18 – PARAGRAF
243. Nechanchi asrdan boshlab yerdan foydalanishning iqto tartibi keng yoyiladi ? XI asrdan
244. Nechanchi asrlarda “dehqon” degan tushuncha o’zining qishloq hokimini anglatuvchi asl ma’nosini yo’qotadi ? XI-XII asrlarda
19 - PARAGRAF
245. Minorayi Kalon me’moriy yodgorligi qayerda joylashgan ? Buxoroda XII asrda bunyod etilgan (1127-yilda)
246. Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda qaysi sulolalar qo’l ostida bo’lgan ? Tohiriylar , safforiylar, somoniylar
247. Qachondan boshlab Xorazm iqtisodiy jihatidan yana tez rivojlana boshladi ? X asr oxiridan
248. VIII asr boshlarida Xorazmda nechta shahar bor edi ? uchta. X asr oxirlarida 32 ta ga yetadi
249. X-XI asrlarda Xorazm qaysi hududlar bilan savdo aloqalarini olib borgan ? Hozirgi Turkmaniston va Qozog’iston hamda Itil bo’yidagi Xazar va Bulg’or podsholiklari, shuningdek Sharqiy Yevropaning slavyan aholisi bilan
250. X-XI asrlarda Gurganch hokimi qanday nom bilan ulug’langan ? “Gurganch miri”
251. Kim 995-yilda Kat shahrini ishg’ol qilib Xorazmning ikkala qismini birlashtiradi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ladi ? Ma’mun ibn Muhammad
252. Xorazmda qachon afrig’iylar sulolasi hukmronligi barham topib ma’muniylar sulolasi hukmronligi o’rnatiladi ? 995-yilda
253. Ma’muniylar davrida Xorazmshohlar davlatining poytaxti qayer bo’lgan ? Ko’hna Urganch
254. Xorazmshohlar davlati qanday birliklarga bo’linib boshqarilgan ? Viloyat, shahar va qishloqlarga
255. Xorazmshohlar davlatida ma’muniylar davrida shoh qarorgohi va devonxona qaysi shaharda tashkil etilgan ? Gurganchda
256. Xorazmshohlar davlatida ma’muniylar davrida devonxona tarkibida qanday mahkamalar faoliyat yuritgan ? Ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq , shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash, harbiy ishlar mahkamalari
257. Xorazmshohlar davlatida eng yuqori lavozim qaysi bo’lgan ? Xo’jayi buzruk
258. Xorazmshohlar davlatida qaysi lavozim devonxona ishlariga ma’sul bo’lib, harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan ? Xo’jayi buzruk
259. Xorazimshohlar davlatida qaysi sulola davrida Ma’mun akademiyasi – “Dorul Hikma va maorif”tashkil etiladi ? Ma’muniylar
260. Mahmud G’aznaviy tomonidan Xorazm davlati qachon bosib olinadi ? 1017-yilda
261. Xorazm davlati qachon Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi ? 1040-yilda
262. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o’z noiblaridan kimni Xorazmga noib etib tayinlaydi ? Anushteginni
263. Anushtegin vafotidan so’ng Xorazmda kim noiblik qiladi ? Qutbiddin Muhammad
264. Qutbiddin Muhammadning hukm surgan davri ? 1097-1127-yillar
265. XI asr oxiri XII asr boshlarida “Xorazmshoh” unvonini kim tiklaydi ? Qutbiddin Muhammad
266. Xorazmning Saljuqiylardan mustaqilligi kimni nomi bilan bog’liq ? Otsiz
267. Otsiz hukm surgan yillar ? 1127-1156-yillar
268.Xorazmshoh Otsiz dastavval qaysi qabilalarni o’ziga bo’ysundiradi ? Turkman va qipchoqlarni
269. Xorazmshoh Otsiz Xorazm bilan iqtisodiy jihatidan bog’liq bo’lgan qaysi hududlarni egallaydi ? Sirdaryo etaklari va Mang’ishloqni
270. Qaysi Xorazm hukmdori Kaspiy dengizi sohillaridan Sirdaryoni o’rta oqimiga qadar bo’lgan yerlarni o’ziga birlashtiradi ? Otsiz
271. Otsiz siyosatini kimlar davom ettiradi ? Elarslon va Takashlar
272. Elarslon hukm surgan davr ? 1156-1172-yillar
273. Takash hukm hukm surgan davr ? 1172-1200-yillar
274. Saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga qarshi o’g’uzlar qachon isyon ko’taradi ? 1153-yilda
275. Qaysi qabilalarning isyonidan keyin Saljuqiylar davlati inqirozga uchrab parchalanib ketadi? O’g’uzlar
276. Saljuqiylar davlati tarkibidan dastavval qaysi hududlar ajralib chiqadi ? Kichik Osiyo va Kermon. Keyin Fors, Ozarbayjon va Xuroson
277. Qaysi Xorazm hukmdori davrida davlatning hududi niyoyatda kengayadi ? Takash
278. Takash davrida 1187-1193-yillarda qaysi hududlar bosib olinadi ? Nishopur, Ray, Marv
279. Qaysi Xorazm hukmdori 1194-yilda Saljuqiylar sultoni To’g’rulga qaqshatgich zarba berib Eronni Xorazmga bo’ysundiradi ? Takash
280. Takashdan so’ng kim Xorazm hukmdoriga aylanadi ? Alouddin Muhammad
281. Alouddin Muhammad hukm surgan yillar ? 1200-1220-yillar
282. Alouddin Muhaqmmad qachondan Movorounnahrni qoraxitoylardan ozod etishga kirishadi? 1206-yildan
283. Qachon Alouddin Muhammad Talos vodiysida qoraxitoylarga zarba berib Yettisuvgacha bo’lgan hududlarni Xorazmshohlar davlati tarkibiga qo’shib oladi ? 1210-yilda
284. XIII asr boshida Xorazmshohlar davlatining shimoli-g’arbiy va g’arbiy chegarasi qayergacha yetadi ? Orol va Kaspiy dengizi sohillarigacha
285. XIII asr boshida Xorazmshohlar davlatining janubi-g’arbiy chegarasi qayergacha yetadi ? Iroqqacha
286. XIII asr boshida Xorazmshohlar davlatining janubi-sharqiy chegarasi qayergacha yetadi ? G’azna viloyatigacha
287. XIII asr boshida Xorazmshohlar davlatining shimoli-shaqrqiy chegarasi qayergacha yetadi? Yettisuv va Dashti Qipchoqqacha
288. Xorazmshohlar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan ? Ko’hna Urganch
289. Xorazmshoh saroyida nechta hukmdor va ularning vakillari “Iskandari soniy” deb ulug’langan ? 27 ta
290. Xorazmshohlarga qarshi 1210-yilda qaysi hudud aholisi qo’zg’olon ko’taradi ? O’tror
291. Xorazmshohlarga qarshi 1212-yilda qaysi hudud aholisi qo’zg’olon ko’taradi ? Samarqand
Do'stlaringiz bilan baham: |