Alikayev usuli.
Kam ifloslangan, yangi material bilan ishlaganda qo‘llaniladi.
Buning uchun patmaterial 0,5 sm
3
kattaligida bo‘laklanib steril hovonchaga solinadi va
ustiga 10 – 8 – 6 % li sulfat kislotasi eritmasini qo‘yib 10 - 20 daqiqa turadi.
Kislotaning konsentrasiyasi, ekspozisiyasi vaqti, materialning ifloslanish darajasiga
bog‘liq. Keyin kislotani to‘kib tashlab, o‘rniga steril fiziologik eritma quyiladi va 8
daqiqadan keyin uni ham to‘kib tashlab, material hovonchada fiziologik eritma bilan
yaxshilab eziladi. Tayyor suspenziyadan surtmalar tayyorlanadi, 5 – 6 probirka oziqa
muhitlarga ekiladi, biosinov qo‘yiladi. Kultural tekshirish muddati ikki oy.
Biosinov
– 1, 0 ml dozada dengiz cho‘chqasi choti terisi ostiga, quyonlarga quloq
venasiga, tovuqlarga qanot osti venasiga yuborib zararlanadi. Kuzatish muddati uch oy.
Ijobiy natijada o‘lgan hayvonni yorganda jigar, taloq va boshqa organlarida
tuberkulyozga xos tuberkulalar bo‘ladi. Dengiz cho‘chqalarini biosinov qo‘yishdan
avval albatta tuberkulin bilan allergik tekshiriladi. Ijobiy natija berganlari biosinov
uchun yaroqsiz hisoblanadi.Biologik tekshirish muddati 3 oy.
Do'stlaringiz bilan baham: |