|
|
bet | 22/36 | Sana | 21.01.2022 | Hajmi | 97,71 Kb. | | #395739 |
| Bog'liq 7-sinf o\'z tar savol javob
26 - PARAGRAF
Chingizxon qo’shinlarining Urganchga yurishi qachon boshlanadi ? 1221-yilning boshlarida
Jaloliddin Manguberdi Urganchga qaytganda uni hokimiyatini kim tan olmaydi ? Turkon Hotun
Jaloliddin Manguberdi kimni fitnasidan xabar topib Urganchni tark etishga majbur bo’ladi? Sobiq Jand noibi Qutlug’xon
Mo’g’ullar bosqini arafasida Jaloliddin Manguberdidan keyin Urganchni tashlab qochib ketgan shahzodalar kimlar ? O’zloqshoh va Oqshohlar
O’zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni tark etgach poytaxt taqdiri kimni qo’lida qo’ladi? amir Xumortegin
Chingizxon qancha qo’shin bilan Urganchni qamal qiladi ? 50 ming
Najmiddin Kubroni asl ismi nima ? Ahmad ibn Umar Xivaqiy
Jaloliddin Manguberdi otasi Muhammad Xorazmshoh davrida qayerlarning hukmdori edi? G’azna, Bomiyon, Hindistongacha bo’lgan yerlar
Jaloliddin Manguberdi qaysi shaharlarda mo’g’ul qo’shinlariga zarba berib G’aznaga yetib keladi ? Niso va Qandahor
Jaloliddin Manguberdi qaysi qal’ani qamal qilayotgan mo’g’ul qo’shinlariga hujum qilib, ularni tor-mor etadi ? Valiyon
Jaloliddin Manguberdini mo’g’ul qo’shini ustidan dastlabki g’alabasi qayerda bo’ladi ? Valiyon qal’asida
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi kim boshchiligida qo’shin jo’natadi ? Shiki Hututu boshchiligida (45 minglik qo’shin)
Jaloliddin Manguberdi qayerda Shiki Hututu qo’shini ustidan g’alaba qozonadi ? G’azna yonidagi Parvon dashtida
Jaloliddin Manguberdi qo’shinidan o’z askarlarini olib chiqib ketgan lashkarboshilar qaysilar ? Sayfuddin Ag’roq, A’zam Malik, Muzaffar Malik
Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’lgan ? Sind daryosi bo’yida
Jaloliddin Manguberdi va Chingizxon qo’shinlari o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lgan ? 1221-yil 25-noyabrda
Jaloliddin Manguberdi Chingizxonga taslim bo’lishni istamay qaysi daryoning narigi tomoniga o’tib ketadi ? Sind (Hind)
Jaloliddin Manguberdi bilan uning nechta askari daryoning narigi tomoniga o’tib ketadi ? 4 ming
Hozirgi paytda Jaloliddin Manguberdi daryoga sakragan joy nima deyiladi ? “Ot sakrash”
Hozirgi paytda Jaloliddin Manguberdi o’tib ketgan daryoning narigi tomoni nima deyiladi? “Cho’li Jaloliy”
Jaloliddin Manguberdi goh Eron , goh Ozarbayjon hududlarida mo’g’ullarga qarshi necha yil kurash olib boradi ? 11 yil
Xorazmshohlarning hukmdorligi nechanchi yilda tugaydi ? 1231-yilda
Xorazmshohlarning so’nggi vakili kim bo’lgan ? Jaloliddin Manguberdi
Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi qachon nishonlanadi ? 1999-yilda
Jaloliddin Manguberdiga atab qayerda haykal o’rnatilgan ? Xorazmda
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni qachon ta’sis etilgan ? 2000-yil 30-avgustda
Mo’g’ullar bosqini natijasida buzib tashlangan Marv vohasining sug’orish tarmoqlarini bosh to’g’oni qaysi bo’lgan ? Sultonband
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|