Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet63/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Uslubiy ko‘rsatma


Darsni quyidagicha tashkil qilsa bo‘ladi. O‘qituvchi reja asosida mavzuni tushuntirgach, talabalar virus materiali bilan ishlash uchun ish joyini tayyorlashlari kerak. Buning uchun ish joyi xloramin eritmasi bilan zararsizlantiriladi. Stol ustida zararsizlantiruvchi eritma solingan (2% xloramin yoki 2% natriy gidroksid eritmasidan), chiqindilar uchun konteyner, spirtovka, steril paxta, tampon, spirt solingan bankachalar, probirkalar uchun shtativ, petri likopchasi, oynaga yozadigan qalam qo‘yiladi. So‘ngra sterillash uchun asbob-uskunalar tayyorlanib (shpris, igna, pinset), sterilizatorga solib qaynatiladi. Shu vaqtning ichida talabalar pipetka va rezina ballonchalar bilan ishlash yo‘llarini o‘rganadi. Talabalar ikki kishidan taqsimlanib, har bir topshiriqni o‘zaro almashib o‘rganib borishadi. So‘ngra steril asboblardan foydalanish yo‘llarini o‘rganadi.
MAVZU: Kasal hayvonlardan va jasaddan virus saqlovchi materialni olish va transport vositasi orqali laboratoriyaga yuborish.
Laboratoriyada virus kasalliklariga aniq diagnoz qo'yishda eng avvalo patologik materialni to'g'ri olishga,laboratoriyaga o'z vaqtida yuborish,virus saqlovchi materialni tayyorlash sifatiga va tekshirish usuliga etibor berish kerak.
Kasallangan, o'lgan yoki ataylab o'ldirilgan hayvonlardan tekshirish uchun materialni, iloji boricha kasallikning aniq belgilari paydo bo'lgach yoki klinik o'lim, ba'zida o'ldirilgandan so'ng 2-3 soat oralig'ida olish zarur.
Kasallikdan, keyin 1-2 kunlari ichakning bar'erlik roli kamayadi bunda qon tomirlarning o'tkazuvchanligi kuchayadi va ichakdagi floraning dissiminatsiyasi sodir bo'ladi. Bulardan tashqari infeksion jarayonning davom etishi va ayrim holda chuqurlashib ketishi tufayli va organizmning himoya ta'siri natijasida viruslarning soni kamayib ketishi mumkin.
Virusni ajratib olish uchun patmaterial olinganda o'rganilayotgan infeksiyaning patogenezi (virusning kirish darvozasi, organizmda virusning tarqalishi, uning ko'payish joyi va ajralib chiqish yo'llari)ga e'tibor beriladi. Respirator infeksiyalarda virusni ajratib olish uchun buruntamoq suyuqligi, burun va qizilo'ngachdan surtma, traxeyadan qirtishlangan material va o'lgan hayvonlardan o'pkaning bir bo'lagi olinadi; enteroviruslarda-najas; neyrotrop viruslarda-bosh va orqa miyadan bir bo'lakcha; dermotrop infeksiyada-terining yangi jarohatlangan qismi va boshqalar (1-jadval). Xullas shunday material olinadiki, shu materialda virusning yuqori darajadagi konsentratsiyasi mavjud bo'lishi lozim.
Virusni ajratib olishda xar xil ekskretlar va sekretlar,organning bo'lakchalari, qon, limfa material sifatida xizmat qiladi. Cho'chqalarda qon bo'yintiriq venasidan, dumining uchidan va quloqdan olinadi. Cho‘chqalarning ko‘zidagi vena chigalidan qon olish juda qulaydir.
Bunda 20 ml. mo'ljallagan "Rekord" shprisidan va N 12-30 ignadan foydalanib suyak orbitasining ichki burchagiga igna kiritiladi va qon olinadi. Virusni ajratib olish uchun fibrinsizlantirilgan qon, distillangan suv bilan 1:1 nisbatida aralashtirilgan qon, yoki qonning alohida elementlaridan (eritrotsitlar, leykotsitlar, plazma, zardob) foydalanish mumkin.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish