29 – PARAGRAF
1.XIV asrning 50-60-yillarida Movorounnahr nechta mustaqil bekliklarga bo’linib ketgan edi ? 10 ga yaqin
2. XIV asrning 50-60-yillarida Samarqandda kim hokimi mutloq edi ? Amir Bayon Sulduz
3. XIV asrning 50-60-yillarida Keshda kim hokimi mutloq edi ? Amir Hoji Barlos
4. XIV asrning 50-60-yillarida Xo’jandda kim hokimi mutloq edi ? Amir Boyazid Jaloyir
5. XIV asrning 50-60-yillarida Balxda kim hokimi mutloq edi ? O’ljoytu Sulduzh
6. XIV asrning 50-60-yillarida Hisori Shodmon chegarasida kimlar hokimi mutloq edi ? Amir Husayn va Amir Yasovuriylar
7. Amir Temur qayerda tug’ilgan ? Kesh viloyatidagi Xo’jailg’or qishlog’ida (hoz. Yakkabog’ tumani)
8. Amir Temur qachon tug’ilgan ? 1336-yil 9-aprelda
9. Amir Temurning to’liq ismi nima ? Amir Temur ibn Amir Tarag’ay ibn Amir Barqul
10. Amir Temurning onasini ismi nima bo’lgan ? Takina xotun
11. Amir Temurning otasi Amir Tarag’ay qaysi urug’ning oqsoqoli bo’lgan ? Barlos
12. Amir Tarag’ayning ajdodlari qaysi viloyatlarda hokimlik qilgan ? Kesh va Nasaf
13. Amir Temur necha yoshga to’lganda otasi uni o’qishga beradi ? 7 yoshga
14. Amir Temurning bolalikdagi piri kim bo’lgan ? Shayx Shamsiddin Kulol
15. Amir Temur dastlab harbiy guruhga birlashganida bu guruh orasida kimlar bor edi ? Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek
16. Amir Temur 1352-yilda kimga uylanadi ? Amir Joku Barlosning qizi Turmush Og’oga
17. Amir Temur 1355-yilda kimga uylanadi ? Qozog’onning nabirasi, Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og’oga
18. Amir Temur Uljoy Turkon Og’oga uylangan paytda Balx hokimi kim edi ? Amir Husayn
19. XIV asr 50-yillari oxirida Movorounnahrda ... amirlarning o’zaro kurashi kuchayib, siyosiy parokandalik avj oladi.
20.1360-1361-yillarda Movorounnahrga birin ketin ikki marta bostirib kirgan Mo’g’uliston xoni kim ? Tug’luq Temur
21. Tug’luq Temur bostirib kirganda Xuroson tomon qochib ketgan Kesh viloyati hukmdori kim bo’lgan ? Amir Temurning amakisi Amir Hoji Barlos
22. Amir Temur 24 yoshida kimni yorlig’i bilan Kesh dorug’asi etib tayinlanadi ? Tug’luq Temur
23. “Dorug’a” so’zining ma’nosi nima ? mo’g’ulcha, nazoratchi , shahar boshlig’i
24. Mo’g’ullar davlatida mahalliy hokimlar huzuridagi ulug’ qoon vakili, noibi nima deyilgan ? Dorug’a
25. Mo’g’ullar davlatida dorug’a zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan ? Aholini ro’yhatga olish, mahalliy xalqdan qo’shin to’plash, pochta aloqasini yo’lga qo’yish, soliqlar yig’ish, to’plangan soliqlarni qoon saroyiga jo’natish.
26. Qaysi tarixiy shaxs puxta o’ylangan reja 100 ming kishilik qo’shindan kuchli degan ?
A. Temur
27. Tug’luq Temur Movorounnahrni zabt etgach kimni Movorounnahrga hukmdor etib tayinlaydi ? O’g’li Ilyosxo’jani
28. 1363-yilda A. Temur Amudaryoning chap sohilidagi qaysi shaharda Ilyosxo’ja qo’shinlari ustidan g’alaba qozonadi ? Qunduz shahrida
29. A.Temur mo’g’ullarni qachon Movorounnahrdan quvib chiqaradi ? 1364-yilning oxirida
30. Movorounnahrni qo’ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo’ja qachon Movorounnahrga yana qo’shin tortadi ? 1365-yilning bahorida
31. A.Temur va Ilyosxo’ja o’rtasidagi 1365-yil 22-maydagi jang qayerda bo’ladi ? Toshkent bilan Chinoz o’rtasidagi Chirchiq daryosi bo’yida
32. A.Temur va Ilyosxo’ja o’rtasidagi 1365-yil 22-maydagi jang tarixga qanday nom bilan kirgan ? “Loy janggi”
33. A.Temur va Ilyosxo’ja o’rtasidagi 1365-yil 22-maydagi “Loy janggi” dan keyin g’alaba qozongan Ilyosxo’ja qaysi shaharlarni egallaydi ? Xo’jand va Jizzax shaharlarini egallab Samarqand ustiga yuradi
34. Samarqandda mo’g’ullarga qarshi qaratilgan xalq harakati tarixga qanday nom bilan kirgan ? Sarbadorlar harakati
35. XIV asrning 60-yillarida Movorounnahrda mo’g’ul xonlarining hujumi munosabati bilan vujudga kelgan harakat qaysi? Sarbadorlar harakati
36. Samarqand Sarbadorlariga kimlar boshchilik qilgan ? Mudarris Movlonozoda Samarqandiy, hunarmand Abu Bakr Kalaviy, mohir mergan Xurdaki Buxoriy
37. Ilyosxo’jani avval Samarqandni , so’ng Movorounnahrni tashlab chiqib ketishiga nima sabab bo’ladi ? Sarbadorlarning zarbasi hamda mo’g’ul otlari orasida o’lat tarqalishi
38. “Yo Olloh ! Kambag’alni badavlat kishiga aylantirding.” deb kim qaysi asarida yozgan ? Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida
39. Amir Temur va Amir Husaynlar Sarabdorlarga zarba berish uchun qachon Samarqandga yo’l oladi ? 1366-yilning bahorida
40. Amir Temur va Amir Husaynlar Sarbadorlarga qarshi kurashish uchun 1366-yilda qayerga kelib tushadi ? Konigil mavzeyiga
41. Abu Bakr Kalaviy va Xo’rdaki Buxoriylar kimni buyrug’i bilan dorga osiladi ? Amir Husayn
42. Mavlonozoda Samarqandiyni o’limdan kim saqlab qoladi ? A. Temur
43. Amir Temur va Amir Husaynlar o’rtasida nechanchi yillarda bir necha bor to’qnashuvlar bo’ladi ? 1366-1370-yillarda
Do'stlaringiz bilan baham: |