Mavzu: Yirik shoxli hayvonlarda Kasallik
chaqiruvchi viruslar bo‘yicha umumlashtiruvchi ma’lumot.
INFEKTIOS BOVINE RHINOTRACHEITIS VIRUS, INFECTIOUS PESTULAR VULVOVAGINITIS VIRUS
Oilasi. Herpetoviridae
Avlodi Horpesvirus bovis 1
Kriptogrammasi. (D/2:(99+5)/10: s/s : v/o)
REJA
Har qaysi kasallik qo‘zg‘atuvchi virus bo‘yicha quyidagi savollar o‘rganiladi:
Virusning nomi va tasnifdagi tutgan joyi
Virus virionlarini tuzilishi va kattaligi
Virus virionlarini chidamliligi
Virusni laboratoriyada o‘stirish usullari
Virusni antigen xususiyati
Virusni hayvonlarda chaqiradigan kasalligi
Kasallikni klinik alomati, patologoanatomik o‘zgarishlari
Virus chaqiradigan kasallikni epizootologik xususiyati
Virus chaqiradigan kasallikka diagnoz qo‘yish usuli
Kasallikni spetsifik oldini olish chora tadbirlari
Asosiy adabiyotlar.
Syurin V.N., Belousova R.V., Fomina N.V. Veterinarnaya virusologiya. Uchebnik M.Kolos 1984 g.
Trotsenko N.I., Belousova R.V., Preobrajenskaya E.A. Praktikum po veterinarnoy virusologii. M. Agropromizdat 1989 g.
Syurin V.N., Fomina N.V. Chastnaya veterinarnaya virusologiya. Spravochnaya kniga M: Kolos 1979 g.
X.K.Bazarov., A.B.Abdulakimova “Veterinariya Virusologiyasi” Samarqand – 2017y.
N.James MacLachlan & Edward J.Dubovi “Fenner’s Veterinary Virology” USA 2011.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
6. S.Luriya., Dj Darnell., D Baltemor., E.Kempbell. Obchaya virusologiya. Izd. «Mir»M. 1981 g.
7. P.N.Burgasov. Rukovodstvo po vaksinnomu i sivorotochnomu delu. M. Meditsina 1978 g.
8. M.V.Zemskov., M.N.Sokolov., V.M.Zemskov. Osnovi obchey mikrobiologii, virusologii i immunologii.Izd. «Kolos» M.1972g.
TAYANCH IBORALAR
Virulentlik, konservatsiyalash, transovorial, kazeoz, fibrinoz, laringotraxeal, konyunktival, atipik, rinit, sinusit
Yuqumli rinotraxeit (YURT, pufakli toshma, yuqumli vulvovaginit, yuqumli nekrozli rinotraxeit, yuqumli rinit, qizil burun, kontagiozli bronxopnevmoniya, yuqori nafas olish yo‘llarining yuqumli qatori ) – yirik shoxli hayvonlarning o‘tkir kechuvchi kontagioz kasalligi bo‘lib nafas yo‘llarining kataral nekrozli zararlanishi, isitma, umumiy madorsizlik va konyuktivit hamda pustulali vulvovaginitning rivojlanishi bilan, hayvonning jinsiy organlariga virusning tushishi natijasida bola tashlash bilan ta’riflanadi.
Kasallik barcha joyda tarqalgan. Mamlakatimizda birinchi marta 1969 yilda tasdiqlangan.
Iqtisodiy zarar kasallik davrida sut berishning (50-60%) kamayib ketishi tufayli bo‘lib kasallikni vaginal shaklida ko‘pchilik xolda qisir qolish, kasal buzoqlarning sekin o‘sishi va buzoqlarning ko‘r bo‘lib qolishi tufayli yaroqsiz qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |