Tayanch iboralar:
klostridiyalar, ekzotoksin, fermentlar, sporalar, anaerob sharoit,
kultura, shtamm, gaz hosil qilish, oziq muhitlar, vaksina, giperimmun zardob, biosinov.
Patogen anaeroblar.
Hayvonlar va odamlarda og‘ir o‘tuvchi infeksion yoki
intoksikasiya jarayonlarni chaqiruvchi mikroorganizmlar qatoriga patogen anaeroblar
guruhi kiradi. Patogen anaeroblar- bu klostridiyalardir, lekin ularga sporasiz
fuzobakteriyalar (nekrobakterioz qo‘zg‘atuvchisi) ham kiradi.
Klostridiyalar- ko‘pgina tuproq anaerob bakteriyalari guruhi bo‘lib, 93 ta turni o‘z
ichiga oladi. Lekin ulardan sakkiztasi haqiqiy patogen mikroorganizmlardir. Ular qator
umumiy xususiyatlarga ega. Yosh kulturalar va to‘qimalardan tayyorlangan
preparatlarda grammusbat, eskilarida – grammanfiy bo‘yaladi. Ularning ko‘pchiligi
peritirixlar. Markaziy, subterminal, terminal joylashgan oval yoki silindr shaklli
endospora hosil qiladi. Spora hosil bo‘lishda hujayralar ko‘ndalang o‘lchami
kattalashadi, shishib, urchiqsimon shaklga kiradi. Maxsus oziq muhitlarda, anaerob
sharoitlarda o‘sadi. Bu guruh mikroblarining xarakterli xususiyatlari- katalaza
fermentining yo‘qligi, ular oqsillarni parchalovchi proteazalar hosil qiladi, qator turlari
saxarolitik aktivlikka ega. Tarkibida farqlanuvchi gemolitik, nekrotik, letal va boshqa
komponentlari bor, faol ekzotoksin sintezlaydi.
Har xil turdagi klostridiyalar bir xil antigenga ega- xivchinli, somatik, endotoksinli
antigenlar.
Klostridiy avlodi har xil vakillarining ekologik xususiyatlari – saprofitligi, spora
hosil qilishi tufayli muhitning noqulay sharoitlariga chidamliligi, deyarli barcha
kontinentlarda ularning keng tarqalganligi (geografik kosmopolitizm) bilan ifodalanadi.
Hayvonlarning oshqozon-ichak trakti ularning rivojlanishi va ko‘payishi uchun
tipik joy hisoblanadi.
70
Patogen klostridiylar shizomisetlar
Schizomycetes
sinfiga, haqiqiy bakteriyalar
qatoriga-
Eubacteriales,
basillalar oilasiga-
Bacillaceae
, klostridiy-
Clostridium
avlodiga mansub. Muhim patogen anaroblarga –
Cl. Chauvoei, Cl. Perfringens,
Cl.oedematiens, Cl.Septicum, Cl.histoyiticum, Cl.sordelii, Cl.Tetani, Cl.Botulinum
lar
kiradi.
Birinchisi qorasonni, qolgan beshtasi- gazli shish, bradzot, qo‘zilar anaerob
dizenteriyasini, yuqumli enterotoksemiya, qolgan ikkitasi esa qotma va botulizm
kasalliklarini chaqiradi. Nekrobakterioz qo‘zg‘atuvchisi ham patogen anaerob, lekin
klostridiya larga o‘xshamaydi. Shizomisetlar sinfi, haqiqiy bakteriyalar qatori, bakterio
idlar oilasi (
Bacterioidaceae)
, fuzobakteriy (
Fusobacterium
) avlodiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |