17 – PARAGRAF
216. X asr o’rtalarida Qorluqlar qaysi qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashadi ? Issiqko’lning janubiy sohili va Qoshg’arda yashagan yag’mo qabilasi, o’zlaridan shimoli sharqda yashovchi chikil va o’g’uzlar bilan
217. X asr o’rtalarida qorluqlar ittifoqi tashkil topgan hududda dastavval qanday nomdagi o’lka tashkil topadi ? Xoqoniya
218. Xoqoniya o’lkasi davlatining hukmdori nima deyilgan ? “Qoraxon” ya’ni “Buyukxon”
219. XI-XII asrlarda Xoqoniya rivoj topib kuchaygach qanday nom oladi ? “Qorluq Qoraxoniylar” davlati
220. Qorluq Qoraxoniylar davlatining hukmdorlari nima deyilgan ? Arslonxon, Tavg’achxon , Bug’roxon
221. Qadimgi turkiy xalqlarda buyuklik yoki ulug’lik qaysi atama bilan izohlangan ? “Qora”
222. 992-yilda kim boshchiligida qoraxoniylar Movorounnahrga hujum boshlaydi ? Horun Bug’roxon
223. Qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun Somoniy Nuh ibn Mansur kimdan yordam so’raydi ? G’azna noibi Sabuqtegindan
224. Sabuqtegin qancha qo’shin bilan Nuh ibn Mansurga yordamga keladi ? 20 mingli qo’shin bilan
225. Nuh ibn Mansur Sabuqteginni yordami evaziga qayerga noib etib tayinlaydi ? Xurosonga
226. Qoraxoniylar Movorounnahrga ikkinchi marta qachon hujum qiladi ? 996-yilda
227. Xuroson noibi Sobuqtegin qo’shini qachon Buxoroni egallaydi ? 996-yilda
228. Sirdaryo havzasi qachon Qoraxoniylar qo’liga o’tadi ? 996-yilda
229. X asr oxirida Somoniylar hukmronlik qilgan hududda qaysi davlatlar tashkil topadi ? Qoraxoniylar va G’aznaviylar
230. Somoniylar hukmronligi qachon va kim tomonidan tugatiladi ? 999-yilda Nasr Eloqxon boshliq qoraxoniylar tomonidan
231. 1006-1008-yillarda qoraxoniylar qayerga ikki marta yurish qiladi ? Xurosonga
232. XI asr boshida G’aznaviylar davlatiga xavf sola boshlagan davlat qaysi ? Saljuqiylar davlati
233. Qoraxoniylar hukmdori Ibrohim Bo’ritegin 1038-yilda G’aznaviylardan qaysi hududlarni tortib oladi ? Amudaryo bo’yi viloyatlari bo’lgan – Xuttalon Vaxsh , Chog’aniyonni
234. Qoraxoniylar davlati ikki mustaqil davlatga bo’linib ketgach poytaxt shaharlar qaysilar bo’ladi ? Birinchisiniki Bolasog’un, ikkinchisiniki Samarqand
235. Qoraxoniylar davlati el yurt va viloyatlarga bo’linib ularni kimlar boshqargan ? Eloqxon va takinlar
236. Qoraxoniylar davlatida viloyat hokimlari faqat qaysi sulola honadoniga mansub vakillardan tayinlanib ularga eloqxon unvoni berilgan ? Qoraxoniylar
237. Qoraxoniylar davrida shaharlar kimlar tomonidan boshqarilgan ? Shahar hokimi va raislar
238. Qoraxoniylar davrida vaqf mulkining boshqaruvchisi kim bo’lgan ? Sadr
238.O’g’uzlarning Saljuqbek boshchiligida ajralib chiqib, davlat tashkil qilgan qismi bu – Saljuqiylar
239. Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan qoraxitoylar hujumiga qachon uchraydi ? XII asrning 30-yillarida
239.Bolasog’un shahrini Qoraxitoylar davlati poytaxtiga aylantirgan kim ? Go’rxon
240. Qoraxitoylarning jangovor qo’shinlari Movorounnahrda avval qayerga bostirib kiradi ? Shosh va Farg’onaga so’ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatlariga
241. Qoraxitoylar qachon Qoraxoniylar eloqxoni Mahmudga Xo’jand shahri yaqinida zarba beradi ? 1137-yilda
242. Qoraxoniylar davlati qachon barham topadi ? 1141-yilda
Do'stlaringiz bilan baham: |