Material bilan ta'minlash:
Steril qaychi va pinset, sterilizator; spirtlampa, steril paxta tamponlari; paxta; spirt-rektifikat; 3-4 ml Xenks eritmasi quyilgan penitsillin flakonchalari; sovutuvchi aralashma solingan termos; leykoplastr; grafit qalam; kyuveta; parenximatoz organlardan bir bo'lakchadan solingan penitsillin flakonchalar; steril havoncha ezgichi bilan; steril qum; 5 va 10 ml pipetka; steril sentrifuga probirkalari; antibiotiklar; penitsillin va streptomitsin; GPA; GPSH; Xenks yoki Erla eritmasi; sentrifuga.
Mashg'ulotning rejasi.
1. Nazorat uchun savollar.
2. O'qituvchining tushuntirishi.
3. Namoyish: a) kasal va o'lgan hayvonlardan material olish uchun kerak bo'lgan idish va instrumentlar to'plami;
b) buzoq va boshqa hayvonlarning burun shilliq pardasidan, kon'yunktivasidan, to'g'ri ichagidan qirindi, surtmalarni olish usullari;
c) olingan materialga yorliq yopishtirish va transport orqali yuborish.
4. Talabalarning mustaqil ishlashi: a) buzoq, qo'y yoki boshqa hayvonlar nafas yo'llarining shilliq pardalaridan qirindi va surtma olish;
b) fetses (najas) - olish;
c) olingan materialni konservatsiyalash;
d) yorliq yopishtirish;
e) virus saqlovchi to'qimadan virus suspenziyasini tayyorlash;
f) virusologik tekshirish uchun keltirilgan hayvondan qirindi va surtma olish.
5. Mashg'ulotni yakunlash.
6.Navbatdagi mashg'ulot uchun topshiriq berish.
Nazorat uchun savollar.
1. Kasal va o'lgan hayvonlardan material olishning umumiy qoidalarini gapirib bering.
2. Patologik material qanday konservatsiyalanadi va transport vositasi orqali yuboriladi?
3. Patologik materialni tekshirishga tayyorlash deganda siz nimani tushunasiz?
Uslubiy qo'llanma.
Ushbu mashg'ulotni quyidagicha o'tkazish mumkin. Birinchi soatda institut klinikasida bo'lgan hayvonlardan material olish usullari namoyish qilinadi va tushintiriladi. Ikkinchi soatda talabalar materialni tekshirishga tayyorlash bilan mashg'ul bo'ladi.
O'lgan hayvonlardan olingan organlarni o'rniga har qanday laboratoriya hayvoni organidan yoki to'qimasidan foydalanilsa bo'ladi.
Hayvon o'ldirilgach, organlaridan bir bo'lagini penitsillin flakonchalarga joylanadi, rezina tiqin bilan yopiladi, yorliq yopishtiriladi, muzlatiladi yoki 50 foiz glitserin eritmasidan quyiladi so'ngra polietilen paketga solinib, sovutuvchi aralashma solingan termosga joylanadi.
Mashg'ulot paytida talabalar ushbu materialdan foydalanib, virus saqlovchi suspenziya tayyorlaydi. Namoyish paytida olingan qirma va surtmalardan ish paytida foydalaniladi. Ushbu mashg'ulotga hayvonlardan material olishni namoyish qilish bilan cheklanadi,qolgan jarayonni talabalar o'quv-ishlab chiqarish amaliyoti paytida bajarib ko'radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |