Vii sinf o’zbekiston tarixidan savol-javob 1 paragraf



Download 85,91 Kb.
bet7/35
Sana07.07.2021
Hajmi85,91 Kb.
#111810
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
7-sinf o'z tar savol javob

8 – PARAGRAF

1.Islom dini qachon va qayerda vujudga kelgan ? VII asrda boshlarida Arabiston yarim orolida

2. “Islom” so’zining ma’nosi nima ? “Bo’ysunish”, “Itoat etish”, “ o’zini Alloh irodasiga topshirish”

3. Muhammad (s.a.v) qaysi shaharda tavallud topgan ? Makka

4. Muhammad (s.a.v) qachon tavallud topgan ? 570-yilda

5. Muhammad (s.a.v) yashagan yillar ? 570-632-yillar

6. Muhammad (s.a.v)ga ergashgan uning izdoshlari nima deyilgan ? Muslim (musulmon)

7. Muhammad (s.a.v) o’z targ’ibotini qaysi shahardan boshlaydi ? Makka

8. Muhammad (s.a.v) qachon arablarni yagona davlatga birlashtiradi ? 630-yilda

9. Muhammad (s.a.v) vafotidan keyin kim xalifa deb e’lon qilinadi ? Abu Bakr

10. Abu Bakr hukm surgan yillar ? 632-634-yillar

11. “Xalifa” so’zining ma’nosi nima ? O’rinbosar

12. Arablar 651-yilda qaysi shaharni jangsiz egallaydi ? Marvni

13. Arablar qaysi hududlarni Xuroson deb atagan ? Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoli sharqi hamda janubiy Turkmanistondan Amudaryogacha bo’lgan hududlarni

14. Arablar bosqini davrida Xuroson markazi qaysi shahar edi ? Marv

15. Arablar Amudaryodan shimolda joylashgan hududlarni nima deyishgan ? Movorounnahr

16. “Movorounnahr” so’zining ma’nosi nima ? Daryoning narigi tomoni

17. Arablar dastlab Movorounnahrga qanday maqsadda yurish qilgan ? Islom dinini yoyish jihatidan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlarni sinash maqsadida

18. Arablar 654-yilda qayerni egallaydi ? Maymurg’ni

19. Arablar 667-yilda qayerni egallaydi ? Chog’aniyonni

20. Arablarning dastlabki bosqini davrida Xorazm arablar tomonidan necha marta talon-taroj qilingan ? Ikki marta

21. Nechanchi yilda arab lashkarlari xalifa Muoviya I ning buyrug’iga binoan Buxoroga bostirib kiradi ? 673-yilda

22. 673-yilda arablarning Buxoroga bostirib kirishi haqida kim yozib qoldirgan ? Narshaxiy

23. Muoviya I hukm surgan davr ? 661-680-yillar

24. Xalifa Muoviya I ning buyrug’iga binoan qaysi lashkarboshi 673-yilda Amudaryodan kechib o’tib Buxoro hududiga (muzofoti) bostirib kiradi? Ubaydulloh ibn Ziyod

25. 673-yilda Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga bostirib kirib qaysi hududlarni egallaydi ? Poykand va Romitanni

26. 673-yilda Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro hukmdoridan qancha tovon undiradi ? Bir lak (yuz ming dirham). Bundan tashqari to’rt ming asir, qurol, kiyim-kechak, oltin va kumush buyumlar

27. Arablar 673-yilda Buxoroni talab yo’l-yo’lakay qaysi shaharni egallaydilar ? Termizni

28. Arablar Movorounnahrni to’liq bosib olishga qachondan kirishadi ? VIII asr boshlarida

29. 704-yilda kim Xuroson noibi bo’ladi ? Qutayba ibn Muslim

30. Qutayba ibn Muslim harbiy harakatlarini qachon va qayerni bosib olishdan boshlaydi ? 705-yil Balx viloyati atroflarini

31. Qutayba ibn Muslim Balx viloyati atroflarini zabt etgach qaysi hudud hokimi jangsiz taslim bo’ladi ? Chog’aniyon

32. Qutayba ibn Muslim 707-yilda qayerni qamalga oladi ? Poykandni

33. Qutayba ibn Muslim Poykandni necha kun qamal qiladi ? 50 kun

34. Qutayba ibn Muslim Poykandni egallagach qayerni bosib olishga kirishadi ? Buxoroni (709-yilda bosib oladi)

35. Qutayba ibn Muslim bosqini davrida Buxorxudotlar hokimiyati nechta qo’rg’on va ayrim shaharlardan iborat edi ? 12 ta

36. Qutayba ibn Muslim bosqini davrida Buxoroda qanday yozuv bilan zarb etilgan kumush dirham muomalada bo’lgan ? “Buxorxudot”

37. Qutayba ibn Muslim bosqini davrida Buxoroni kim boshqarar edi ? Tug’shoda

38. Tug’shoda hukm surgan davr ? 692-724-yillar

39. Qutayba ibn Muslim Buxoroni egallagach Tug’shoda qanday majburiyat oladi ? Buxoroliklar har yili xalifalikka boj to’lash, uylarini yarmini arablarga bo’shatib berish

40.Qaysi Xuroson noibi Buxoro shahrining markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini masjidga aylantirib, sug’diy yozuvida bitilgan asarlarni yo’qotadi ? Qutayba ibn Muslim

41. Qutayba ibn Muslim mahalliy aholini islom diniga kiritishga harakat qilib, masjidga kelib ibodat qiluvchilarga qancha pul beradi ? 2 dirham

42. Qutayba ibn Muslim nechanchi yilda Naqshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlashga tayyorgarlik ko’radi ? 710-yilda

43. Qanday hodisa Qutayba ibn Muslimni Sug’d yurishini kechiktirishiga olib keladi ? Xorazmda Chog’onning ukasi Hurzod boshliq ko’tarilgan qo’zg’olon

44. Xorazm shohi Chog’on qachon Qutayba ibn Muslimdan yordam so’raydi ? 711-yilda

45. Kimning fathidan so’ng Xorazm diyori shimoliy va janubiy qismlarga bo’linib ketadi ? Qutayba ibn Muslim

46. Qutayba ibn Muslim istilosidan so’ng Xorazmning shimoliy qismini kim boshqaradi ? Gurganch miri

47. Qutayba ibn Muslim istilosidan keyin Xorazmning janubiy qismini kim boshqaradi ? Xorazmshoh

48. Qutayba ibn Muslim qo’shinlari qachon Samarqandga tashlanadi ? 712-yilda

49. Qutayba ibn Muslim Samarqandga yurish qilganda kim taxtdan ag’darilgan edi ? Tarxun

50. Qutayba ibn Muslim Samarqandga yurish qilganda kim taxtga o’tirilgan edi ? G’urak

51. G’urak hukm surgan davr ? 710-737-yillar

52. G’urak va Qutayba ibn Muslim o’rtasidagi sulhga ko’ra , G’urak qanday majburiyat oladi ? Bir yo’la 2 ming, yiliga 200 ming dirham hisobida boj to’lash, 30 ming nafar odam berish, shaharda birorta ham askar qoldirmaslik, ichki shaharni arablarga bo’shatib berish, masjid bino qilish

53. Qutayba ibn Muslim G’urakni qayerlarga hokim qilib tayinlaydi ? Samarqand, Kesh, Naqshabga

54. Tarixchi Narshaxiy yashagan yillar ? 899-959-yillar

55. Narshaxiy qayerda tug’ilgan ? Buxoroning Narshax qishlog’ida

56. Narshaxiy qalamiga mansub asar qaysi ? “Buxoro tarixi”

57. “Amir” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? arabcha amr qiluvchi, boshliq, hokim (Lashkarboshi, hokim, bek)

58. Arab xalifaligining dastlabki xalifalari va ummaviylar davrida alohida qo’shin qo’mondonlari, zabt etilgan viloyatlarga noib etib tayinlanganlar nima deyilgan ? Amir

59. “Fath” so’zining ma’nosi nima ? arabcha. Egallash, zabt etish, bosib olish

60. Nechanchi yildan Qutayba ibn Muslim qo’shinining bir qismi Choch viloyatiga, o’zi boshliq asosiy kuch esa Farg’ona vodiysiga yo’l oladi ? 713-yildan

61. Qutayba ibn Muslim bosqini davrida Choch viloyatining bosh shahri qaysi bo’lgan ? Madinat ash – Shosh

62. Qutayba ibn Muslim nechanchi yilda Farg’onani to’liq egallaydi ? 715-yilda

63. Qutayba ibn Muslim qachon va qayerda o’ldiriladi ? 715-yilda Farg’onada arab askarlari tomonidan

64. Qutayba ibn Muslim qaysi xalifaga qarshi isyon ko’targanligi uchun o’ldiriladi ? Sulaymon


Download 85,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish