16 – PARAGRAF
172. Somoniylar davrida yer egaligining qanday shakllari bo’lgan ? Mulki sultoniy, mulk yerlari, vaqf yerlari, mulki xos va jamoa yerlari
173. Oliy martabali ruhoniylar va sayyidlar qo’l ostidagi yerlar nima deyilgan ? Mulki hos
174. Mulki xos yerlariga ega bo’lgan mulkdorlar davlatga qanday soliq to’lashgan ? 1/10 miqdoridagi ushr solig’ini
175. Somoniylar davrida hukmron sulola va oliy tabaqali vakillarga davlat oldidagi xizmatlari uchun qanday shakldagi yer berilgan ? Mulk yerlari (iqto yerlar)
176. Nechanchi asrdan boshlab mansabdorlarning davlat oldidagi xizmatlari uchun yer va suvdan iborat katta-katta yerlar berila boshlangan ? X asrdan boshlab
177. Somoniylar davrida iqtoga ega bo’lgan shaxslar nima deyilgan ? Iqtodor yoki muqto
178. Somoniylar davrida iqto dastavval kimlarga berilgan ? Amirzodalar va yirik mansabdorlarga
179. Somoniylar davrida qishloq jamoalari ixtiyorida bo’lgan yerlar nima deyilgan ? Jamoa yerlari
180. O’rta Osiyoda IX-X asrlardan yerni ijaraga olib ishlovchilar nima deyilgan ? Barzikor yoki qo’shchilar
181. Somoniylar davrida yer egasidan ham, qo’shchilardan ham olinadigan soliqlar qaysi ? Xiroj, ushr
182. Somoniylar davrida iqtisodiy tanglikka nima sabab bo’ladi ? Harbiy yurishlar, ichki nizolar , mahalliy hukmdorlarning boshboshdoqligi
183. Somoniylar davlatida og’ir siyosiy vaziyat natijasida nechanchi yilda aholidan ikki marta soliq undirib olinadi ? 942-yilda
184. Somoniylardan kimlarni davrida siyosiy vaziyat nihoyatda keskin tus oladi ? Nuh va Nuh II
185. Somoniylardan Nuhning hukm surgan davri ? 943-954-yillar
186. Somoniylardan Nuh II hukm surgan davr ? 976-997-yillar
187. 947-yilda kim boshchiligida Somoniylar davlatida isyon ko’tariladi ? Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim
188. 947-yilda Ibrohim kimni yordamida Buxoroni egallaydi ? Abu Ali Chag’oniy
189. 952-yilda Nuh ibn Nasr Abu Ali Chag’oniyni qayerga hokim qilib tayinlaydi ? Avval Chog’aniyonga so’ngra Xurosonga
190. Somoniylarga qarshi Buxoroda harbiy askarlarning g’alayoni qachon ko’tariladi ? 961-yilda
191. 962-963-yillarda kim G’azna viloyatini noib va lashkaramir sifarida boshqargan ? Alptegin
192. G’aznaviylar davlatini asoschisi kim ? Alptegin
193. G’aznaviylar davlatini nufuzi kimni davrida ortib Somoniylar tomonidan e’tirof etiladi ? Sobuqtegin
194. Sobuqteginni hukm surgan davri ? 977-997-yillar
195. Kimni davrida G’aznaviylar davlatining hududi kengayib Sharqning eng qudratli davlatlaridan biriga aylanadi ? Mahmud G’aznaviy
196. Mahmud G’aznaviy hukm surgan davr ? 997-1030-yillar
198. Mahmud G’aznaviy davrida G’aznaviylar davlatining chegarasi g’arbda qayergacha boradi? Ray va Isfahon shaharlari hamda Kaspiy dengiziga qadar
199. Mahmud G’aznaviy davrida G’aznaviylar davlatining chegarasi shimoli g’arbda qayergacha boradi ? Xorazm va Orol dengiziga qadar
200. Mahmud G’aznaviy davrida G’aznaviylar davlatining chegarasi sharqda qayergacha boradi? Shimoliy Hindistonning kattagina qismi va Janubiy Belujistongacha yetadi
201. Mahmud G’aznaviy Xorazmni qachon o’z davlati tarkibiga qo’shib oladi ? 1017-yilda
202. Kimni davrida G’aznaviylar davlatida mamlakat viloyatlari birin ketin qo’ldan ketib mamlakat tanazzulga yuz tutadi ? Ma’sud G’aznaviy
203. Ma’sud G’aznaviy hukm surgan davr ? 1030-1041-yillar
G’aznaviylar davlati qachon tanazzulga yuz tutadi ? 1186-yilda
204. G’aznaviylar davrida bosh vazir tizimida qaysi devonlar faoliyat yuritgan ? Harbiy, elchilik, rasmiy tadbirlar hamda moliya va habar pochta devonlari
205. G’aznaviylar davrida viloyat hukmdorlari nima deyilgan ? Voliy
206. G’aznaviylar davrida viloyat boshqaruv ishlarini kimlar amalga oshirgan ? Amid
207. G’aznaviylar davrida shahar hokimi nima deyilgan ? Rais
208. G’aznaviylar davrida shaharlarda boshqaruv ishlarini kimlar amalga oshirgan ? Kutvol
209. G’aznaviylar davlatida bosh qo’mondon nima deyilgan ? Sipohsolor
210. G’aznaviylar davlatida lashkarboshi nima deyilgan ? Solor
211.Mahmud G’aznaviy turkiy ona tili bilan bir qatorda yana qaysi tillarni bilgan ? Fors,Arab va Pahlaviy tillarini
212. G’aznaviylar davlatida poytaxt saroyida nechta olim, shoir va san’atkorlar ijod qilgan ? 400 dan ortiq
213. “Qonuni Ma’sudiy” asari muallifi kim ? Beruniy
214. “Tarixi Ma’sudiy” asarining muallifi kim ? Bayhaqiy
215. Abul Qosim Firdavsiy o’zining “Shohnoma” dostonini qaysi G’aznaviy hukmdorga topshiradi ? Mahmud G’aznaviyga
G’aznaviylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? G’azna
Do'stlaringiz bilan baham: |