Yopiq jarohatlar. Teri va boshqa qoplovchi to‘qimaning butunligi
buzilmaydi. Yopiq jarohatda, ya’ni lat eyish, to‘qimaning
cho‘zilishi, uzilishi ro‘y berganda yallig‘lanish mikrob ishtirokisiz
o‘tadi. Ochiq jarohatlarda infeksiya tushib yaralarning yiringlashi
kuzatiladi.
Fizik jarohatlar – to‘qima va organlarga yuqori darajali issiq,
sovuq, elektr toki, nur energiyasi, ortiqcha miqdordagi rentgen
nurlari ta’siri natijasida paydo bo‘ladi.
Kimyoviy jarohatlar – kislota, ishqor, ayrim ilon, hasharot va
shu kabilarning zaharlari ta’siri natijasida rivojlanadi.
Biologik jarohatlar – organizm to‘qimalariga patogen
bakteriyalar (ayniqsa, anaeroblar), virus, zamburug‘, gelment va
41
protozoo toksinlari, shuningdek, modda almashinuvida paydo
bo‘ladigan indol, skatol, krezol, pentin kabi zaharli moddalar
ta’sirida paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |