NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Yuqumli larigotraxeit kasalligini qaysi oilaga va avlodga kiruvchi viruslar chaqiradi?
Marek kasalligini qo’zg‘atuvchi virusning kriptogrammasi qanday?
Nyukasl kasalligining klinik belgilari qanday?
16- MAVZU: Baliqlarda kasallik chaqiruvchi viruslar
Reja:
Virusli gemorragik septisemiya kasalligi
Qizamiq kasalligi
Asosiy adabiyotlar.
Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.
Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.
Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.
X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.
N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
Virusli kasalliklar. Bu kasallik qo‘zg‘atuvchilari juda ham mayda organizmlar bo‘lib, ularning kattaligi millimikronlarni tashkil qiladi (10-300). Bu organizmlar baliq tanasidagi xujayralarning ichida, ham sitoplazmasida va ham o‘zagida, parazitlik qiladi. Ularning shakli turli-tuman: tayoqchasimon, ipsimon, urchuqsimon va hokazo. Viruslarning etilgan qismi – varionlar ikkita komponentlardan, ya’ni oqsil va bitta nuklein kislotasi (yo DNK va yoki RNK) dan iborat bo‘lib, boshqa mikroorganizmlardan ushbu xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Viruslarning ko‘payishi ham boshqa mikroorganizmlardan farq qilib, viruslardagi har bir komponentlar alohida ravishda xo‘jayin organizmining turli qismlarida sintezlanadi, so‘ngra esa ular o‘zaro birikishadi va etilgan virusni hosil qiladi.
Virusli kasalliklarda aniq va to‘g‘ri diagnoz qo‘yish uchun virus qo‘zg‘atuvchini ajratib olish zarurdir. Buningg uchun bir qancha usullar mavjud. SHulardan eng asosiysi bu viruslarni to‘qima kulturasida o‘stirish va elektron mikroskopda aniqlashdir. Virusologik tekshirishda to‘qima kulturasini ajratib olish juda ham mushkil ish bo‘lib, faqat maxsus jihozlangan laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Turli virus turlari uchun turli xil to‘qima kulturasi kerak bo‘ladi. Masalan, ayrim viruslar baliqlardan olingan aniq bir to‘qima kulturasida rivojlansa, boshqalari esa bunga bunchalik talabni his etmaydi, ya’ni ushbu kasallik bilan zararlangan baliqlardan olinganmi yoki sog‘lom baliqlardan olinganmi unchalik farq qilmaydi.
Baliqlarning viruslari haqidagi to‘plangan barcha materiallar ularni issiq qonli hayvonlardagi viruslardan farqlarini va ularni klassifikatsiyasini aniqlashda imkon yaratadi. Baliq viruslarining issiqqonli hayvonlar virusidan asosiy farqi shundan iboratki, baliq viruslari turli, keng qamrovli harorat chegarasida yashay olishi va ko‘payish xususiyatiga ega. Bunda pastki harorat chegarasi issiq qonli hayvonlarga nisbatan ancha past va baliqlarning yashashi uchun kerakli harorat bilan tengdir.
Baliqlarning virusli kasalliklari kontakt yo‘li bilan yoki yashash muhiti orqali tarqaladi. Ayrim kasalliklarda esa ularning tarqalishi tashuvchilar orqali, masalan, umurtqasiz qon so‘ruvchilar orqali (zuluk, qisqichbaqa orqali) amalga oshadi.
Virusli gemorragik septitsemiya kasalligi (yirik baliqlarda). Bu kontagioz yuqumli kasallik bo‘lib, kasallik (virusomik) jarayonlar, terining qorayishi, qorin bo‘shlig‘ining shishishi, suzg‘ich apparatining izdan chiqishi, nerv sistemasi faoliyatining buzilishi, jabrada qon qo‘yilishlar hamda ko‘zning biriktiruvchi to‘qimasida, skelet muskulaturasida, perivisseral yog‘ to‘qimasi va suzg‘ich pufagida qon qo‘yilishi bilan xarakterlanadi (pucheglazie). Ayrim organlarning hamda butun organizmning funksiyalari butunlay izdan chiqadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – bu RNK virusli qo‘zg‘atuvchilar. Jensen (1965) yilda birinchi bo‘lib ushbu virusni ajratib olgan va uni sun’iy kultura to‘qimasida (oziqaviy muhitda) o‘stirishga erishgan va ushbu virusni Daniyaning egtved shaxri sharafiga egtved-virus deb nomlangan.
Ushbu shahar yaqinida forel turdagi baliqlarni o‘stiruvchi ferma mavjud bo‘lib, bu ferma virusli gemorragik septitsemiya kasalligi uchun nosog‘lom hisoblangan. Virusli gemorragik septitsemiya virusi barmoqsimon, uzunligi 180-240 millimikron, eni esa 60-75 nm. Uning apikal qismi yumaloq, distal qismi esa yassi bo‘lib dumsimon o‘simta bilan qurollangan. Virusning ichida o‘zagi (yadrosi) bo‘lib kattaligi 2nm bo‘lib juda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qoburg‘asimon qobiq (parda) bilan o‘ralgan bo‘lib, ustidan silliq parda bilan qoplangan. Virus xazmlanuvchi to‘qima kulturasida yaxshi o‘sadi (RTQ-2), qaysikim forel turdagi baliqlarning tuxumdonidagi fibroblastlardan olingan virus efirda, xloroformda, glitserinda hamda rn- 3,5 gacha bo‘lganida ancha sezuvchang. Virus 44 grad-da butun lay inaktivlanadi, 15 minut davomida, 30 grad-da o‘zining patogenlik xususiyatini 50%-ga yo‘qotadi. 50%-li glitserinda, agarda harorat 14 grad bo‘lganida virus o‘zining infeksion xususiyatini qariyb 6 kun dan so‘ng yo‘qotadi. Virus 14 grad-dagi distillangan suvda bir so‘tka ichida saqlansa, o‘zining aktivligini 50% ga, suv havzalarida saqlansa qariyb 90%ga yo‘qotadi. Virusga ultrabinafsha nurlari 10 minut davomida o‘ldiruvchi ta’sir qiladi. Dezinfeksiyalovchi moddalardan 2%-li natriy ishqori va 3%li formalin virusni 5-10 minut davomida o‘ldiradi. Aktiv xlor, qaysikim ixtiopatologiyada keng qo‘llaniladi, konsentratsiyasiga qarab virusni 2-20 minut ichida o‘ldirish qobiliyatiga ega.
Forel baliqlarning o‘ligida, qaysikim VGS oqibatida o‘lgan, agarda jasad muzda saqlanayotgan bo‘lsa, virus o‘zining hayotchanligini 24 soat davomida saqlay oladi, - 20 gradus haroratda va undan pastki temperaturada virus o‘zining infeksion qobiliyatini 2 yil ichida saqlay oladi, biroq bunda titri 2 marotaba pasayadi.
VGS virusining bir qancha tiplari aniqlangan. Masalan, N (jigar), R (buyrak), V visseral va P (umumiy ta’sirlovchi), hamda N (neyrotrop).
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik evropaning ko‘pchilik davlatlarida qayd etilgan. 1968 yilda esa virus Daniyadan CHexiya respublikasida otalangan ikralar orqali kiritilgan. Sobiq ittifoqda ham ushbu kasallik otalangan ikralar orqali etib kelganligi aniqlangan.
VGS kasalligi bilan asosan forel (radujnaya) turdagi baliqlar kasallanadi. Tabiiy sharoitda forel (daryo foreli), kitlar, xarius hamda pali turdagi baliqlar kasallanadi. Kasallik epizootiya ko‘rinishda kechganida o‘lim 9-78% tashkil qiladi. Issiq paytlarda kasallik latent ko‘rinishda kechadi, biroq baliqlarning oziqlanishi va saqlash sharoiti zoogigienik talablarga javob bermagan taqdirda kasallik yozda ham avj olib klinik belgilar bilan kechadi. VGS bir yoshgacha bo‘lgan kattaligi 5-7 sm bo‘lgan forellar zararlanadi. Malki va segoletkalar hamda katta yoshdagi baliqlar kasallikka ancha chidamli.
Kasallik manbai – bu kasal baliqlar, uning chiqindilari va o‘liklari. Sog‘lom baliq suv havzalarning suvlari, loyqalari orqali ham kasallikka chalinishlari mumkin. Kasallikning yashirin davri tashqi muhit haroratiga, virusning virulentligiga hamda baliq organizmning rezistentligiga bog‘liqdir. Tabiiy sharoitda, suvning harorati 15-16 grad bo‘lganida inkubatsion davr 7-15 kun ga teng, ba’zan bu muddat biroz cho‘zilib 25 kun ni tashkil qilishi mumkin. Eksperimental sharoitda esa kasallikning yashirin davri 2 haftani, qo‘zg‘atuvchini inokulyasiya qilinganda 4 kun va sog‘lom baliq bilan kasal baliqlarning kon- taktida bu muddat yana ham qisqarishi mumkin. Virusni in vitro usulida o‘stirilganda, u 10-15 kunda kasallikni chaqirishi mumkin. VGS bilan kasallangan forellarda kuchli immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallik o‘tkir va surunkali hamda nerv sistemasi faoliyatini izdan chiqishi ko‘rinishida kechadi. Ba’zan esa o‘ta o‘tkir (sverx ostroe) va subklinik (latent) ko‘rinishida ham kechadi.
Kasallik o‘tkir oqimda kechganida tezlik bilan patologik jarayon rivojlanib o‘lim darajasi yuqori bo‘ladi. Kasal baliqlarning tanasida to‘q-jigarrang dog‘lar paydo bo‘ladi, bir yoki ikki tomonlama ko‘zi kurmay qoladi (pucheglazie), anemiya va jabrasida, ko‘zning periokulyar pardasida gemorragik chiziqlar hosil bo‘ladi. Suzg‘ich apparatining asosi (osnovanie) qizil tusga kiradi.
Kasallikning surunkali oqimida esa klinik belgilar sekinlik bilan rivojlanib o‘lim darajasi ancha past bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Tanasi butunlay qorayib ketgan, kuchli ekzoftalmiya holati, hamda anemiya. Bunda jabrasi och-qizil yoki oq-kulrang tusda bo‘ladi, ayrim paytlarda esa butunlay oq tusga kiradi. Ba’zan qorin bo‘shlig‘ida suv to‘plangan.
Kasallikning nerv formasida baliqlarning harakatida o‘ziga xos o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Kasal baliqlar spiralsimon harakat qiladi (suv havzalarning ostida yoki suv oqimiga qarama-qarshi ), ba’zan yonboshi bilan bir qancha muddat suzib yuradi. Ularda tanasining qaltirab qolishi, spazmatik holatlarni paydo bo‘lishi kuzatiladi. O‘lim juda ham kam bo‘ladi.
Kasallikni davom etish muddati tashqi muhit sharoitiga, suv havzalarning sanitariya holatiga, texnologik jarayonlarga bog‘liq bo‘ladi. Kasallikni enzootiya ko‘rinishi 1-2 oyda tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |