Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet86/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Nazorat uchun savollar
1.Laboratoriya hayvonlarining turlari va ularni virusologiya laboratoriyalarida ishlatishdan maqsad nima?
2.Laboratoriya hayvonlariga tajriba uchun ko‘p qo‘llaniladigan yuqtirish usullaridan qaysilarini bilasiz?
3.Laboratoriya hayvonlarining organizmida viruslarni ko‘payish belgilari qanday bo‘ladi?
4.Biologik tajribani musbat bo‘lishi va uning diagnoz qo‘yishdagi ahamiyati nimadan iborat?
5. “Ko‘r” passaj nima?
6.Yorib ko‘rib virus saqlovchi materialni olishda, organni tanlab olinishi nimaga asoslangan?
Mavzu: Virusologiya amaliyotida tovuq homilalarining qo’llanishi, virus yuqtirish usullari.
XX-asrning 30-yillaridan boshlab, tovuq homilasi tirik sistema sifatida virusologiya amaliyotida qo‘llanila boshlandi. Tovuq homilasi viruslarni laboratoriya sharoitida o‘stirishda muhim ahamiyat kasb etib, virusologiya, fanining oldida turgan ko‘pchilik vazifalarni hal etishda muvaffaqiyat qozondi. Tovuq homilalarining laboratoriya hayvonlariga nisbatan qator afzallik tomonlari bor. Tovuq homilalarini tashqi muhitdagi bakteriyalarning yuqishidan po‘stloq va po‘stloq osti qobig‘ini ishoncnli himoya qilib turadi. Homilaning muhim yutuqlaridan biri uning keng spektrdagi viruslarga yuqori sezgirligi bo‘lib bu himoya mexanizmining to‘lasincha rivojlanmaganligidir. Tovuq homilalari parrandachilik fabrikalari va inkubatoriylarning ko‘pligi tufayli topilishi oson bo‘lgan ob’ektdir. Bulardan tashqari tovuq homilalari tejamli bo‘lib parvarishni, oziqlantirishni talab qilmaydi va virus yuqishi natijasida unga javoban antitelo hosil qilmaydi. Ammo tirik sistemaning steril ekanligiga to‘lasincha kafolat berib bo‘lmaydi, shuningdek, homilalar o‘zining tarkibida viruslarni va patogen agentlardan (tovuqlarning yuqumli bronxit virusini, nyukasl kasalligini, gripp, leykoz, xlamidiyalar va mikoplazmalarni) saqlashi mumkin. Ushbu kasalliklarda viruslarning bor bo‘lishi tekshirish natijalarini noto‘g‘ri ko‘rsatishi mumkin. Virusologiyada laboratoriya hayvonlaridan qaysi maqsadda foydalangan bo‘lsak tovuq homilasidan ham huddi shunday maqsadda foydalanamiz. Bular quyidagilar:
-biologik tajriba qo‘yish tufayli patmaterial tarkibidagi aktiv virusni uchratishda;
-virusni birinchi bor ajratib olishda;


21-rasm.10 kunilik tovuq homilasining sxematik kesimi.
1-ohak qobiq; 2-po‘stloq osti qobigi; 3-xorionallantois qobiq; 4-allantois boshliq; 5-sariq xalta; 6-oqsil; 7-havo kamerasi; 8-homilaning tanasi; 9-amnion bo‘shlig‘i.

-ayrim sut emizuvchilarda, parrandalarda, kasallik chaqiruvchi viruslarni tovuq homilalarida o‘stirish va ajratib olish juda qulayligi;
-laboratoriyada viruslarni saqlab turishda;
-viruslarni titrlashda;
-laboratoriya tekshirishlarida virusni to‘plash va vaksina tayyorlashda;
-neytrallash reaksiyasida test-ob’ekt sifatida.
Virus saqlovchi materialni tovuq homilasiga yuqtirishda uning oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi;
homilalar yuqumli kasalliklar uchramaydigan xo‘jaliklardan olinishi, tuxumning tashqi ohak qobig‘i pigmentlanmagan, toza (yuvish mumkin emas) bo‘lishi kerak.
Homilaning yoshi tanlagan yuqtirish usuliga mos kelishi zarur. Tovuq homilasining tuzilishi. Tovuqlar deyarli otalangan tuxum qo‘yadi, bunda homila blastula yoki ertangi gastrula bosqichida bo‘ladi. Tuxumni tovuq tanasidagidek harorat bilan isitilsa, u holda homilaning rivojlanishi davom etadi. Tovuq homilasi 5-12 kun rivojlanganidan so‘ng unga virus yuqtirish mumkin (21-rasm). Homila rivojlanayotgan
tovuq tuxumi tashqi tomondan mayda teshiklari bor ohak tuxum po‘chog‘i bilan o‘ralgan bo‘lib unga po‘choq osti po‘stlog‘i mustahkam yopishib turadi. Po‘choq osti qobig‘i tuxumni o‘tmas qismida ikki varaqga ajratib ular orasida havo kamerasini hosil qiladi. Tuxum ichida homilaning tanasi ekssentr holatida yotib yelka tomoni bilan ohak qobiqga yaqin va bosh qismi esa havo kamerasi tamonga qaragan bo‘ladi:
Homila atrofidagi suyuqlikga botgan holda bo‘lib amnion bo‘shligini to‘ldirib turadi va kindik orqali sariq xalta bilan birlashgan bo‘ladi. Sariq xalta ham ekssentr holatida o‘rnashib homilaga nisbatan tuxumning ko‘ndalang qarama-qarshi ikkinchi tamoniga Joylashgan. Po‘choq osti po‘stlog‘i ostida allantois bo‘shlig‘i bor bo‘lib amnion va sariq xaltani o‘rab 10-11 kundan so‘ng tuxumning o‘tkir qismida qo‘shilib ketadi.
Allantois po‘stlog‘i o‘sish davomida xorion bilan qo‘shilib ketib, xorion allantois po‘stlog‘ini hosil qiladi (x.a.p.).
Tuxumning o‘tkir qismida oqsil qoldig‘i saqlanib turadi. Hujayra tuzilishiga ega bo‘lg‘an barcha strukturalarda viruslar ko‘payishi mumkin, bularga homila xap va sariq xalta kiradi.
Viruslarning to‘planishi ham shu strukturalarda bo‘lib bir qancha viruslar allantois va amnion suyuqliklarida to‘planib tayyor virus suspenziyasini hosil qiladi.
Homilaning u yoki bu qismida virus yuqtirish uni maksimal rivojlangan, yani sezgir hujayralar eng ko‘p bo‘lgan vaqtda o‘tkaziladi. Inkubatsiya jarayonida homila strukturasining kattaligi ham o‘zgarib bu esa ko‘pchilik holda homilaning optimal yoshi yuqtirish vaqtini belgilaydi. Sariq xalta oziq moddalarning manbai bo‘lib inkubatsiyadan oldin hajmi katta, 12 kundan keyin esa homilaning o‘sishi tufayli u kichiklasha boradi. Sariq xaltaga inkubatsiyaning 5-7 kunlarida virus yuqtiriladi.
Amnion bo‘shlig‘i homilaning o‘sishi uchun buferli muhit bo‘lib, inkubatsiyaning 5 kunida homilani o‘rab oladi.
Inkubatsiya davrining o‘rtalariga kelganda suyuqlikining miqdori 1 ml atrofida. Amnion bo‘shlig‘iga yuqtirish uchun homilani 6-10 kunlik yoshdagisidan foydalaniladi.
Allantois bo‘shlig‘i moddalar almashinuvi tufayli hosil bo‘lgan maxsulotlarni to‘plab turadi. Bu vaqtda siydik tuzlari fosforli va azotli birikmalar yig‘iladi. Homilaning o‘sish va rivojlanish jarayonida allantois suyuqligi kislotali reaksiyaga ega bo‘ladi.
Homilaning 9-12 kunlik o‘sish davrida allantois bo‘shlig‘i maksimal kattalikga ega bo‘ladi shuning uchun allantois bo‘shlig‘iga yuqtirish 9-11 kunlik inkubatsiya davrida o‘tkaziladi.
Xorionallantois po‘stlog‘i qon tomirlarga boy bo‘lib tuxum postlog‘ining teshikchalari bor yuzasida ichki tamondan yaqin joylashgan. Bu esa homila tanasini kislorod bilan to‘yinishini ta’minlab homilada nafas olish organi vazifasini bajaradi. 11-13 kunlar xap maksimal rivojlangan payti hisoblanadi.
Xorionallantois po‘stlog‘iga yuqtirish inkubatsiyaning 10-12 kunlari amalga oshiriladi.

Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish