7 – PARAGRAF
1.VI-VII asrlarda O’rta O’siyoda qanday yozuvlar bo’lgan ? Sug’d, Xorazm, toxar va turkiy run
2. Sug’d va Xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan ? Oromiy yuzuvi
3. Toxar yozuvi qaysi yozuv asosida vujudga kelgan ? Baqtriya yozuvi
4. VI-VII asrlarda O’rta Osiyoda xat hujjar va ayrim axborot kabi maktubotlar nimaga yozilgan ? Charm , yog’och, sopol, podsho saroylar , ibodatxona devorlariga va kamdan-kam hollarda qog’ozga yozilgan
5. VI-VII asrlarda nima uchun hujjatlar kamdan-kam hollarda qog’ozga yozilgan ? Qog’ozning bahosi nihoyatda baland bo’lgan
6. Bizning zamonamizgacha sug’d yozuvi na’munalari qayerlardan topib o’rganilgan ? Panjikent yaqinidagi Mug’ qal’asidan , Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinidan, Samarqanddagi Afrosiyobdan
7. Ilk o’rta asrlarga oid topib o’rganilgan sug’d yozuvi na’munalarida qanday ma’lumotlar keltirilgan ? Sug’dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari, iqtisodi va diniy e’tiqodlari hususidagi muhim ma’lumotlar
8. Ilk o’rta asrlarda Sug’dda bolalar necha yoshdan yozuv va hisobga o’rgatilgan ? Besh yoshdan
9. Ilk o’rta asrlarda Sug’dda bolalar necha yoshdan savdoga o’rgatilgan ? 20 yoshdan
10. Ilk o’rta asrlarda keng tarqalgan 38-40-harfdan iborat yozuv qaysi ? Turkiy run (Ko’k turk)
11. Qadimgi Ko’k turk bitiklari qaysilar ? Kultegin va Bilga xoqon
12. Ko’k turk bitiklari qaysi hududlardan topib o’rganilgan ? Oltoy va Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Farg’ona , Zarafshon
13. VI-VII asrlarda O’rta Osiyoda qaysi diniy shakllar mavjud bo’lgan ? Zardushtiylik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, qam (shomon)
14. VI-VII asrlarda O’rta Osiyoning aholisini ko’pchiligi qaysi dinga e’tiqod qilgan ? Zardushtiylik
15. VI-VII asrlarda O’rta Osiyoda qaysi hudud nasroniylik markazlaridan hisoblangan ? Samarqand viloyatining Urgut tumani
16. Moniylik dini ta’limoti bo’yicha olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi kuch ya’ni …. Ezgulik va yovozlikdan iborat
17. Moniylik dini arkonlari qaysilar ? Ibodat, ro’za , sadaqa
18. Turk xoqonligida chorvador aholi qaysi dinga e’tiqod qilgan ? Shomoniylik
19. Qadimgi turklar o’z dini shomoniylikni nima deyishgan ? Qam
20. Qadimgi turklar e’tiqod qilgan koinotni yo’g’likdan bor qilgan qaysi hudoga sig’inishgan ? Ko’k Tangriga
21. Shomoniylik dinida Ko’k Tangriga nima qurbonlik qilingan ? Qora qashqa ot
22. Arkon bu – Dindagi eng muhim vazifa , suyanchiq, ma’muriyat
23. Bolaliktepa qayerda joylashgan ? Surxon vohasida
24. Panjikent, Varaxsha, Afrosiyob qaysi vodiyda joylashgan ? Zarafshon
25. Ilk o’rta asrlarga oid Farg’ona vodiysidagi qaysi hududda topib organilgan yodgorliklardan devoriy suratlar, haykallar va ganchkori naqshlar topilgan ? Quvadan
26.Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda haykaltaroshlikning rivojiga qaysi din kuchli ta’sir ko’rsatgan? Buddaviylik
27. Qaysi hududlardan buddaning bahaybat haykallari topib o’rganilgan ? Quvadan va Qo’rg’ontepa yaqinidagi Ajinatepadan
28. Ajinatepadan necha metrli budda haykali topilgan ? 12 metrli
29. O’rta Osiyoda ilk o’rta asr yodgorligi na’munalari qaysi yodgorlik topilmalari orqali tadqiq etilgan ? Varaxsha
30. Varaxsha yodgorligi nechanchi asrlarga oid ? VI-VII asrlarga
31. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda Buxoro aholisi san’atning qaysi sohasida shuxrat topgan ? Qiziqchilik
32. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda Samarqand aholisi san’atning qaysi sohasida shuxrat topgan ? Naychilik
33. Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda Toshkent aholisi san’atning qaysi sohasida shuxrat topgan ? Raqs
34. Ilk o’ra asrlarda Xitoy a’yonlarini rom etgan Toshkent raqs turlari qaysilar ? “Choch raqsi”, “Doira raqsi”
35. Arfa (chiltor) chalayotgan qiz tasviri qaysi yodgorlikdan topilgan ? Ayritom
Do'stlaringiz bilan baham: |