21 – PARAGRAF
326. “Darul hikma va maorif” – “Ma’mun akademiyasi” qachon shakllantirilgan ? 1004-yilda
327. “Darul hikma va maorif” ni asosini kimlar tashkil etgan ? Abu Nasr ibn Iroq, Abulxayr ibn Hammor, Abu Sahl Masihiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino
328. Abu Nasr ibn Iroq yashagan yillar ? X asr – 1034-yil
329. Abulxayr ibn Hammor yashagan yillar ? 991-1048-yillar
330. Abu Sahl Masihiy yashagan yillar ? 970-1011-yillar
331. Abu Rayhon Beruniy yashagan yillar ? 973-1048-yillar
332. Abu Ali ibn Sino yashagan yillar ? 980-1037-yillar
333. “Darul hikma va maorif” faoliyati qachon va kim tomonidan tugatiladi ? 1017-yilda Mahmud G’aznaviy tomonidan
334. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’risida”gi farmoni qachon chiqadi ?1997-yil 11-noyabrda
335. “Xorazm Ma’mun akademiyasining” 1000 yilligi qachon nishonlangan ? 2006-yilda
336. Abu Nasr Farobiy qachon qayerda tavallud topgan ? 873-yil Aris suvining Sirdaryoga quyilishidagi Farob shahrida
337. Abu Nasr Farobiy qaysi shaharlarda bilim oladi ? Samarqand, Buxoro va Bog’dodda
338. Abu Nasr Farobiy umrining oxirlarida qaysi shaharlarda yashagan ? Xalab va Damashqda
339. Abu Nasr Farobiy nechta asar yozgan ? 160 dan ortiq
340. Abu Nasr Farobiyning eng mashxur asarlari qaysilar ? “Arastuning “Metafizika” asariga sharh”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Tirik mavjudod a’zolari haqida”, “Fozil odamlar shahri”
341. Abu Nasr Farobiy Sharqda qanday nom bilan shuxrat qozongan ? Arastudan keyingi “Muallimus-soniy”
342. Abu Ali ibn Sino nechanchi yillarda yashagan ? 980-1037-yillarda
343. Abu Ali ibn Sino qayerda tug’ilgan ? Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida
344. Abu Ali ibn Sino maktabni bitirgach kimdan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmini o’rganadi ? Ustozi Abu Abdullohdan
345. Abu Ali ibn Sino kimlarni asarlarini puxta o’rganadi ? Gippokrat, Gelin va Abu Bakr ar-Roziy
346. Abu Bark ar-Roziyning yashagan yillari ? 865-925-yillar
347. Abu Ali ibn Sino necha yoshida e’tiborli hakim va olim bo’lib yetishadi ? 17 yoshida
348. Abu Ali ibn Sino qaysi Somoniy hukmdorni davolab somoniylar kutubxonasidan foydalanishga ruxsat oladi ? Nuh ibn Mansurni
349. Abu Ali ibn Sino qayerda vafot etadi ? 1037-yilda Hamadonda
350. Abu Ali ibn Sino nechta asar yozgan ? 450 dan ortiq
351. Abu Ali ibn Sinoni tibbiyotga doir asari nechta ? 43 ta
352. Abu Ali ibn Sinoni 5 jillik asari qaysi ? “Al qonun fit-tib”
353. Abu Ali ibn Sino “Al qonun fit-tib” asari nechanchi asrda lotin tiliga tarjima qilinib, XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo’llanma sifatida foydalaniladi ? XII asrda
354. Abu Ali ibn Sino Sharqda qanday nom bilan shuxrat topadi ? “Shayx ur-rais”
355. Abu Rayhon Beruniy yashagan yillar ? 973-1048-yillar
356. Abu Rayhon Beruniy qayerda tavallud topgan ? Xorazmning Kat shahrida
357. Abu Rayhon Beruniy qaysi Xorazmshoh saroyida hizmat qilgan ? Abul Abbos Ma’mun II
358. Abu Rayhon Beruniy qayerda vafot etadi ? 1048-yilda G’aznada
359. Abu Rayhon Beruniy astranomiya, geografiya, matematika, tarix fanlari bo’yicha nechta asar yozgan ? 160 dan ortiq
360. Abu Rayhon Beruniyning mashxur asarlari qaysilar ? “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Geodeziya”
361. Abu Rayhon Beruniy qaysi g’arb olimidan besh asr oldin yerni quyosh atrofida aylanishi haqida fikr yuritgan ? Nikolay Kopernik
362. Abu Rayhon Beruniy nechta yulduzni koordinatalari kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini hamda dunyoning geografik kartasini tuzadi ? 1029 ta
363. Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qachon va qayerda tavallud topadi ? 1075-yilda Xorazmning Zamaxshar qishlog’ida
364. Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy turli soha ilmlariga oid nechta asar yozgan ? 50 dan ortiq
365. Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariyning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan asari qaysi ? “Al Mufassal”
366. Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariyning Qur’oni Karimning tafsiriga oid asari qaysi ? “Al Kashshof”
367. Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qanday nomlar bilan ulug’langan ? “Arab va g’ayri arablar ustozi”, “Xorazm faxri”
368. Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariyning qaysi asari asosida hozirgi kunda ham Qohiradagi Al-Azhar talabalari Qur’oni Karimni o’rganadi ? “Al-Kashshof”
369. Islom ta’limotini asoslab beruvchi diniy ilm nima deyiladi ? Kalom
370. “Shayx ur-rais” so’zining ma’nosi nima ? Donishmandlar sardori
371. Burhoniddin al-Marg’inoniy qayerda va qachon tavallud topadi ? 1123-yilda Rishtonda 1197-yilda vafot etgan
372. Burhoniddin al-Marg’inoniy qaysi soha olimi bo’lgan ? Fiqh
Burhoniddin al-Marg’inoniyning to’rt jildlik mashxur asari qaysi ? “Hidoya”
373. Burhoniddin al-Marg’inoniyning 910 yilligi qachon nishonlangan ? 2000-yilda
374. XI asrda yaratilgan “Qutadg’u bilig” asari muallifi kim ? Yusuf Hos Hojib
375. “Devonu lug’atit turk” asari muallifi kim ? Mahmud Qoshg’ariy
376. “Hibat ul-haqoyiq” asari muallifi kim ? Ahmad Yugnakiy
377. “Hikmat” asari muallifi kim ? Ahmad Yassaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |