28 – PARAGRAF
1.Mo’g’ullarda qachondan o’troqlikka ko’chish , shahar hayotiga yaqinlashish jarayoni kuchayadi ? XIII asrning o’rtalaridan
2. Qaysi Mo’g’uliston ulug’ xoqoni soliq va hashar ishlarini tartibga solish to’g’risida maxsus farmon – yorliq chiqaradi ? Munke
3. Qaysi mo’g’ul xoqoni farmoniga ko’ra, yomlar bo’ylab pochta hizmati uchun ajratilgan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi ? Munke
4. Qaysi mo’g’ul xoqoni farmoniga binoan , elchilarga qo’llarida bevosita topshiriqlari bo’lmasa, shahar yoki qishloqlarga kiritilmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-hashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi ? Munke
5. Yom nima ? Yo’l bekati bo’lib, choparlar, yo’lovchilar ot almashtiradigan joy
6. Movorounnahrda Ma’sudbek pul islohoti qachon o’tkaziladi ? 1271-yilda
7. 1271-yilgi Ma’sudbek pul islohotiga ko’ra … Movorounnahrning 16 ta shahar va viloyatlarida bir hil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirilib muomalaga kiritiladi
8. Qaysi Chig’atoy xoni birinchi bo’lib o’troq hayotga o’tadi ? Kebek
9. Kebek hukm surgan davr ? 1318-1326-yillar
10.Qashqadaryo vohasining qadimgi Nasaf shahri yonida o’ziga saroy qurdirgan Chig’atoy xoni kim ? Kebek
11. Saroy mo’g’ul tilida nima deb yuritilgan ? Qarshi
12. Mo’g’ul hukmdorlari orasida birinchi bo’lib o’z qarorgohini Movorounnahrga ko’chirgan kim ? Kebekxon
13.Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida qanday islohotlarni o’tkazadi? Ma’muriy va pul islohotlarini
14. Kebekxon pul islohotiga ko’ra qaysi davlatlardagi kumush tangalar na’munasida ikki xil tanga zarb etiladi ? Erondagi Xulokuiylar davlati va Oltin O’rda xonligi
15. Kebekxonning pul islohotiga ko’ra … ikki xil: og’irligi 8 gramlik katta kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb qilinadi. Katta tanga dinor kichik tanga dirham deb atalgan
16. Kebekxon tomonidan muomalaga kiritilgan “Kepaki” nomli tanga qaysi shaharlarda zarb etilgan ? Samarqand va Buxoroda
17. Mo’g’ullar hukmronligi davrida yer egaligining nechta shakli bo’lgan ? to’rtta
18. Mulki devon bu – davlat yerlari
19. Mulki inju bu – hukmdor va noiblarga qarashli yerlar
20. Mulk yerlari bu – xususiy yerlar
21. Mulki vaqf bu – masjid va madrasa yerlari
22. Mo’g’ullar hukmronligi davrida mulklarning kattagina qismi harbiy ma’murlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar bo’lib ular nima deyilgan ? Suyurg’ol
23. Mo’g’ullar davrida qanday yer egalari barcha soliq va to’lovlardan ozod etilgan ? Suyurg’ol egalari
24. Mo’g’ullar davrida qanday yerlar avloddan – avlodga meros bo’lib o’tgan ? Suyurg’ol yerlar
25. Yettisuvda yashaydigan mo’g’ullar Movorounnahrga ko’chib kelgan mo’g’ullarni nima deyishgan ? “Qoraunas” (duragay). Movorounnahrdagilar esa Yettisuvdagilarni “Jete” (qaroqchi, talonchi) deyishgan
26. Chig’atoy ulusi qachon ikki qismga bo’linib ketadi ? XIV asrning 40-yillarida
27. Chig’atoy ulusining Sharqiy Turkiston va Yettisuv qismi nima deb atalgan ? Mo’g’uliston
28. 1348-yilda Chig’atoy naslidan bo’lgan kim Mo’g’uliston xoni deb e’lon qilinadi ? Tug’luq Temur
29. Mo’g’ullar davrida qurilgan madrasalar qaysilar ? Buxoroda Sayfutdin Boxarziy va Bayonqulixon madrasalari
30. Samarqanddagi mashxur Shohizinda me’moriy ansamblining asosiy qismi bo’lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi qaysi sulola davrida qurilgan ? Mo’g’ullar
31. Ko’hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug’vor minora qaysi sulola davrida qurilgan ? Mo’g’ullar
32. Najmiddin Kubro va To’rabekxonim maqbaralari qaysi sulola davrida qurilgan ? Mo’g’ullar
33. Ma’sudiya va Xoniya madrasalari qachon va qaysi shaharda qurilgan ? XIII asr o’rtalarida Buxoroda
34. Tasavvuf shoiri bo’lgan Jaloliddin Rumiy yashagan davr ? 1207-1273-yillar
35. Jaloliddin Rumiyning qaysi asari 36 ming baytdan ibora bo’lib, asar tasavvuf falsafasining asoslarini talqin etgan ? “Masnaviyi ma’naviy”
36. Sadiy Sheroziy yashagan davr ? 1219-1293-yillar
37. Sadiy Sheroziy qalamiga mansub asarlar qaysilar ? “Guliston”, “Bo’ston”
38. Amir Xusrav Dehlaviy yashagan davr ? 1253-1325-y illar
39. Amir Xusrav Dehlaviy kimdan keyin “Xamsa” dostonini yozgan ? Nizomiy Ganjaviydan keyin
40. Amir Xusrav Dehlaviy qalamiga mansub asarlar qaysilar ? “Zafarlar kaliti”, “Falakning to’qqiz gumbazi”
41. XIII asrning ikkinchi yarmida tarixnavistlik ilmining taraqqiyotiga hissa qo’shgan tarixchilar kimlar ? Juzjoniy, Juvayniy, Rashiduddin Fazlulloh.
42. “Taboqati nosiriy” (Nosir turkumlari) asari kimga tegishli ? Juzjoniy
43. “Tarixi jahonkushoy” (Jahon fotihi tarixi) asari kimga tegishli ? Juvayniy
44. “Jome at tavorix” (Tarixlar to’plami) asari kimga tegishli ? Rashiduddin Fazlulloh
Do'stlaringiz bilan baham: |