20 – PARAGRAF
292. “Bayt ul-hikma”ga qachon va qayerda asos solingan ? IX asr Bag’dodda
293. IX asrda Arab xalifaligining qaysi shaharlarida astronomik kuzatishlar olib boradigan rasadxona bo’lgan ? Bag’dod va Damashqda
294. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy yashagan yillar ? 783-850-yillar
295. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qaysi xalifa davrida “Bayt ul-hikada” mudir sifatida ishlagan ? Xalifa Ma’mun
296. Xalifa Ma’munning hukm surgan davri ? 813-833-yillar
297. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy qancha asar yozgan ? 20 dan ortiq
298. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning qancha asari bizgacha yetib kelgan ? 10 tasi
299. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning matematikaga oid asarlari qaysilar ? “Al-jabr val-muqobala”, “Hind hisobi haqida risola”
300. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning geografiyaga oid asari qaysi ? “Kitob surat ul-arz” (Yer surati)
301. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning astranomiyaga oid asarlari qaysilar ? “Zij” va “Usturlob bilan ishlash haqida kitob”
302. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning tarixga oid asarlari qaysilar ? “Kitob at-tarix” va “Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola”
303. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning “Al jabr val muqobala” asari qachon Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi ? XII asrda
304. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniy yashagan yillar ? 797-865-yillar
305. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniy qayerda tavallud topgan ? Farg’onaning Quva shahrida
306. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniy Yevropada qanday taxallus bilan shuxrat topgan ? “Alfraganus”
307. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniy qaysi fanlar bilan shug’ullangan ? Astronomiya, matematika, geografiya
308. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniy nechanchi yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va Ar-Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda qatnashadi ?832-833-yillarda
309. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniy rahbarligida nechanchi yilda Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi girometr – daryo oqimi sathini belgilaydigan “Miqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklanadi ? 861-yilda
310. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniy qaysi asari bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo’yicha asosiy darslik sifatida o’qitilgan ? “Astronomiya asoslari”
311. Bizning kunlarimizgacha Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniyning nechta asari saqlanib qolgan ? 8 ta
312. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniyning qaysi asari XII asrda lotin va ibroniy tillariga tarjima qilingan ? “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”
313. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir Al-Farg’oniyning 1200 yilligi qachon nishonlanadi ? 1998-yilda
314. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy yashagan yillar ? 810-870-yillar
315. Abu Iso Muhammad at-Termiziy yashagan yillar ? 824-894-yillar
316. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga oid nechta asar yozgan ? 20 dan ortiq
317. Imom al-Buxoriyning “Al jome’ as-sahih” asariga nechta hadis kiritilgan ? 7275 ta
318. Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi qachon nishonlanadi ? 1998-yilda
319. Imom al-Buxoriyning “Al jome’ as-sahih” asari necha jilddan iborat ? 4 jild
320. “Hadis” so’zining lug’aviy ma’nosi nima ? Arabcha “rivoyat, naql”
321. Abu Mansur al-Moturidiy yashagan yillar ? 870-944-yillar
322. Abu Mansur al-Moturidiy qayerda tavallud topgan ? Samarqandning Moturid qishlog’ida. Samarqandda vafot etgan
323. Abu Mansur al-Moturidiy qalamiga mansub asarlar qaysilar ? “Kitob at-Tavhid”, “Tavilot ahl as-sunna”
324. Abu Mansur al-Moturidiyning 1130 yilligi qachon nishonlanadi ? 2000 yil noyabrda
325. Abu Mansur al-Moturidiyning yodgorligi qaysi shaharda bunyod etilgan ? Samarqandda
Do'stlaringiz bilan baham: |