Namunani saqlash va transportda tashish.
Virusning aktivligini yo'qotish jarayonini sekinlashtirish uchun olingan namuna tezda virus faolligini saqlashga qodir bo'lgan sharoitda saqlash uchun qo'yiladi. Bunday sharoitni past harorat ta'minlaydi.Buning uchun patmaterial solingan va rezina tiqin bilan yopilgan probirkalar sovutuvchi aralashma solingan termosga joylantiriladi.(4-rasm).
Sovutuvchi aralashma sifatida quruq muzning (qattiq uglekislota) etil spirt bilan aralashmasi (minus 71oC haroratda bir necha kungacha) saqlab turadi. Uch qism og'irlikdagi muz va yoki bir qism og'irlikdagi osh tuzining aralashmasidan ham foydalanish mumkin.Natijasi minus 15-20oC harorat olsa bo'ladi. Muzlatish uchun kimyoviy konservantlardan foydalanish yaxshi natija bermaydi. Shulardan eng yaxshisi toza glitserinning teng miqdordagi 0,85 foiz osh tuzi eritmasi (izotonik eritma bo'lib patmaterial shu aralashmaga joylashtiriladi). Ko'pchilik holda ushbu aralashmani to'qimalarni, parenximatoz organlarni bir bo'lagini konservatsiyalashda ishlatiladi. Virus saqlovchi suyuqlikka, glitserinning qo'shilishi ushbu material hayvonlar, homilalar, o'stirilgan hujayraga yuborilishi mumkin emas. Glitserinni ishlatish tufayli patologik materialni immuno-fluoressensiya usulida tekshirish mumkin bo'lmasdan qoladi. Shuning uchun patmaterial bilan birgalikda buyum oynasidan foydalanib ushbu materialdan tamg'a tayyorlanadi, fiksatsiyalangan lyuminessent mikroskopida tekshirib ko'rish uchun yuboriladi.
4-rasm. Virus namunalarini joylashtirishning asosiy qoidalari:
Birinchi idish:1-Namunani saqlovchi zaharsiz
rezina qistirma va buralib mahkamlanadigan tiqin o'rnatilgan idish yoki kavsharlanib yopilgan shisha ampula:
2-ichki joylashtirish: 2-o'ziga singdirib oladigan material. Suyuqlik oqgan holatda singdirib olishga yetadigan miqdordagi papiros qog'oz yoki paxta;
3-Tolasiz leykoplastr bilan to'ldirilib yelimlangan plastik qopcha. Tashqi joylashtirish:
4-urilishga qarshi qo'yilgan qog'oz yoki paxta;
5-Suv o'tkazmaydigan qattiq konteyner; 6-Buraladigan, leykoplastr bilan yelimlanadigan yoki maxsus qisqich bilan o'rnatilib mustahkam yopiladigan qopqoq.
Patmaterialga mustahkam va aniq yorliq yozilgan bo'lib, yozuvni buyum oynasiga yozadigan qalam bilan yozish mumkin emas. Probirka va flakonchalarga leykoplastrdan yorliq yopishtirish va oddiy (grafit) qalam bilan qaysi hayvondan qanday material olganligi ko'rsatilib yozilishi ishonchli hisoblanadi.
Namuna solingan termosga kartondan yoki fanerdan yorliq osilib u erda xo'jalikning nomi,hayvonning turi, materialning xili va sana ko'rsatiladi.
Termos albatta muhrlangan bo'lishi zarur. Patmaterial olingan hayvon to'g'risida to'la ma'lumotga ega bo'lgach, olingan patmaterial yo'llanma qog'ozida xo'jalikning epizootologik ma'lumoti, ehtimolli diagnozi va ko'riladigan chora, kasallikni bartaraf etish uchun (davolash, emlash va boshq). shuningdek, sana, vrachning familiyasi ko'rsatilgan bo'lib maxsus kishi orqali yuboriladi. Laboratoriyaga keltirilgan namunadan virusni ajratish uchun tezlik bilan tekshirish kerak.
Agar qandaydir uzrli sabablarga ko'ra (eksperimental hayvonlar, tovuq homilasi, o'stirilgan hujayralarning yo'qligi tufayli tekshirish kechiktiriladigan bo'lsa, u holda materialni minus 40-70oC saqlash talab qilinadi.) Ko'pchilik viruslar qon tarkibi, orqa miya suyuqligi siydikda, burun-tomoqning qirib va chayib olinganida,yirik shoxli hayvonlarning paragripp, respirator sinsitial viruslari esa muzlatilganda tezda o'ladi. Shuning uchun ularni ajratib olishda juda tezkorlik bilan tekshirish ishlarini olib borish kerak.
Tekshirilayotgan yuqumli kasallik virus tomonidan chaqirilganligiga ishonch yo'q bo'lib gumonsiralsa, u holda materialning bir qismini bakteriologik va mikologik tekshirish uchun beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |