Vii bob. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni statistik o‘rganish usullari



Download 354,5 Kb.
bet10/10
Sana21.07.2021
Hajmi354,5 Kb.
#125427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
VII BOB

Jami

209,4

483,1

7873,73


Echimi: ; ;

Guruhlararo dispersiyani hisoblash uchun quyidagi jadvalni hosil qilamiz. Yillik mukofot ko‘rsatkichlari o‘rtacha oylik mehnat unumdorligiga bog‘liq.



7.1.14-jadval

O‘rtacha oylik mehnat unumdorligi bo‘yicha guruhlanish, ming so‘m

Ishchilar soni, kishi

Guruhdagi yil yakuni bo‘yicha mukofotning o‘rtacha ko‘rsatkichi,





4,1-5,3

4

13,1

-3

36

5,3-6,5

5

14,9

-1,2

7,2

6,5 - 7,7

14

16,3

0,2

0,56

7,7-8,9

4

17,8

1,7

11,56

8,9-10,1

3

19

2,9

25,23

Jami

30

16,1

0,6

80,55


; ; .

Yil yakuni bo‘yicha mukofot variatsiyalashuvining 82,6% o‘rtacha oylik mehnat unumdorligi va 17,4% esa boshqa omillarga bog‘liq.

7.3-misol. Grippga qarshi emlash va kasallikning kamayishi o‘rtasidagi bog‘liqlik zichligini aniqlash maqsadida talabalar o‘rtasida tasodifiy tanlash o‘tkazildi. Olingan ma’lumotlar asosida: 1) kontingensiya koeffitsientini; 2) assotsiatsiya koeffitsientini aniqlang.
7.1.15-jadval

Gripp bilan kasallanganlar haqida ma’lumot




Kasallikga chalinganlar

Kasallikga chalinmaganlar

Jami

Emlanganlar

10

20

30

Emlanmaganlar

15

5

20

Hammasi

25

25

50


Echimi.

1) ;

2) .

Ikkala holatda ham bog‘lanish teskari bo‘ladi. Grippga qarshi emlash va gripp bilan kasallanish o‘rtasida korrelyasion aloqa mavjud bo‘lib ular o‘rtasidagi koeffitsientlar farqi 0,3 ga teng.



7.4-misol. Quyidagi shartli ma’lumotlar asosida tumandagi 100 oilada er va xotinning ma’lumoti o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida Pirson va CHuprov koeffitsientlarini hisoblaymiz (7.1.16-jadval).

(7.1.16-jadval)

Erkaklar va ayollarning ma’lumotlari bo‘yicha oilalar taqsimoti

Erkaklar ma’lumoti

Ayollar ma’lumoti

Jami

Umumiy o‘rta

O‘rta maxsus

Oliy

A

B

Umumiy o‘rta

15

(9,375)


11

(2,373)


2

(0,160)


28

(11,908)


0,425

O‘rta maxsus

8

(2,666)


32

(20,078)


8

(2,560)


38

(25,304)


0,527

Oliy

1

(0,042)


8

(1,255)


15

(9,0)


24

(10,297)


0,429

Jami

24

51

25

100

1,381

Uchta sifat belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘lchashni Pirson koeffitsienti orqali amalga oshirishda o‘zaro bog‘lanish ko‘rsatkichini hisoblash lozim:



O‘zaro bog‘lanish ko‘rsatkichi natijasida Pirson koeffitsientini hosil qilamiz: , . Demak, sifat belgilari o‘rtasidagi bog‘lanish kuchli bo‘ladi.

Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashni CHuprov koeffitsienti orqali amalga oshirishda sifat belgilari kvadratlarining jamiga nisbati ko‘rsatkichlarini hisoblash lozim (7.9-jadval qavs ichidagi ko‘rsatkichlar). Olingan natijalarni qatorlar bo‘yicha jamiga nisbatini hisoblaymiz (7.9-jadvaldagi B ustun). Natijada, ni hosil qilamiz. Keltirilgan natijalar asosida CHuprov koeffitsientini aniqlaymiz: . Demak, oilalarning vujudga kelishida erkaklar va ayollarning ma’lumotlari darajasi o‘rtasidagi bog‘lanish sezilarli darajada ekanligini ko‘rish mumkin.

7.2. Nazorat savollari


  1. Hodisalarning o‘zaro aloqadorlikni tushuntirib bering.

  2. Aloqadorlikni qanday turlari mavjud?

  3. Ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda statistikaning qanday metodlari qo‘llaniladi?

  4. Parallel qatorlarni solishtirish deganda nimani tushinasiz?

  5. Qanday sharoitda bog‘liqlikni mavjudligini aniqlash uchun korrelyasion va guruhli statistik jadvallardan foydalaniladi?

  6. Hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda grafik usulidan foydalanish.

  7. Korrelyasion-regression tahlilning ahamiyati nimadan iborat va ushbu taxlil qanday vazifalarni hal qiladi?

  8. To‘g‘ri va teskari chiziqli bog‘lanishlarni tushuntirib bering.

  9. To‘g‘ri va teskari chiziqli bog‘lanishlarni ifodalaydigan regressiya tenglamalari deganda nimani tushunasiz?

  10. Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlar zichligi ko‘rsatkichlarini tushuntirib bering.

  11. Korrelyasiya koeffitsientini hisoblashning usullari nimalardan iborat?

  12. CHeddok shkalalarini tushuntirib bering?

  13. Korrelyasiya koeffitsientidan korrelyasion nisbati va korrelyasiya indeksi nima bilan farqlanadi?

  14. Ko‘p omilli korrelyasiya deganda nimani tushunamiz?


7.3. Tayanch iboralar:

Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar – ko‘plab omillarning bir vaqtdagi ta’siri natijasidir.

Balans – hodisa va jarayonlarni muayyan tarixiy sharoitda, aniq zamon va makonda yaxlit holda tavsiflovchi bir-biriga bog‘liq iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi.

Analitik guruhlash – omil belgi asosida amalga oshirilib, har bir guruh uchun natijaviy belgilarni tavsiflovchi o‘rtacha va nisbiy miqdorlar hisoblanadi.

Funksional bog‘lanishlar – bir o‘zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa o‘zgaruvchi belgining aniq bitta qiymati mos kelishi.

Korrelyasion bog‘lanishlar – omil belgining har bir qiymatiga natijaviy belgining aniq qiymatlari emas, balki turli qiymatlari mos kelishi.

To‘g‘ri bog‘lanish – omil belgining ortishi (yoki kamayishi) bilan natijaviy belgining ortib (yoki kamayib) borishi.

Teskari bog‘lanish – natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishini omil belgiga nisbatan qarama-qarshi bo‘lishi.



Parallel qatorlarni solishtirish usuli – ikki yoki bir nechta statistik qator ko‘rsatkichlarini taqqoslash.

Korrelyasiya koeffitsienti – “–1 dan +1 gacha” oraliqda bo‘ladi, manfiy ishora bo‘lsa bog‘lanish teskari, musbat bo‘lsa to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish mavjud bo‘ladi.

CHeddok shkalalari – bog‘lanish zichligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarga sifat jihatdan baho berish.

Juft regressiya – omil va natijaviy belgi o‘rtasidagi bog‘lanishni tavsiflash.

Elastiklik koeffitsienti – omil belgining bir foizga o‘zgarishi natijaviy belgining qancha foizga o‘zgarishiga olib kelishi mumkinligini bildiradi.



Ko‘p omilli regressiya tenglamasining parametrlari – omil belgining bir birlikka o‘zgarishi natijasida natijaviy belgining qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi.

Beta koeffitsienti – omil belgi yig‘indisining o‘zgarishi natijaviy belgi yig‘indisiga qanday ta’sir ko‘rsatishini namoyon qiladi.



7.4. Mustaqil bajarish uchun misollar:

7.7-misol. SHahardagi 100 ta omonatchilarning hisoblari tekshirildi. Davlat banklaridagi jamg‘armalarning o‘rtacha hajmi jamg‘armalar dispersiyasi 12 ga teng bo‘lganda (barcha hisoblarning 60%ni) 260 so‘mni, tijorat banklaridagi o‘rtacha jamg‘armalar hajmi esa dispersiya 22 ga teng bo‘lgan holda 250 so‘mni tashkil qildi. Determinatsiya koeffitsientini aniqlang.



Javob: .

7.8-misol. Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda ishchilarning mehnat unumdorligi va ish staji o‘rtasidagi bog‘liqlikning korrelyasion nisbatini aniqlang. Umumiy dispersiya 8,4 ga teng.
7.4.1-jadval

Dastgohda ishlayotgan ishchilarning mehnat staji bo‘yicha guruhlanishi, yil

Ishchilar soni

Bir ishchi tomonidan bir oyda ishlab chiqarish, ming so‘m

3 gacha

30

10,0

3-6

40

12,0

6 va undan yuqori

50

15,0

Jami

120

13,0

Javob: .

7.9-misol. Tumandagi 10 ta korxonaning yillik tovar aylanmasi va daromadi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida chiziqli regressiya tenlamasini tuzing, chiziqli korrelyasiya koeffitsienti, determinatsiya koeffitsienti, empirik korrelyasion nisbat va elastiklik koeffitsienti ko‘rsatkichlarini hisoblang.

7.4.2-jadval

Korxonalar

Tovar aylanmasi, mln.so‘m

Daromad, mln.so‘m

Har bir korxonaning o‘rtacha daromadi, mln.so‘m



480

30

26,2



510

25

28,0



530

31

29,2



540

28

29,9



570

29

31,7



590

32

32,2



620

36

34,7



640

36

35,5



650

37

36,5



660

38

37,1



5790

322

321

Javoblar: , , , , .

7.10-misol. Sanoat tarmog‘i korxonalari tomonidan sotilgan mahsulotlar hajmi va olgan foydasi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanib regressiya tenlamasini tuzing va chiziqli korrelyasiya koeffitsienti aniqlang.

7.4.3-jadval

Korxonalar

Sotilgan mahsulotlar, mlrd.so‘m

Foyda, mlrd.so‘m

1

491,8

133,8

2

483,0

124,1

3

481,7

62,4

4

478,7

62,9

5

476,9

51,4

6

475,2

72,4

7

474,4

99,3

8

459,5

40,9

9

452,9

104,0

10

446,5

116,1

Javoblar: , .

7.11-misol. 7 ta bir turdagi oilalar bo‘yicha ularning daromadi va bir oydagi sut iste’moli to‘g‘risidagi (bir oila a’zosiga nisbatan) quyidagi ma’lumotlar asosida oilalar daromadi va sut iste’moli o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanish tenglamasini aniqlang.



7.4.4-jadval

Oila tartib raqami

1

2

3

4

5

6

7

Daromad, ming so‘m

5400

6300

9000

11200

14000

19000

20400

Sut iste’moli, litr

8

10

13

15

17

19

11

Javob:

7.5. Testlar

1. Bog‘lanishlar yo‘nalishi bo‘yicha:

  1. o‘rtacha;

  2. to‘g‘ri;

  3. funksional;

  4. egri chiziqli.

2. Tahliliy ifodalanish bo‘yicha bog‘lanishlarning farqlanishi:

  1. teskari;

  2. bir omilli;

  3. zich;

  4. egri chiziqli.

3. Bog‘lanishning funksional ko‘rinishi:

  1. ikki belgi orasida kelishi;

  2. muhim aniq omilli belgilarning bir qancha muhim natijaviy belgilarga mos kelishi;

  3. muhim bo‘lmagan belgilarning natijaviy belgilarga mos kelishi;

  4. muhim aniq omilli belgilarning bitta muhim natijaviy belgiga mos kelishi.

4. Bog‘lanish xarakteriga ko‘ra bog‘lanishi quyidagi turlarga ajratiladi:

  1. funksional, korrelyasion;

  2. to‘g‘ri chiziqli, regression;

  3. to‘g‘ri, teskari;

  4. guruhiy.

5. Ikki belgi yo‘nalishi va zichligi tahlili quyidagilarning qaysi biri yordamida amalga oshiriladi:

  1. juft korrelyasiya koeffitsienti;

  2. xususiy korrelyasiya koeffitsienti;

  3. egri chiziqli korrelyasiya koeffitsienti;

  4. ko‘p sonli korrelyasiya koeffitsienti.

6. Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni:

  1. balans usuli yordamida o‘rganish mumkin;

  2. guruhlash usuli yordamida o‘rganish mumkin;

  3. parallel qatorlarni tuzish yordamida o‘rganish mumkin;

  4. noto‘g‘ri javob yo‘q.

7. Regressiya modeli parametrlarini baholash quyidagilarning qaysi biri yordamida amalga oshiriladi:

  1. korrelyasiya koeffitsienti;

  2. o‘rtacha approksimatsiya xatoligi;

  3. Spirmen koeffitsienti;

  4. Styudent mezoni.

8. Regressiya darajasini baholash quyidagilarning qaysi biri yordamida amalga oshiriladi:

  1. determinatsiya koeffitsienti;

  2. o‘rtacha kvadratik xatolik;

  3. Fexner koeffitsienti;

  4. Fisher mezoni.

9. Ijtimoiy hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni baholash quyidagilarning qaysi biri asosida kelib chiqadi:

  1. assotsiatsiya koeffitsienti;

  2. kontingensiya koeffitsienti;

  3. chiziqli korrelyasiya koeffitsienti;

  4. elastiklik koeffitsienti.

10. Quyidagilarning o‘rtasidagi bog‘lanish zichligini baholash uchun qaysi rang korrelyasiya koefitsientini qabul qilish mumkin:

  1. miqdoriy belgilar;

  2. muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sifat belgilari;

  3. muqobil belgilar;

  4. har qanday sifat belgilari.

11. Ko‘p omilli korrelyasion tahlil uchun omillar:

  1. hech qanday shart-sharoitlarga rioya qilmay olinadi;

  2. dastlab juft korrelyasiya koeffitsientlarini hisoblab, ularning muhimligi tekshiriladi, so‘ngra o‘zaro bog‘langanlari tanlab olinadi;

  3. o‘zaro bog‘lanmaganlari tanlab olinadi;

  4. regressiya tenglamasi aniqlanadi.

12. Belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni:

  1. hududiy indekslar o‘rdamida o‘rganish mumkin.

  2. balans usuli yordamida o‘rganish mumkin;

  3. guruhlash usuli yordamida o‘rganish mumkin:

  4. parallel qatorlarni tuzish yordamida o‘rganish mumkin;

13. Regressiya tenglamasiga kiritiladigan omillar:

  1. o‘zaro chiziqli funksional bog‘lanishda bo‘lmasligi kerak;

  2. o‘zaro juda kuchli korrelyasion bog‘lanishda bo‘lishi kerak;

  3. o‘zaro kuchli bog‘lanishda bo‘lishi kerak;

  4. o‘zaro kuchli bog‘langan omillar modelga kiritilgan bo‘lishi kerak.

14. Natijaviy belgining tebranishida omil belgi ta’sirining salmog‘i:

  1. determinatsiya indeksi yordamida aniqlanadi;

  2. korrelyasiya indeksi yordamida aniqlanadi;

  3. regressiya koeffitsienti yordamida aniqlanadi;

  4. regressiya tenglamasi yordamida aniqlanadi.

15. Ikkita muqobil sifat belgilari o‘rtasidagi bog‘lanish kuchini aniqlash uchun:

  1. assotsiatsiya koeffitsienti qo‘llaniladi;

  2. Fexner koeffitsienti qo‘llaniladi;

  3. Spirmen koeffitsienti qo‘llaniladi;

  4. Chuprov koeffitsenti qo‘llaniladi.

16. Ikkita muqobil sifat belgilari o‘rtasidagi bog‘lanish kuchini aniqlash uchun:

  1. assotsiatsiya koeffitsienti qo‘llaniladi;

  2. Fexner koeffitsienti qo‘llaniladi;

  3. Spirmen koeffitsienti qo‘llaniladi;

  4. determinatsiya koeffitsienti qo‘llaniladi.

17. Determinatsiya indeksi qancha kichik bo‘lsa, belgilar o‘rtasidagi bog‘lanish shuncha:

  1. kuchli bo‘ladi;

  2. kuchsiz bo‘ladi;

  3. nolga teng bo‘ladi.

  4. -1 ga teng bo‘ladi.

18. bo‘lsa, u holda bog‘lanish:

  1. teskari chiziqli bog‘lanish bo‘ladi;

  2. bog‘lanish yo‘qligidan dalolat beradi;

  3. to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish bo‘ladi;

  4. funksional bog‘lanish bo‘ladi.

19. Agar natijaviy va omil belgilarning qo‘shimcha o‘sish sur’atlari bir xilda bo‘lsa, u holda elastiklik koeffitsienti:

  1. bir sonidan kichik bo‘ladi ;

  2. bir soniga teng bo‘ladi ;

  3. bir sonidan katta bo‘ladi ;

  1. bir soniga teng bo‘lmaydi .

20. Bir necha belgilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni zichligining baholash uchun:

  1. xususiy korrelyasiya koeffitsientlarini hisoblash zarur;

  2. avtokorrelyasiya qo‘llaniladi;

  3. konkordatsiya koeffitsienti qo‘llaniladi;

  4. Fexner koeffitsienti qo‘llaniladi.

Download 354,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish