Chechak bilan sut emizuvchi hayvonlarning 23 turi, parrandalarning 5 turi va hashoratlarning 16 turi kasallanadi. Ayrim chechak kasalligining viruslari ma’lum turdagi hayvonlarda, ba’zilar esa bir necha turdagi hayvonlarda kasallik chaqiradi.
Ba’zi bir hayvonlarda chechak kasalligini bitta qo‘zg‘atuvchi chaqirsa, boshqalarida esa ikki yoki uchta chechak virusi chaqiradi. Chechak kasalligi barcha hayvonlarda bir xil kechmasada ammo bir-biriga juda o‘xshashdir. Zararlanish shilliq pardalarda ko‘pchilik holda tananing junsiz (patsiz) joylarida uchraydi.
Teri shilliq pardalarning zararlanishi natijasida rozeola (qizarish), papula (shishish) va vezikula (pufakchalar) paydo bo‘lishi kuzatiladi. Ohirgi bosqich pustulalar, suyuqlikni yara ichida chiqib ketishi natijasida so‘ngra eroziya qurigan po‘stloq paydo bo‘ladi.
Yaraning bitishi natijasida po‘stloq tushib ketib, chandiqlar hosil bo‘ladi. Chechak kasalining rivojlangan jarayoni haroratning ko‘tarilishi, kam quvvatlik, ishtahaning yo‘qolishi teri osti kletchatkasida shishlar, tovuqlarning nafas yo‘llarida difteriodli cho‘kmalar paydo bo‘ladi.
Chechak virusi virionlar hosil qilib kattaligi 260 ch 390 nm. Boshqa virionlar ichida chechak virioni eng kattasi hisoblanadi.
Chechak kasali hayvonlardan sog‘lom hayvonlarga juda ko‘p yo‘llar orqali yuqadi. Eksperiment yo‘li bilan tezda hayvonlarni zararlantirish mumkin. Ayrim chechak viruslari tovuq homilasining XAO po‘stlog‘ida, nekrozga uchragan tugunchalar – chechakchalar hosil bo‘ladi.
Chechak virusi o‘sayotgan hujayralarda ko‘payib SPT – ko‘rsatadi.
Barcha virsularga o‘xshab chechak virusining antigenlari har xil materiallarda FAU va DPR orqali uchratish mumkin. Chechak kasaliga diagnoz qo‘yishda kasallikning simptomiga va epizootologik ma’lumotlariga asoslanadi. Ammo diagnozni isbotlash uchun laboratoriya tekshirish ishlari olib borilgani ma’qul.
Laboratoriya usullaridan universal hisoblangani virusoskopiya bo‘lib patmaterial tarkibidagi chechak kasalining virusini yorug‘lik mikroskopi yordamida ko‘rishga asoslangan. Buning uchun zararlangan terining bir qismi yoki shilliq pardaning bir bo‘lagidan (papula yoki vezikula) bosqichida buyum oynasiga surtmalar tayyorlanadi.
Tayyorlangan surtmalar har xil usul biln bo‘yaladi, shulardan eng ko‘p ishlatiladirgani M.A.Morozov bo‘yincha kumushlash usulidir. Surtmalarni M.A.Morozov usulida bo‘yash uchun 3 reaktiv tayyorlash zarur.
Reaktiv №1 (Ruge suyuqligi) : Uksus kislotasi 1ml, 40%-li formaldegid eritmasi 2 ml va 100 ml distillangan suvda bir idishga quyiladi.
Reaktiv №2. (protrava); Taninning 5g.ni 100 ml distillangan suvda eritish va unga 1 ml suyuq karbol kislotasidan (fenoldan) qo‘shish.
Kristall holatdagi karbol kislotasini eritish uchun 56o C suv hammomidan foydlanish kerak. Taninning eng yaxshi navlarini ishlatamiz. Taninning toza ekanligini bilish uchun 1 g taninni 5 ml suvda eritib unga 10 ml 90o-li spirt qo‘shamiz. 1 soat davomida loyqalanish bo‘lmasligi kerak. Shakar, tuzlar natijasida loyqalanish 5 ml efirni qo‘shganda ham hosil bo‘lmasa taninning toza navi ekanligini bildiradi.
Reaktiv №3. (ammiakli kumush eritmasi); 5 ml kristall holdagi kumush nitratni 100 ml distillangan suvda eritish.
Umumiy eritmadan boshqa idishga (undan bir qismini) qo‘yish. Qolgan kumush nitrat eritmasiga tomchilatib (25%-li) ammiakdan qo‘shiladi. Boshlanishda quyuq qoraqo‘chqil cho‘kma, so‘ngra qo‘shish natijasida ammiak aralashib ketadi. Vazifa shundan iboratki cho‘kmani to‘lasincha eritib yubormaslik, lekin shunday eritma bo‘lsinki salgina quyqaroq bo‘lsin.
Agarda biz shunday eritmani tayyorlay olmasdan yaltiroq eritma paydo bo‘lsa u holda kumush nitratni tomchilatib quyib asosiy eritmada loyqalanish paydo qilinadi. Olingan opalessensiyalanuvchi eritmani distillangan suvda suyultiriladi 1:10 ga va preparatlarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Bu eritma juda barqaror bo’lib qorong‘i va mustaxkam yopiladirgan probkada yopilib saqlanadi.
Biologik sinab ko‘rish. Eng ko‘p qo‘llaniladigan usuldir. Chechak kasalligida biologik sinab ko‘rishni tabiy sezgir hayvonlardan tayyorlangan hujayra to‘qimasida qo‘yib ko‘riladi.
Chechak vaksina virusiga, qoramol va otlarning chechak virusiga quyonlar sezgir, tovuq homilalari esa tovuq chechagi virusiga sezgir bo‘lib qolmay chechak vaksina virusiga qoramol, kabutarlar chechagiga ham sezgirdir.
Barcha chechak viruslari dermatropdirlar, shuning uchun teri osti eksperimental zararlantirilganda yoki tirnalgan teriga va tovuq homilasining XAO po‘stlog‘iga zararlantirish mumkin.
Xo‘rozni zararlantirish oddiy bo‘lib, tojiga ignalar yoki singan paster pipetkasi bilan chuqur qilmasdan tirnaladi so‘ngra tirnalgan tojga virus suspenziyasidan tampon orqali yoki kaltaytirilgan tish shyotkasi yordamida surkaladi. Xo‘rozni chechak virusi bilan pat follikulalariga oson zararlantirish mumkin. Buning uchun xo‘rozning sonidagi pati yulib olinib, ochilib qolgan pat o‘rniga virusning suspenziyasi tampon yoki shyotka bilan surkaladi. Agarda tekshirilayotgan materialda chechak virusi bor bo‘lsa unda zararlantirilgandan so‘ng 6-7 kun o‘tgach, tojda xarakterli chechaklar va son qismida esa follikulalarning yallig‘lanishi kuzatiladi.
Yangi chechaklardan tayyorlangan surtmalarda virusoskopiya yordamida chechak virusning virionini uchratamiz. Quyonni zararlantirishda jundan o‘sha zona tozalanadi va xo‘rozni toji zararlantirgandek zararlantiriladi. Chechak kasalligida FAU, DPR reaksiyalrini qo‘yish usuli boshqa temalardagidek bajariladi.