Virusni yuqtirish uchun tovuq homilalarini tayyorlash Inkubator xonadan homilani, yo‘lda sovutmasdan olib kelinadi. Laboratoriyada homilani 37oC va namligi 60-70% bo‘lgan termostatda inkubatsiyalanadi. Namlik bilan doimiy taminlash uchun termostatga og‘zi keng bo‘lgan idishlarga suv solib qo‘yiladi.
Termostatning shamollatuvchi teshiklari ochiq bo‘lishi kerak. Homilani maxsus shtativlarga havo kamerasini yuqoriga qaratilib joylashtiriladi.
Yuqtirguncha bir kecha-kunduz davomida homila yangi olib kelingan sharoitga moslashishi va transportdagi bo‘lgan stressdan so‘ng funksiyalari normal holga kelishi kerak.
Agar laboratoriyaning shaxsiy inkubatoriysi bo‘lsa tovuq tuxum qo‘ygandan so‘ng 10 kun davomida tuxum bostirishga qo‘yish uchun yaroqli hisoblanadi.
22-rasm. 10-kunlik tovuq
Homilasining ovoskopda ko‘rinishi homilaning soyasi sariq xalta xap qon tomirlari havo kamerasi ko‘rinmoqda (X.K.Bozozov usuli boyicha)
Tovuq homilasiga yuqtirishidan oldin ovoskopda qarab ko‘riladi po‘choq qismi dezinfeksiyalanadi va ishlash uchun tegishli joy ham tanlanadi.
Ovoskopda qarab ko‘rish uchun etarli darajada yorug‘lik manbasi nur kerak bo‘lib, tuxumni yoritilmagan qismida esa ichki strukturaning soyasi ko‘rinadi (22-rasm).
Ovoskopda ko‘rish uchun xona qarong‘ilashtiriladi. Bunda tuxum pochog‘ining ustki qismidan grafit qalam bilan havo kamerasini homila joylashgan o‘rnini va qon tomirlari kam bo‘lgan 0,5 x0,5 sm joy belgilanadi.
Bu qo‘yilgan belgi virus saqlovchi material yuborayotganda joyini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi.
Ovoskopda ko‘rilayotganda homilani tirik yoki o‘likligi aniqlanadi. xap tomirlarining qon bilan to‘la bo‘lishi va aktiv harakatdagi homila tirik hisoblanadi.
Tovuq homilalariga aseptika sharoitida eng qulayi bokslarda virus yuqtiriladi. Boks oldi xonasida homilaga yo‘d qo‘shilgan spirt bilan ishlov berilib boksda yana qaytadan artiladi ayrim hollarda spirt shimdirilgan tampon yordamida alanga bilan ishlov beriladi.
Emallangan kyuvetaga 3-4 qavat doka to‘shaladi va bu dokaga dezinfeksiyalovchi modda shimdiriladi uning ustidan homilani maxsus tutib turuvchi fiksatsiyalovchi shtativ o‘rnatiladi.
Ish jarayonida qaynatish natijasida sterillangan instrumentlardan foydalaniladi. Instrumentlar qaytadan ishlatilgudek bo‘lsa spirt lampa alangasida qizdiriladi.