55
Ekzema
– terida tez-tez uchrab turadigan yuqumsiz kasallik-
lardan biri. U har xil ko‘rinishda
uchrashi mumkin, ammo teri
epidermisi zararlanishi ekzemaning o‘ziga xos xususiyatidir. Ekze-
maning kechishiga qarab og‘ir va surunkali shakli farqlanadi. Ek-
zema, asosan, ot bilan qoramollarning oyoqlarida tushov
bo‘g‘imida, itlarning orqa elkasida bo‘lib, u «mokres» deb ataladi.
Sabablari.
Hayvonlarning terisi uzoq vaqt tozalanmasa, zax va
iflos
molxonalarda boqilsa, loy yerlarda yotqizilsa, noto‘g‘ri ish-
latilsa ekzema avj oladi. Hayvon vaqti-vaqtida cho‘miltirib turilma-
sa, uning terisi va juniga chang qo‘nadi, loy yopishadi, bu terining
epidermis qatlamiga tushib, keyinchalik parchalana boshlaydi.
So‘ngra bu jarayon terining oqyem bo‘lgan shox qismiga o‘tib,
mikroorganizmlarning to‘qimalarga
kirishi uchun qulay sharoit
yaratadi. Namlik teri shox qatlamini yumshatadi, u erda to‘plangan
chang, loy, qum va boshqalar kasallikning surunkali kechishiga
sabab bo‘ladi. Ekzemaning paydo bo‘lishida mexanik ta’sirlar ham
katta ahamiyatga ega. Uzoq vaqt ishqalanganda, masalan, ot
alzallari (egar, ayil, bo‘yintiriq va boshqalar) tanani haddan tashqari
ezganda, hasharotlar chaqqanda, mikroblarning kirishi uchun yo‘l
ochiladi, natijada kasallikning kechishi bir muncha og‘irlashadi.
Klinik belgilari.
Ekzemaning klinik belgilari uni vujudga keltirgan
sabablar va kasallikning muayyan rivojlanish davriga bog‘liq. U bir
necha davrni o‘z ichiga oladi, ammo atipik ko‘rinishda kechishi ham
mumkin. Bu sabablarning ta’sir etish kuchi, muddati va xarakteriga,
nihoyat ekzema kechayotgan muhitdagi sharoitga bog‘liq.
Klinik
belgilariga qarab namlanib turuvchi va yarasimon ekzema farqlanadi.
Davolash.
Ekzemani davolash terining jarohatlangan qismini
kimyoviy tozalashdan boshlanadi. U yerdagi jun qirqib tashlanadi.
Terini loy va parazitlardan tozalash uchun issiq suv bilan sovunlab
yuviladi. Ho‘llanib turuvchi ekzemani davolash uchun uning
pufakli va pustulali davrida antiseptik dorilar, ya’ni 2-3 % li pikrin
kislota
eritmasi, 2-5 %li lyaps eritmasi, 4-5 % li piaktanin va
brilliant yashili ishlatiladi. Ekssudat
kamaya boshlagandan keyin
kukun shaklidagi talk, kraxmal va boshqalarga kseroform, rux
oksidi
aralashtirib sepiladi, undan tashqari har xil surtmalar
(Vishnevskiy surtmasi va boshqa) ishlatiladi.
56
Ekzemani davolash uchun hayvonga yaxshi zoogigiyenik sharoit
yaratib,uning terisini tez-tez tozalab turish,
sifatli yem-xashaklar
berib boqish katta ahamiyatga ega.
Dermatit.
Terining chuqur qatlamlari va teri asosining yallig-
lanishi
dermatit
deyiladi. Hamma xildagi ekzemani qo‘zg‘atadigan
sabablar dermatitni ham qo‘zg‘atadi, faqatgina gangrenoz va
verrukoz dermatitlar o‘ziga xos kasalliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: