarning boshqaruvi kimlarning qo’lida bo’lgan ? Mahalliy sulola vakillarining
34. Turk xoqonligi mahalliy hokimliklardan qanday soliqlarni olish bilan cheklangan ? boj va yasoq
35. Turk xoqonligining mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga qanday omil imkon bermagan ? Mahalliy hokimlarni mustaqil bo’lishga intilishi
36. Turk xoqonligining tobora zaiflashib borishiga nima sabab bo’ladi ? Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish va Vizantiya, Xitoy, Eron bilan doimiy raqobat
37. Turk xoqonligi qachon ikkiga: Sharqiy va G’arbiy Turk xoqonligiga bo’linib ketadi ? VI asrning 80-yillarida (588-yil)
38. Sharqiy Turk xoqonligi tarkibiga qaysi hududlar kirgan ? Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo’g’uliston), Shimoliy Xitoy
39. Sharqiy Turk xoqonligning poytaxti qaysi vodiyda qaror topgan edi ? O’tukan vodiysida
40. G’arbiy Turk xoqonligi tarkibiga qaysi hududlar kirgan edi ? O’rta Osiyo, Yettisuv va Sharqiy Turkiston
41. G’arbiy Turk xoqonligining markazi qayerda edi ? Yettisuvda
42. Sharqiy Turk xoqonligi aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Ko’chmanchi chorvachilik
43. G’arbiy Turk xoqonligi aholisining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Sug’orma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo - sotoq
Do'stlaringiz bilan baham: |