Veterinariya virusologiyasi


II. Mashg‘ulot (5-7 kundan so‘ng)



Download 9,02 Mb.
bet94/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

II. Mashg‘ulot (5-7 kundan so‘ng)
1.Tekshirish uchun savollar.
2.O‘qituvchining tushuntirishi.
3.Ko‘rsatish: a)o‘lgan homilani ovoskopda ko‘rish; b)homilani ochish uchun ish joyini tashkil qilish; c)virus yuqtirilgan tovuq homilasini ochish va virus saqlovchi materialni olish; d)tovuq homilasida virusning ko‘payish belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlarini, GAR tomchi usulida qo‘yib ko‘rsatish; e)virus bilan ishlashda foydalanilgan keramika plastinkalarni, ochilgan homilalarni va instrumentlarni qaynatib sterillash natijasida zararsizlantirish usulini ko‘rsatish; f)olingan virus saqlovchi materialga yorliq yopishtirish.
4. Talabalarning mustaqil ishlashi: a)o‘tgan darsda yuqtirilgan tovuq homilalarini ochish uchun maxsus kiyim va ish joyini tayyorlash; b)N’yukasl kasalligi yuqtirilgan tovuq homilasini ochib, allantois, amnion suyuqliklarini so‘rib olish va tomchi usulda GAR qo‘yish; c)chechak virusi yuqtirilgan tovuq homilasini ochib XAP ajratish, chechakchalarni sanab suratini chizish; d)instrumentlarni, homilani, idishlarni yuqumsizlantirish uchun tayyorlash.
5. Mashg‘ulotni yakunlash.
6. Navbatdagi mashg‘ulot uchun topshiriq berish.
Tekshirish uchun savollar

1. Virusologiyada tovuq homilalari nima uchun ishlatiladi?
2. Rivojlanayotgan tovuq homilasining tuzilishi qanday?
3. Tovuq homilalariga virusni yuqtirish usullarini so‘zlab bering.
4. Tovuq homilasida viruslarni qanday indikatsiyalash usulini bilasiz?
5. Tovuq homilasidan virus saqlovchi materialni qaysi usulda olishni bilasiz?
6. Viruslarning gemagglyutinatsiyalash xususiyati va ularni ishlatilishi hamda gemagglyutinatsiyalash mexanizmi haqida gapirib bering.
Uslubiy ko‘rsatma

Shu mavzu yuzasidan ikki mashg‘ulot o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lib, mashg‘ulot orasidagi vaqt bir necha kunni tashkil qiladi. Chunki talabalar bu vaqt ichida virus yuqtirilgan homilalarni ochib ko‘rishga muyassar bo‘ladi.
Yuqtirish uchun n’yukasl kasalligining B1 shtammidan foydalanilsa, maksimal titrdagi virus inkubatsiyaning 5-kunida to‘planadi va homila o‘lmaydi.
Virus saqlovchi material sifatida 10 ml miqdorda allantois suyuqligi so‘rib olinishi mumkin. Bu suyuqlik tiniq va biroz sariq rangda. Suyuqlik tarkibidagi virus GAR natijasida eritrotsitlardan katta ipir-ipir hosil qiladi. Virus vaksina bo‘lgani uchun uni zoovetta’minotdan yoki parrandachilik xo‘jaliklaridan olish mumkin. Har qanday vaziyatda ham uni tovuq homilalarida passaj qilinadi; mashg‘ulotda 10-3, 10-4 suyultirilganlari, 105-106 HYUM50 miqdordagilari ishlatiladi.
Yuqtirish usulini XAP o‘rganish uchun kabutarlarning chechak virusi, N’yu-Djersi shtammidan foydalaniladi u ko‘payishi natijasida homilani o‘limga olib kelmasdan, XAP oq 2-3 mm diametrdagi chechakchalarni hosil qiladi.
Virusning 10-2, 10-4 ChXB miqdorda suyultirilgani homilaga yuqtirilsa ko‘rsatish uchun yaxshi natija olinib alohida chechakchalarni sanab kattaligi va shaklini kuzatish mumkin.
Tavsiya etilgan virus, vaksina uchun ishlatilib parrandalarning chechak kasalligidan spetsifik profilaktika qilish uchun keng qo‘llaniladi.
Mashg‘ulot uchun ovoskop o‘rnida posilka yashigiga elektr lampasi o‘rnatiladi faner qopqoq esa chetga surib qo‘yiladi. Qopqoq qismida tuxumdan biroz kichik kattalikdagi teshik yasaladi. Bunday ovoskoplar o‘rnida mikroskopning yoritgichidan ham foydalansa bo‘ladi.
Ovoskopda qarash qorong‘ilashtirilgan xonada olib borilib xona oynalariga qora parda o‘rnatiladi.
Talabalarning ish joyi quyidagicha tashkil qilinadi. Har bir talaba oldiga emallangan kyuveta qo‘yilib va uning tagiga 3-4 qavatli dezinfeksiyalovchi eritma shimdirilgan salfetka to‘shaladi. Kyuveta ichiga homila uchun shtativ va unga yaqinroq joyga spirtlampa qo‘yiladi. O‘ng tomonda yod qo‘shilgan spirt quyilgan bankacha, uning ichiga sterillangan asboblar joylashtiriladi.
Ishlatishdan oldin bankadan chiqarilgan asboblar alangada yondiriladi va ishlatilib bo‘lgach, yana bankachaga joylashtiriladi.
Talabalar doka yuzyopqichda ishlab, yuzyopqich har bir guruh ishlatgandan so‘ng yuvilib sterillanadi. Tuxum po‘chog‘ida teshik ochish uchun zanglamaydigan po‘latdan yasalgan diametri 0,4-0,5 sm uzunligi 9-10Cm teshgichdan foydalaniladi. Agar teshgich bo‘lmasa tuxum po‘chog‘iga inyeksiya uchun ishlatiladigan rezina tiqinchaga kiritilgan № 18-20 igna bilan teshish ham mumkin.
Bunday ignalar ishlatilgach spirt solingan bankachaga botiriladi. Tixum po‘chog‘ida teshik ochish uchun o‘tkir uchli ko‘z uchun ishlatiladigan qaychilardan foydalanilsa ham bo‘ladi.
Tuxum po‘chog‘idagi teshikni yopish uchun parafin tayoqchalardan foydalanish qulay: parafinni biror idishda eritgach, 10 ml probirkalarga quyiladi.
Probirkani vertikal holatda parafin qotguncha tutib turiladi. So‘ngra probirkani ustki qismigacha issiq suvga botiriladi va qog‘oz ustiga parafin tayoqchasini tezda silkitiladi. Hosil bo‘lgan tayoqcha tuxum po‘chog‘idagi teshikni yopishda uzoq muddatgacha foydalaniladi.
Alanga ustida turgan tayoqcha tuxum po‘chog‘idagi teshikni yopish uchun ishlatiladi. Tuxum ustida tomchi shakldagi tezda qotgan parafin qoladi.


29-rasm.Parrandalardagi yuqumli laringotraxeit kasalligining virusi yuqtirilgan tovuq homilasining XAP dagi tugunchalar.

Mavzu: Tovuq homilasida virusni ko’payganlik belgilari virus saqlovchi materialni olish.
Homilaga virus yuqganligini har qaysi virusga tegishli muddatda o‘lishi ko‘rsatadi. Virusni ko‘pay-ganligini ko‘rsatuvchi boshqa belgilar, ya’ni homilaning barcha strukturalarida patologoanatomik o‘zgarishlarni paydo bo‘lishidir.
XAP shishlarning bo‘lishi, qon quyilishi,
tugunchalar (chechakchalarning) paydo bo‘lishidir. Tovuq
homilasiga parandalarning chechak virusi, parrandalarning yuqumli laringotraxeit, Aueski kasalligi va boshqa viruslarning yuqtirilishi shunday jarohatlanishning paydo bo‘lishiga olib keladi (29-rasm). Har xil turdagi viruslarning o‘sishiga qaraganda chechakchalarning shakli ko‘zda ko‘rinarli darajada ajralib turadi. Homilaning o‘zi yuqtirilmaganlarga qaraganda o‘sishdan qolish fenomenini ko‘rsatadi.
Homila tanasining barcha joylari har xil darajada suvsizlangan yoki mumlanganligi, bo‘yin qismining buralishi bilan ta’riflanadi.
Yuqorida aytilgan belgilar parrandalarning yuqumli bronchit kasalligiga o‘xshashdir (30-rasm). Homilaning terisi qizarib, qon quyilgan (31-rasm). Ichki organlarida ham virusning ko‘payganlik belgilari bo‘ladi.


30-rasm.Parrandalarning yuqumli bronchit kasalligi.



31-rasm. Chechakvaksina virusi yuqtirilgan tovuq homilasida chechakning butun tanada tarqalishi (Mairu va boshqa. bo‘yicha).


Virus yuqtirilgan tovuq homilalarida homilaning o‘smasdan va mumlanib qolishi. Yuqorida shu yoshdagi virus yuqtirilmagan homila (Mairu va boshqa bo‘yicha).
Tovuq homilasida sariq yashil yoki qora yashil rangda jigar shishsa, o‘rdaklarning gepatit virusi o‘sayotganligini bildiruvchi belgi hisoblanadi. B1-shtammdagi virus n’yukasl kasalligi tovuq homilasida o‘saturib homilani o‘ldirmaydi va patologoanatomik o‘zgarishlar chaqirmaydi. Bunday viruslarni faqatgina gemagglyutinatsiya reaksiyasi (GAR) yordamida eritrotsitlarni agglyutinatsiyalash qobiliyatiga qarab uchratish mumkin.
Gemagglyutinatsiya hodisasi eritrotsitlarning tarkibiga gemaglyutinatsiyalovchi viruslar suspenziyasini qo‘shish tufayli sodir bo‘ladi. Gemagglyutinatsiyalash xususiyatiga shunday viruslar egaki, ularning virionlari yuzasida retseptorlar mavjud va ular eritrotsitlarning qobig‘idagi retseptorlar bilan qo‘shilish xususiyatiga ega.
Bunday virionlar eritrotsitlarning yuzasida adsorbsiyalanishi mumkin. Bir virion bir yo‘la ikki eritrotsitga adsorbsiyalanishi tufayli, adsorbsiyalangan virion ikki eritrotsit oralig‘ida ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Shunday ko‘priklarning ko‘pchilik eritrotsitlar oralig‘ida hosil bo‘lishidan eritrotsitlarning elimlanishi va ipir-ipir massa hosil qilishi kuzatiladi.
Ipir-ipir massa hosil bo‘lganligini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Buning uchun buyum oynasi ustiga bir tomchi virus suspenziyasiga bir tomchi yuvilgan eritrotsitlardan qo‘shib aralashtiriladi.
Virus va eritrotsit suspenziyasini aralashtirish natijasida probirkada eritrotsitlar bir qavat bo‘lib cho‘kmaga tushadi, tag qismida esa soyabonni eslatuvchi shakl paydo bo‘ladi.


32-rasm. Tomchi usulda gemagglyuti-natsiya reaksiyasi: a)virus saqlovchi suyuqlik, eritrotsitlar bilan aralashtirilgan-dan so‘ng hosil bo‘lgan gomogen suspen-ziya. b) shu suspenziyada 10 daqiqa o‘tgach ipir-ipir agglyutinatsiyalangan eritrotsitlar.

GAR- virusni uchratishda va titrlash uchun qo‘llaniladi.
Eritrotsitlardan ipir-ipir massa hosil bo‘lishi 5-10 daqiqa ichida virus saqlovchi suyuqlik tomchisiga eritrotsit-lar aralashmasini aralashtirish natijasida hosil bo‘ladi (32-rasm).


Gemagglyutinatsiyaning musbat bo‘lishi faqatgina virus borligini bildiribgina qolmay, balki uning gemagglyuti-natsiyalovchi aktivligini ma’lum turdagi hayvonning eritrotsitlari yordamida amalga oshirishi tufayli diagnoz qo‘yishda yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Homilani ochishda ko‘pchilik holda virusning ko‘payganligini bildiruvchi belgilar bo‘lmaydi ammo virus tekshirilayotgan materialda mavjud. Bunday passajni yuqorida aytilgandek “ko‘r” passaj deyiladi.



Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish