35 – PARAGRAF
1. A. Temur qachon va qayerda olamdan o’tadi ? 1405-yil 18-fevralda, O’trorda
2. A. Temur saltanatining parchalanishiga nima sabab bo’lgan ? Saltanat tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho’zilgan bo’lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish murakkabligi, A. Temur vorislari o’rtasida taxt uchun kurashlar
3. A. Temur vafotidan oldin kimni taxt vorisi etib tayinlaydi ? Nabirasi Pirmuhammadni
4. Pirmuhammad qayerlarning hukmdori edi ? Kobul, Qandaxor va Hindiston
5. 1405-yil 18-martda kim o’zini Movorounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi ? Mironshohning o’g’li Xalil Sulton Mirzo
6. Xalil Sulton Mirzo Pirmuhammadning yo’lini to’sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida qayerni o’z hokimiyatiga qo’shib oladi ? Amudaryoning o’ng tomonini
7. Xalil Sulton Mirzo hokimiyat tepasiga kelgach , birinchi bo’lib unga qarshi kimlar isyon ko’taradi ? Turkiston va Farg’onaning hokimi Xudoydot va Shayx Nuriddin
8. Amudaryoning chap sohilida o’z hokimiyatini o’rnatmoqchi bo’lgan Xalil Sulton Mirzoning ukasi kim ? Sulton Husayn Mirzo
9. A. Temurning taxtini vorisi bo’lgan Pirmuhammad Xalil Sultonga qarshi qayerga qo’shin tortadi ? Nasafga
10. A. Temur vafotidan keyin Muvorounnahrda boshlangan taxt uchun kurashlar natijasida Xurosonda kim hokimi mutloq bo’lib oladi ? Shohrux
11. A. Temur vafotidan keyin Muvorounnahrda boshlangan taxt uchun kurashlar natijasida Balx, G’azna va Qandaxorda kim hokimi bo’ladi ? Pirmuhammad
12. A. Temur vafotidan keyin Muvorounnahrda boshlangan taxt uchun kurashlar natijasida G’arbiy Eron va Ozarbayjonda kimlar hokim bo’ladi ? Mironshohning o’g’illari Umarshayx Mirzo bilan Abu Bakr Mirzolar
13. A. Temur vafotidan keyin Muvorounnahrda boshlangan taxt uchun kurashlar natijasida Sirdaryodan shimoldagi viloyatlar: Turkiston, Sabron, O’tror, Sayramda kim hokim bo’ladi ? Amir Berdibek
14. A. Temur vafotidan keyin Muvorounnahrda boshlangan taxt uchun kurashlar natijasida O’ratepa va Farg’onani kim egallab oladi ? Xudoydot Husayniy
15. A. Temur vafotidan keyin Muvorounnahrda boshlangan taxt uchun kurashlar natijasida Xorazmni kim egallab oladi ? Oltin O’rdaning nufuzli amirlaridan Idiku
16. Taxt vorisi Pirmuhammad qachon va kimni fitnasi natijasida halok bo’ladi ? 1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali Toz fitnasi natijasida
17. Mironshoh qachon va kim bilan bo’lgan jangda halok bo’ladi ? 1408-yil 22-aprelda Qoraqo’yunli turkmanlarining boshlig’i Qora Yusuf bilan bo’lgan jangda
18. Mironshoh vafotidan keyin qaysi hududlar temuriylar qo’lidan ketadi ? Ozarbayjon va Iroq
19. 1409-yil bahorida kim O’ratepa va Shohruxiyani osongina qo’lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi ? Amir Xudoydot
20. Amir Xudoydot va Xalil Sultonlar o’rtasidagi jang qayerda bo’ladi ? Sheroz yaqinidagi Zarafshon daryosi bo’yida
21. Kim 1409-yil 25-aprelda Amudaryodan o’tib Samarqandga yurish boshlaydi ? Shohrux
22. Xurosonning markazi qaysi shahar edi ? Hirot
Do'stlaringiz bilan baham: |