Veterinariya virusologiyasi



Download 9,02 Mb.
bet45/190
Sana28.04.2022
Hajmi9,02 Mb.
#587529
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190
Bog'liq
2 5190427342530417793

Asosiy adabiyotlar.

  1. Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.

  2. Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.

  3. Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.

  4. X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.

  5. N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.

Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.


TAYANCH IBORALAR


Gastro enterit, koronovirus, sitopatik o’zgarishlar, alimentar, deskvamativ-nekrotik kamar, fluoressiyalanuvchi antitelolar, formaldegid.
Virusli transmissiv gastroenterit kasalligi yuqori kontagiozli, yuqumli kasallik bo‘lib, qayt qilish, diareya, organizmning degidratatsiyasi, kataral gemorragik gastroenterit belgilari bilan kechib, cho‘chqa bolalarining 1 kunlikdan 10 kunlikgacha paytida o‘limi bilan ta’riflanadi.
Tarixiy ma’lumot. Cho‘chqalar orasida virusni transmissiv yo‘l bilan uzatilishini AQSH Doyl va Xatchingslar (1946) yozib qoldirgan. Bir necha yildan so‘ng virusli gastroenterit Yaponiyada, Buyuk Britaniyada (1958), so‘ngi yillarda kasallik er yuzining barcha kontinentlarida ro‘yxatga olingan 1971 yida, Sankt-Peterburg shaxrida ro‘yxatga o‘tkazilgan.
Iqtisodiy zarar. Kasallangan cho‘chqalar 3-4 kg.gacha og‘irligini yo‘qotadi. Xo‘jalikga iqtisodiy zarar keltiriladi, emuvchi cho‘chqalar ko‘plab 5 kunligida – 100%, 6-10 kunligida 67% o‘ladi. Emlash, davolash, cheklash, dezinfeksiya uchun katta xarorat sarflanadi.
Etiologiyasi - kasallikni RNK-saqlovchi koronavirus avlodiga koronaviridae oilasiga kiruvchi virus qo‘zg‘atadi. Virionlari polimorf bo‘lib, kattaligi 75-120 nm. Virus epiteliotrop bo‘lib asosan ingichka ichakning, o‘pkaning, shilliq pardalarida reproduksiyalanadi.
Laboratoriya hayvonlari virusga sezgir emas. Tajriba yo‘li bilan cho‘chqalarga va itlarga og‘iz va intranazal yo‘l bilan infeksiyani yuqtirish mumkin.
Koronavirus YSHH larning diareya va aueski kasalligi viruslarini interferensiyaga uchratadi. Kasallikdan tuzalgan cho‘chqalarning qonida agglyutininlar, pretsipitinlar va virusni neytrallovchi antitelo hosil bo‘ladi.
Chidamliligi. virus efirga, xloroformga dezoksixolat natriyga sezgir bo‘lib RN-3,0-11,0 tripsinga, ut kislotasiga chidamli. Virus sovuq haroratda muzlatilgan holda -20oS 1,5 yilgacha, -28oS 3 yilgacha yaxshi saqlanadi. Virus issiqlik va yorug‘likka, ayniqsa ultrabinafsha nurga juda sezgir.
Shuning uchun tashqi muhitda tabiy sharoitda tezda o‘ladi. 58oC qizdirilganda 30 daqiqada, suyuq go‘ng tarkibida 6 soatda, soyada 3 kunda aktivligini yo‘qotadi.
Epizootologiyasi – virusli gastroenterit kasalligiga yosh cho‘chqalar, katta yoshdagi cho‘chqalarga qaraganda juda sezgir.
Gastroenterit virusi itlar, mushuklar, tulkilarning organizmida reproduksiyalanadi va qushlarning organizmida uzoq muddatgacha saqlanishi isbotlangan.
Kasallik manbai bo‘lib kasal va kasallanib tuzalgan cho‘chqalar hisoblanadi. Kasallangan cho‘chqalar yashirin davridan boshlab, kasallanib tuzalgach 2-3 oy o‘tgach ham virusni tashqi muhitga najas, siydik va burundan oqgan suyuqliklar orqali tarqatadi.
Virusning konsentratsiyasi najasda juda yuqori bo‘lib shuning uchun notinch xo‘jalikda kasallik tez tarqaladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisini uzatishda kasal hayvonning go‘shti, ichaklari, em-xashak, suv havo, go‘ng, transport vositalari, maxsus kiyimlar hisoblanadi.
Hayvonlarga virus asosan oral hamda havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Shuning uchun transmissiv gastroenterit alimentar infeksiyalar qatoriga kiradi.
Itlar va qushlar (chug‘urchuq) kasallikni uzatishda muhim o‘rinni egallaydi. Ko‘pchilik hollarda sog‘lomlashtirish tadbirlarini notinch xo‘jalikda sansolorlik va sistemasiz o‘tkazilishi tufayli ushbu kasallik statsionar kasalliklardan biriga aylanib qolishi mumkin.
Bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarida, har xil xo‘jalikdan olib kelingan cho‘chqalar orasida tez-tez kasallik uchrab turadi.
Sifatli em xashak bilan boqmaslik saqlanish sharoitining talabga javob bermasligi, har xil stress faktorlar kasallikni keng tarqalishiga hatto, katta yoshdagi cho‘chqalar orasida o‘limning 10-15% etishga olib keladi.
Virusli gastroenterit yilning barcha fasllarida uchrashi mumkin, ammo sovuq paytlarda kasallik ko‘proq uchraydi.
Patogenezi – organizmga oral yo‘l bilan virus tushgach, hech qanday oshqozonning to‘siqlariga qaramasdan ingichka ichak bo‘limiga tushadi.
Birinchi sezgir to‘qima bo‘lib och ichakning shilliq pardalari kam miqdorda 12 barmoqli ichak to‘qimalari hisoblanadi.
Virus reprduksiyalangan hujayralar o‘z faoliyatini yo‘qotadi. Kasallik yuqgach 12 soatdan so‘ng virus ichak bo‘shliqlaridan chiqa boshlab qonga so‘riladi va butun organizm bo‘ylab tarqaladi.
Ichki organlarga etib borib ayniqsa o‘pkada virusning ikkilamchi reproduksiyasi kechib epitelial hujayralarni ishdan chiqaradi.
Virus bilan zararlangach 36 soatdan so‘ng ichak vorsinkalarida atrofiya sodir bo‘ladi. Vorsinkalarni atrofiyaga uchrash darajasi virusning virulentligiga bog‘liq. Yangi tug‘ilgan cho‘chqa bolalarining ichak vorsinkalari 90-95% holatda atrofiyaga uchraydi.
Shuning natijasida 12-24 soatdan so‘ng kuchli ich ketishi, suv elektrolit balansining buzilishi, suvsizlanishga, atsidozga xullas moddalar almashinuvining buzilishiga sababchi bo‘ladi. 1-5 kundan so‘ng sekundar infeksiyaning aralashuvi tufayli kasal cho‘chqa o‘ladi.
Yashirin davr qisqa bo‘lib 1-3 kun davom etadi, hayvon qancha yosh bo‘lsa u shunchalik qisqa, sut emuvchi cho‘chqalarda 12-18 soatdan oshmaydi. Katta cho‘chqalarda esa 7 kun davom etadi.
Klinik belgilari. Kasallikning kechishi va klinik belgilari, ko‘rinishi cho‘chqaning yoshiga hamda virusning virulentligiga bog‘liq.
Eng muhim klinik belgilardan cho‘chqalarda qayt qilish kuzatiladi, ishlahasi pasayadi, tezda ichi o‘ta boshlaydi.
Cho‘chqa bolalari sut ichmasdan qo‘yadi, so‘lg‘in holda bir joyga to‘planib turadi.
Boshlanishda tez-tez ich ketib, najas yarim suyuq holda kul rang sariq rangda so‘ngra ixtiyorsiz bo‘lib kul rang ko‘kimtir ranga ega bo‘lib noxush xid sezilib turadi.
Tezda hayvon og‘irligini yo‘qotadi, tananing ko‘karishi teri qoplamasining yopishqoqligi, ola-bula ranga kirish yurak ish faoliyatining buzilishidan dalolat beradi. Qisqa muddatli haroratning 2-2,5o ko‘tarilishi harakat kordinatsiyasining buzilishi kuzatiladi.
P.I.Pritulin (1976) ma’lumotlariga ko‘ra 5-kunlik cho‘chqachalarda o‘lim 100%, 6-10 kunlikda 67%, 11-15 kunlik 30% hamda 0,5-3,5 oylikda 3,5% tashkil etadi.
Katta yoshdagi cho‘chqalarda anoreksiya va diareya bo‘lib, suvsash va qayt qilish kuzatiladi. Kasallik 1-2 hafta davom etib ko‘pchilik holda sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Patanatomiyasi. O‘lgan cho‘chqalar suvsizlangan bo‘lib, asosiy o‘zgarishlar oshqozon ichak sistemasida kuzatiladi. Oshqozon uvigan sut bilan to‘lgan yoki bo‘sh bo‘ldi. Oshqozonning pastki qismidagi shilliq pardalar shishgan har xil darajada qizargan ayrim joylarda mayda qon quyilishlar kuzatiladi.
Ayrim hollarda shilimshiq fibrinozli nekrozga uchragan joylar bo‘ladi. Ingichka ichak gazga, ko‘piksimon suvli massaga, hazm bo‘lmagan sutga to‘lgan bo‘ladi.
Ichak devorlari, yupqalashgan, yorug‘likni o‘tkazib ildirab qolgan, qon tomirlari esa qonga to‘lgan bo‘ladi.
Charvidagi qon tomirlar va mezenterial limfa tugunlar qonga to‘lgan.
Taloqda qon quyilishi infarktni eslatadi.buyrakning kapsulasi ostida ko‘plab qon quyilishini ko‘rish mumkin. Siydik pufagining shilimshiq pardasida ham qon quyilishini kuzatishimiz mumkin.
Eng ko‘zga ko‘rinarli patologoanatomik o‘zgarishlar och va yonbosh ichaklar so‘rg‘ichlarida bo‘lib atrofiya kuzatiladi. Miyani gistologik tekshirganda iringsiz ensefalitni uchratish mumkin.
Diagnoz – ushbu kasallik boshqa alimentar kasalliklarga o‘xshaganligi tufayli ishonchli diagnozni mukammal kompleks tekshirishlarga asoslanib qo‘yiladi. Diareyani tezda yoshga aloqasi bo‘lmagan holda tarqalishi asosiy epizootologik belgilardan biri hisoblanadi.
Diagnozni tasdiqlash uchun biologik sinab ko‘rishni 2-7 kunlik cho‘chqa bolalarida o‘tkaziladi. Virus neytrallash reaksiyasida identifikatsiyalanadi. Surtma tarkibida virusni topish, diagnozni tasdiqlash uchun biologik sinab ko‘rishni 2-7 kunlik cho‘chqa bolalarda o‘tkaziladi. Virus neytrallash reaksiyasida identifikatsiyalanadi. Surtma tarkibida virusni borligini aniqlash uchun immunfluoressensiya reaksiyasidan foydalanamiz.
Transmissiv gastroenterit kasalligiga serologik diagnoz qo‘yish uchun NR va BGAR reaksiyasidan foydalanamiz.
Antitelolarining titrini tezda oshib ketishi NR (1:10), BGAR (1:16) natijaning musbat ekanligidan dalolat beradi.
Differensial diagnoz – o‘lat kasalligidan, dizenteriya, kolibakterioz, salmonellyoz, enterovirus infeksiyasi va har xil yuqumsiz alimentar kasalliklardan farqlash zarur.
Immunitet, profilaktika va qarshi kurashish choralari. Kasallanib tuzalgan cho‘chqalar 2 yilgacha immunitet hosil qiladi. Bunday hayvonlar qonida virusni neytrallovchi antiteloning titri 1:60 dan to 1:320 gacha bo‘ladi. Emlangan ona cho‘chqalar nasliga laktogen yo‘l bilan A va G sinfiga oid immunoglobulinlarni uzatadi.
Yosh cho‘chqachalarni kasallikdan saqlab qolish uzluksiz sut orqali antitelolarni kirib turishdan iborat bo‘lib bu AT. Virusni neytrallash qobiliyatiga ega.
Profilaktikasi. Izolyatorda cheklash olib tashlanguncha qadar ish qurollari, jihozlar stanoklar 5 kunda bir bor dezinfeksiyalanadi.
Dezinfeksiyalash uchun ishqor, formaldegid, 2% aktiv xlorli ohak 3 soatli ekspozitsiyada, 20% so‘ndirilgan ohak ishlatiladi.
Go‘ng biotermik usulda zararsizlantiriladi, o‘lgan cho‘chqalar kuydiriladi va utilizatsiya qilinadi.
Nosog‘lom xo‘jalikda cheklovchi tadbirlar eng so‘ngi holatdan so‘ng 3-oy o‘tgach bekor qilinadi. Reproduktor xo‘jaliklar 12 oy o‘tgach sog‘lom xo‘jalik hisoblanib to‘rt hafta oralig‘ida ikki karra serologik tekshirish natijalari 6-10 xaftalik cho‘chqalarda esa manfiy bo‘lgach chiqarishga ruxsat etiladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

  1. Transmissiv gastroenterit kasalligini qo’zg’atuvchi virus qaysi oilaga va avlodga mansub?

  2. Virusning kriptogrammasi nima?

  3. Cho’chqalardagi transmissiv gastroenterit kasalligining o’ziga xos xususiyatlari nimada?

  4. Kasallikka qanday diagnoz qo’yiladi?

  5. Boshqa kasalliklardan gastroenterit kasalligini qanday farqi bor?




Download 9,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish