«Chechak kasalligiga laboratoriyada diagnoz qo’yish» mavzusidagi laboratoriya ishining
p a s p o r t i
mashg’ulotning maqsadi: Chechak kasalligida biologik namuna qo’yish va virusoskopiya o’tkazish.
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Chechak virusi va sezgir tirik ob'ektlar (xo’roz, kabutar, quyon); sterilizatsiyalangan tish cho’tkasi; steril paxta tamponi; yog’sizlantirilgan buyum oynasi; o’tkir tig’; pinsetlar; 1,2,3 reaktivlar; immersion moy; yoritgichli mikroskoplar; spirtlampasi; distillangan suv.
M.A.Morozov usuli bo’yicha bo’yash uchun:
Preparatga 1-reaktiv bilan 3-5 daqiqa ishlov beriladi, so’ngra distillangan suv bilan yuviladi;
2-reaktivga botiriladi so’ngra bug’ hosil bo’lguncha 1-2 daqiqa qizdiriladi; 3-reaktiv bilan 1-2 daqiqa qora-jigarrang paydo bo’lguncha qizdirilib ishlov beriladi, so’ngra distillangan suvda yaxshilab yuviladi; havoda quritiladi va mikroskopning immersion sistemasida qarab ko’riladi. Natija: sariq fonda mayda qora-jigarrang, yumaloq oval shakldagi, to’planib turuvchi, qator yoki diffuzli massani yoki yakka holatda bo’lmagan tanachalarni uchratish mumkin. Shu tanachalar chechak virusining virionlari hisoblanadi.
Adabiyotlar:
1. Bozorov X.K, Abdulakimova A.B. Veterinariya virusologiyasidan o’quv qo’llanma.Samarqand 2016 y.
2. Fenner's. Veterinary Virology (United States of America 2016 year).
3. M.Jackson. Veterinary clinical pathology. America 2010 year.
4. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. Учебная пособия. М., Агропромиздат 1998 год.
5. Троценко Н.И., Белоусова Р.В., Преображенская Е.А. Практикум по ветеринарной вирусологии. Учебная пособия. М., Колос, 2000 год.
MAVZU: Chechak kasalligiga laboratoriyada diagnoz qo’yish Oilasi.Poxviridae. Avlodi.Orthopoxvirus
Kriptogrammasi. D/2:160-200/5-7:X/*:V/0,Di,Ac,Si.
Chechak kasalligi bilan sut emizuvchilarning 23 turi, parrandalarning 5 turi va hashoratlarning 16 turi kasallanadi. Chechak virusining ayrim turlari ma'lum turdagi hayvonlarda kasallik chaqirsa, boshqalari esa bir necha turdagi hayvonlarda kasallik chaqiradi.
Ayrim hayvonlarda chechak kasalligi bir qo’zg’atuvchi tomonidan chaqirilsa, boshqalarida esa o’zinikidan tashqari (genuinnli), yana ikki-uch turdagi viruslar tomonidan chaqiriladi.
Hayvonlarda chechak kasalligining klinikasi bir xil ko’rinishda o’tmasa ham, ammo bir-biriga juda o’xshash.
Zararlanish shilliq pardalarda va terida, tananing ko’proq junsiz, patsiz joylarida generalizatsiya jarayoni bilan birgalikda uchratish mumkin.
Teri va shilliq pardalarda ma'lum turga xos bo’lgan rozeolalarning paydo bo’lishi (qizarish), so’ngra papulaga o’tishi va vezikulalar (pufakchalar) hosil bo’lishidan iborat. So’ngra pustulaga aylanib, ularning yorilishi natijasida suyuqlik oqishi kuzatilib, yaralar ustida qotgan po’stloq (strup) hosil bo’ladi.
Yaralar tuzalgandan so’ng po’stloq tushib ketib, chandiqlar qoladi. Chechak kasalligida generalizatsiya jarayonining kechishi tufayli haroratning ko’tarilishi, so’lg’inlik, ishtahaning yo’qolishi, teri osti kletchatkasining shishishi, parrandalarda esa nafas yo’llarida difteroidli qatlam paydo bo’lishi kuzatiladi. Chechak viruslari virionlar hosil qiladi, kattaligi 260x390 NM. Ular boshqa viruslar virionlarining orasida eng kattasi hisoblanadi.
Ularni nafaqat elektron mikroskopi ostida ko’ribgina qolmay, balki yorug’lik mikroskopi ostida ham ko’rish mumkin. Chechak kasalligi kasal hayvonlardan sog’lom hayvonlarga oson uzatiladi va tajribadagi hayvonlarga yuqtirish oson.
Chechak kasalligining ayrim viruslari tovuq homilasining xorionallantois pardasida ko’payib, chechakchalar paydo qiladi (ularning shakli har-xil viruslarda bir xilda emas). Chechak viruslari o’zining turiga xos hayvonning birlamchi o’stirilgan hujayralarida ko’payib, SPT ko’rsatadi.
Boshqa viruslarga o’xshagan holda har-xil materiall'ardagi chechak virusning antigenlarini FAU va DPR yordamida uchratish mumkin.
Klinik-epizootologik ma'lumotlarni hisobga olgan holda diagnoz qo’yish qiyin emas.Ammo klinik epizootologik diagnozni laboratoriya tekshiruv ma'lumotlariga asoslanib tasdiqlash tavsiya etiladi.
Laboratoriya usullaridan virusoskopiya universal hisoblanib-kasal hayvondan olingan materialda chechak virusining virionini yorug’lik mikroskopi yordamida uchratish mumkin. Buning uchun terining bir bo’lagi yoki chechak bilan zararlangan shilimshiq pardadan (yaxshisi papula yoki vezikula bosqichida) buyum oynasida surtmalar tayyorlanadi. Surtmalar har-xil usullar bilan bo’yaladi, shulardan eng yaxshisi M.A.Morozovning kumushlash usuli hisoblanadi. M.A.Morozov bo’yicha bo’yalganda 3 reaktiv tayyorlanadi.
Nl Reaktiv (Ruge suyuqligi): 1ml muzli uksus kislotasi, 2ml 40%-li formal'degid eritmasi (sotuvdagi formalin) va 100ml distillangan suv bilan bir idishga quyiladi.
N2 Reaktiv (kimyoviy modda): 5g taninni lOOml distillangan suvda eritgach, 1ml suyuq karbol kislotasi (fenol) qo’shiladi. Kristall holdagi karbol kislotani suyuq holatga keltirish uchun 56°C suv hammomida eritiladi. Taninning yaxshi navdagisini ishlatish kerak. lg taninning tozaligini bilish uchun 5ml suvda eritilib, unga 10ml 96°li spirtdan qo’shiladi. Bir soat davomida loyqalanish paydo bo’lmasligi kerak(dekstrin, kamel). So’ngra 5ml efir qo’shish tufayli (shakar, tuz) loyqalanish bo’lmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |