11 - PARAGRAF Ummaviylarga qarshi umumiy norozilik qaysi xalifa davrida kuchayadi ? Marvon II
Marvon II hukm surgan davr ? 744-750-yillar
Marvon II davrida Ummaviylarga qarshi umumiy norozilikning sababi nima bo’ladi ? Xiroj miqdorini oshganligi va aholini muttasil hasharlarga majburan jalb etish
Ummaviylarga qarshi da’vat qilish uchun Xurosonga kelgan abbosiylar targ’ibotchisi kim? Abu Muslim
Abu Muslim qachon Xurosonga keladi ? 746-yilda
746-yilda Xurosonda payg’ambar avlodlarini quvvatlashga chaqirgan kim ? Abu Muslim
Xurosonda Abu Muslimni dastlab kimlar qo’llab quvvatlaydi ? Arab zodagonlari , so’ngra mahalliy dehqonlar
Abu Muslim tomonidan ummaviylarga qarshi tashviqot O’rta Osiyoda qaysi hududlarga keng tarqaladi ? Xuroson, Movorounnahr va Toxariston viloyatiga
Abu Muslimni Xurosondagi qal’asi qaysi bo’lgan ? Mohuvon
Abu Muslim qo’shiniga kelib qo’shilganlarga qancha maosh to’langan ? Avval uch so’ngra besh dirhamdan
Abu Muslim qullar uchun qayerda maxsus joy tashkil etadi ? Shavval qishlog’ida
Abu Muslimning Shavval qishlog’idagi qullar qo’shiniga kim boshliq qilib qo’yiladi ? Dovud
Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan arab zodagonlarining maqsadi nima edi ? Hokimiyatni abbosiylarga olib berib mamlakatda o’z mavqeylarini ko’tarish
Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan mahalliy mulkdorlarning maqsadi nima edi ? Siyosiy jihatidan arablar bilan tenglashish va iloji bo’lsa mamlakatni xalifalikdan ajratib uni mustaqil idora qilish
Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan oddiy aholining maqsadi nima edi ? Og’ir soliqlar va uzluksiz majburiy hasharlardan holis bo’lish
Abu Muslim qo’zg’olonida qatnashgan qullarning maqsadi nima edi ? Ozod bo’lish
Abu Muslim qo’zg’olonchilarining libosi qanday rangda bo’lgan ? Qora
Abu Muslim qo’zg’olonchilari Xuroson poytaxti Marv shahrini qachon egallaydi ? 748-yilda
Abu Muslim qo’zg’olonchilariga qarshi o’z ixtiyoridagi barcha qo’shinni safarbar etgan Arab xalifasi kim ? Marvon II
Abu Muslim qo’zg’olonchilari nechanchi yildan xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yurish boshlaydi ? 749-yilda
Abu Muslim qo’zg’oloni natijasida xalifalik taxtiga kim keladi ? Abul Abbos Saffoh
Xalifalikda abbosiylar sulolasi asoschisi kim ? Abul Abbos Saffoh
Abul Abbos Saffohning hukm surgan davri ? 750-754-yillar
Abu Muslim qayerga noib etib tayinlanadi ? Xuroson va Movorounnahrga
Movorounnahrda abbosiylarga qarshi dastlabki qo’zg’olon qachon va qayerda boshlanadi? 750-yilda Buxoroda
Xitoy imperatori qo’shinlari Turkistonga Talos vodiysiga qachon bo’stirib kiradi ? 751-yilda
751-yilda Xitoy imperatori qo’shinlari kim tomonidan qaytariladi ? Abu Muslim tomonidan yuborilgan Ziyod ibn Solih tomonidan
Ziyod ibn Solih qo’shini tarkibi qaysi elat vakillaridan iborat edi ? Arab, sug’d va turklardan
Abu Muslim qachon va qaysi shaharda xalifa buyrug’i bilan o’ldiriladi ? 755-yilda Bag’dodda
Arab xalifaligida ummaviylar sulolasining hukm surgan davri ? 661-750-yillar
51.Arab xalifaligida abbosiylarning hukm surgan davri ? 750-1258-yillar 12-PARAGRAF Arab xalifaligiga qarshi “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni nechanchi yillarda bo’lgan ? 769-783-yillarda
“Oq kiyimlilar” qo’zg’olonining rahbari kim bo’lgan ? Muqanna
Muqannaning asl ismi kim bo’lgan ? Hoshim ibn Hakim
Hoshim ibn Hakim qaysi kasb egasi bo’lgan ? Kudungar (matoga oxor beruvchi)
Hoshim ibn Hakim qayerda tug’ilgan ? Marv yaqinidagi Koza qishlog’ida
“Muqanna” so’zining ma’nosi nima ? Niqobdor
Muqanna Xurosonda qaysi lavozimda ishlagan ? Sarxanglik, keyinchalik vazir lavozimiga ko’tarilgan
“Sarxanglik” qanday lavozim ? Kichik lashkarboshi
Muqanna kimni g’oyalariga asoslanib ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da’vat etuvchi ta’limotni targ’ib etgan ? Mazdak
Muqanna nima uchun zindonga tashlangan ? Amir isyonida qatnashib , payg’ambarlik da’vosini qilganligi uchun
Muqanna zindondan qochib qayerga keladi ? Marvga
Mazdak ibn Hamdodon yashagan yillar ? 470-529-yillar
Mazdak ibn Hamdodon kim bo’lgan ? Eronning bosh kohini
Mazdak ibn Hamdodon qanday g’oyani yoqlab chiqqan ? Dunyoning barcha boyliklari odamlarga teng taqsimlanishi g’oyasini
Muqanna targ’iboti qaysi hududlarda yaxshi samara beradi? Naxshab va Keshda
Muqanna qayerni o’z qarorgohiga aylantiradi ? Som qal’asini
Muqanna qo’zg’oloni qayerda kuchli avj oladi ? Sug’dda
Muqanna qo’zg’oloni qayerlarga o’z ta’sirini ko’rsatadi ? Eloq va Shoshga
“Oq kiyimlilar” qo’zg’oloniga zarba berish uchun qaysi xalifa harbiy kuch yuboradi ? Xalifa Mansur
Xalifa Mansur kim boshchiligida va qachon “Oq kiyimlilar” qo’zg’olonchilariga qarshi qo’shin yuboradi ? Jabroil ibn Yahyo boshchiligida 775-yilda
Muqanna qo’shinlari Jabroil ibn Yahyo qo’shinlarini tor-mor etgandan keyin qaysi hududlar qo’zg’olonchilar qo’liga o’tadi ? Naxshab va Chog’aniyon
“Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni 776-yildan qayerda avj oladi ? Buxoroda
“Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni 776-yildan Buxoroda avj olib ularning Buxorodagi qarorgohi qayer bo’ladi ? Narshax qal’asi
Narshax qal’asida “Oq kiyimlilar” arablarga qarshi qancha muddat kurash olib boradi ? To’rt oy
“Oq kiyimlilar” va turkiy qabilalar Samarqandda arablarga qarshi qancha muddat kurash olib boradi ? Ikki yil
“Oq kiyimlilar” qo’zg’olonida kurashning oxirgi bosqichi qayerda bo’lib o’tadi ? Kesh vodiysida
Muqannaning Som qal’asi qachon qamalga olinadi ? 783-yilda
“Oq kiyimlilar” qo’zg’olonining yengilishiga asosiy sabab nima ? Qo’zg’olonchilarning uyushqoqlik bilan harakat qilmaganligi. Ikkinchidan mahalliy mulkdorlarning arablar tomoniga o’tib ketishi. Uchinchidan qo’zg’olonning uzoq davom etganligi mehnatkashlarni holdan toydirgan
806-yilda arablarga qarshi kim boshchiligida qo’zg’olon ko’tariladi ? Rofe ibn Lays
Rofe ibn Lays qo’zg’oloni qayerdan boshlanadi ? Samarqanddan
Rofe ibn Lays qo’zg’oloni Samarqanddan boshlanib qaysi hududlarga tarqaladi ? Shosh, Farg’ona, Buxoro, Naxshab va Xorazmga
Rofe ibn Lays qo’zg’olonini bostirgan Xuroson noibi kim ? Ma’mun
Ma’mun kimlarni yordamida Rofe ibn Lays qo’zg’olonini bostiradi ? Somonxudodning nabiralari Nuh, Ahmad va Yahyolar yordamida