Veterinariya virusologiyasi


Mavzu: Labarotoriya hayvonlari va ularni virusologiyada qo’llash, saqlash, parvarish qilish



Download 9,02 Mb.
bet73/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Mavzu: Labarotoriya hayvonlari va ularni virusologiyada qo’llash, saqlash, parvarish qilish.

Virusologiyada laboratoriya hayvonlaridan foydalanishdan maqsad viruslar tirik hujayralarda ko‘payishi sababli virusologiyaning rivojlanish bosqichlarida viruslarni o‘stirish, tekshirish uchun maxsus sharoitda o‘stirilgan laboratoriya hayvonlari organizmidan foydalanilgan.
Virusologiyada laboratoriya hayvonlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • patologik materiallarda virusni uchratishda;

  • patologik materialdan virusni birinchi bor ajratishda;

  • virus massasini to‘plashda;

  • laboratoriya sharoitida virusni aktiv xolda saqlashda;

  • virusni titrlashda;

  • neytrallash reaksiyasida test-ob‘ekt sifatida;

  • giperimmun zardob olishda.

Eng avvalo, laboratoriya hayvonlaridan potologik materialdagi virusni biologik tajriba qo‘yiib indikatsiyalashda foydalaniladi. Shu maqsadda patmaterialdan suspenziya tayyorlab laboratorya hayvonlariga yuqtirilgan va ularning yuqtirilgan materialga qanday reaksiya berishi kuzatilgan.
Virusologiyaning laboratoriya amaliyotida quturish kasalligiga diagnoz qo‘yish uchun sichqonlarda, tovuqlarning yuqumli bronxit kasalligida esa jo‘jalarda biologik sinab ko‘riladi. Ko‘pincha hayvonlar orasida virusning borligi kam spetsifik belgilar berib xusysan qaysi virus borligi to‘g‘risida xulosa qilaolmaymiz. Uning turini aniqlash uchun yana tekshirish ishlarini olib borish talab qilinadi.
Ma’lum kasallikda ayrim holda biologik sinab ko‘rish spetsifik bo‘lgan o‘ziga xos klinik ko‘rinishda bo‘ladi. U vaqtda biologik sinab ko‘rish natijasiga asosan patologik material tarkibida virusning borligini bilibgina qolmay balki virusning turi to‘q‘risida xulosa chiqarsa bo‘ladi. Masalan, o‘lgan cho‘chqa bolasining parenximatoz organidan tayyorlangan suspenziyani quyonning muskul ichiga yuborish va yuborgan joyda chidab bo‘lmaydigan qichish, terisi va muskul to‘qimasini tishlab, tirnab tashlashi va o‘limi Aueski virusi yuqtirilganligidan dalolat beradi. Shunday holda biologik sinab ko‘rishning musbat natijasi nafaqat virusnig borligi hatto, uning qaysi turga mansubligini aniqlashga ham yordam beradi.
Biologik tekshirib ko‘rish ko‘pchilik holda spetsifik bo‘lgan belgilarni ko‘rsatishini tovuq yoki kabutarning chechak virusi yuqtirilganda va tovuqda, qo‘zichoqlarda – qo‘yning chechak virusi yuqtirilganda va shunga o‘xshash tabiiy moil hayvonlarga virus yuqtirilganda o‘ziga xos belgilarni beradi.
Kasallik yuqtirilgan hayvondan olingan virus saqlovchi material ajratib olingan virus hisoblanadi. Tajriba yo‘li bilan kasallik yuqtirilgan hayvonlar organida virus to‘plangach, indentifikatsiyalanadi va so‘ngra virusga qarshi vaksina ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Tirik sistema sifatida yangi tug‘ilgan quyon bolalaridan virusni to‘plash uchun foydalanib oqsilga qarshi lapinizatsiyalangan gidrookis alyumin saponinformal vaksina tayyorlanadi.
Laboratoriyalarda ko‘pincha viruslarni uzoq muddatga aktiv holatda saqlab turish talab qilinadi. Virusni tirik sistemalarga, shu jumladan laboratoriya hayvonlarining organizmida passaj qilish yo‘li bilan saqlab turiladi va saqlash uchun konservatsiyalovchi sharoitga qo‘yiladi.
Har qanday tezlik bilan viruslarni konservatsiyalaganda ham o‘z aktivligini yo‘qotadi. Qaytadan passaj qilish tufayli virus yangidan tiklanadi. Virusning yangi populyatsiyasini olish uchun sezgir tirik sistemaga yuqtirish passaj deyiladi. Virus bilan ishlaganda ko‘pchilik holda virusni yuqumli titrini bilish yoki materialdagi konsentratsiyasini aniqlash kerak. Uni aniqlash uchun har xil suyultirilgan virus saqlovchi material bilan, tekshirilayotgan virusga sezgir bo‘lgan tirik sistemaga, shu jumladan, laboratoriya hayvonlariga yuqtirib kuzatiladi. Viruslarni titrlash masalasi 7-mavzuda ko‘rib chiqiladi.
Virus infeksiyasiga diagnoz qo‘yishda, laboratoriya hayvonlari indikator sifatida qo‘llaniladi, shuning uchun virusni antitelo bilan aralashtirib neytrallash reaksiyasi qo‘yiladi va giperimmun zardob olishda foydalaniladi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish