Qonni tayyorlash - Virusni ajratib olish uchun fibrini ajratilgan yoki antikoagulyant qo'shilgan qon ishlatiladi. Probirkaga 5-6 tomchi geparin tomizilgach, 5-6 ml qon olinib muzlatiladi. Gemolizlangan qon qaytadan eritilgach, 2-3 ming ayl/daq. 15 daqiqa davomida sentrifugalanadi, so'ngra 100-200 birlik/ml penitsillin va streptomitsindan qo'shilib sterilligi tekshirib ko'rilgach, yuqtirish uchun ishlatiladi. Ushbu maqsad uchun ivigan qonni ishlatsa ham bo'ladi. Havonchada qon yaxshi ezilgach, 1:1, 1:2 nisbatda Xenks eritmasidan qo'shiladi.
Serologik tekshirish uchun qon olish
Serologik diagnoz qo'yish uchun qondan (ikki namuna) kasallikning boshlanishida va kasallikning so'ngida juft zardob olinadi. Birinchi namunani iloji boricha ertaroq, ya'ni kasallikning yashirin davrida yoki kasallikning klinik belgilari paydo bo'lishi bilanoq, ikkinchi namuna tuzalish davrida yoki kasallangandan so'ng 2-3 kun o'tgach olinadi.
Qonni olishda va zardobni tayyorlashda sterillikka e'tibor berilib, antikoagulyantlar yoki konservantlarni qo'shish zardobni antikomplementar qilb qo'yishi, neytrallash reaksiyasida virus aktivligini yo'qotishi, o'stirilgan hujayraga zaharli ta'sir etishi, umuman olganda, sterillikni yo'qolishiga sababchi bo'ladl. 10-15 ml hajmdagi qon steril probirkalarga olinib, rezina tiqin bilan bekitilgach, xona haroratida qon iviguncha tutib turiladi, so'ngra steril shisha tayoqcha bilan probirka devoridan ajratib chiqiladi va 4oC 18-20 soat sovitgichda saqlanadi.
Qon to'lasincha maksimal retraksiyaga uchragach, zardob so'rib olinadi va har bir millilitr zardobga 100 birlik/ml penitsillin va streptomitsindan qo'shilgach, bakteriolok muhitlarga ekib ko'riladi.
Sovitgichda qonni tindirishdan tashqari probirka devoridan qonni ajratgach, sentrifugalash ham mumkin. Virusologik diagnoz qo'yishda serologik usul juft zardob tekshirishni talab qiladi, shuning uchun birinchi olingan namunani, ikkinchi namunadan olib tekshirguncha saqlab turiladi.
Zardob 4oC da sovitgichda yoki muzlatilgan holda nomerlanish tartibiga qattiq rioya qilgan holda saqlanadi va jurnalda unga tegishli ma'lumotlar yoziladi.
Topshiriq
1.Laboratoriyada tekshirish uchun patologik materialni olish va transport orqali yuborish qoidalari bilan talabalarni tanishtirish.
2.O'lgan yoki ataylab o'ldirilgan hayvonlarning organidan virus saqlovchi suspenziyani tayyorlash.
3.Virusologik tekshirish uchun kasal hayvonlardan yuvindi tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |