Antigen tuzilishi
. Qorason qo‘zg‘atuvchisi antigenlari tarkibida termostabil
somatik
O
– antigen va termolabil xivchinli
H-
antigenlar ajratilgan.
Immunitet.
Yirik shohli hayvonlar va qo‘ylarda tabiiy immunitet yo‘q, lekin yoshi
katta bo‘lgani sari kasallikka sezuvchanligi kamayadi. Kasallanib sog‘aygan
hayvonlarda aktiv immunitet paydo bo‘ladi. Qorasonda immunitet antitoksik va
antimikroblidir.
Biopreparatlar.
Aktiv
immunitet
hosil
qilish
uchun
konsentrlangan
gidrookisalyuminiyli vaksina ishlatiladi. Yirik shohli hayvonlar va qo‘ylarga vaksina
mushaklar orasiga bir marta 2 ml dozada yuboriladi. Immunitet 6 oy davom etadi. 6
oylikgacha emlangan buzoqlar yana qayta emlanadi.
Qorasonga qarshi giperimmun zardoblar profilaktika va davolash maqsadlarida
qo‘llaniladi.
Kasallik o‘tkir o‘tishi tufayli, hamma vaqt ham davolab ulgirilmaydi. Lekin
ba‘zida streptomisin, dibiomisin, penisillin kabi antibiotiklar qo‘llana di.
Do'stlaringiz bilan baham: |