67
Buaven kompleks – antigen (endotoksin) ajratib olingan. Bu antigen bilan
immunlanganda – agglyutinin, presepitin, komplement bog‘lovchi
moddalar va
oposoninlar hosil bo‘ladi. Antigenni teri ichiga yuborganda kasal hayvonlarda spesefik
mahalliy reaksiya paydo bo‘ladi.
Immunitet
kasallanib, tuzalgan hayvonlarda paydo bo‘ladi. U infeksion – nosteril
va infeksiyadan keyingi steril bo‘lishi mumkin. U organizmda qo‘zg‘atuvchining
qancha vaqt saqlanishiga bog‘liq.
Diagnozi
.Brusellyoz bilan kasallangan hayvonlarni o‘z vaqtida aniqlash, bunday
xavfli kasallikni yo‘q qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Brusellyozga diagnoz
qo‘yish materialni laboratoriyada tekshirish (bakteriologik va serologik)
hamda
hayvonlarni xo‘jaliklarda allergik tekshirishdan iborat. Rejali serologik va allergik
tekshirishlar kasal va kasallikka gumon qilingan hayvonlarni aniqlashning asosiy
usullari hisoblanadi.
Tirik hayvonlardan laboratoriyaga tekshirish uchun tashlangan homila yoki uning
ikki
tarafdan boylangan oshqozoni, plasentasi, yo‘ldoshi, sut, abssess va gigrom
suyuqliklari, qo‘chqorlardan urug‘donning o‘zgargan qismlari, bezlar yuboriladi.
O‘lgan hayvonlardan esa parenximatoz organlar va limfa tugunlari yuboriladi.
Homila tashlagan hayvonlardan brusellyozga serologik tekshirish uchun qon ham
yuboriladi.
Bakteriologik diagnoz qo‘yish:
1. Patmaterialdan tayyorlangan surtmalarni mikroskopiya qilish.
Surtmalar Gram
va maxsus usullardan birida bo‘yaladi. Gram usulida brusellalar qizil, boshqa
hujayralar ko‘k rangda, Kozlovskiy usulida ham brusellalar qizil,
boshqa hujayralar
yashil rangga bo‘yaladi.
2. Toza brusella kulturalarini oziqa muhitida ajratish. Yuqorida aytib o‘tildi. Go‘sht
– peptonli jigarli bulon, eritrit agar. Begona mikroflora bilan ifloslangan patologik
materialdan brusella kulturasini ajratish uchun oziq muhitga 1:100 000-1:250 000
gensianviolet, 1:500 000 malaxit ko‘ki, yoki 1:100 000 kristallviolet qo‘shiladi.
Ekmalar bir oy o‘stiriladi. Har haftada ko‘rib boriladi. Ajratilgan kulturaning
xususiyatlari o‘rganiladi.
3.
Biosinov
350 - 400 - gramm vaznli dengiz cho‘chqalari
yuragidan qon olinib
zardobi RA usulida brusellyozga tekshiriladi. 1 : 5 nisbatda manfiy natija olinsagina
ularda biosinov qo‘yish mumkin. Keltirilgan patmaterialdan 1:10 nisbatda suspenziya
tayyorlanib, 1 ml dozada dengiz cho‘chqalari sonining ich tarafiga terisi ostiga
yuboriladi. Gigroma moddasi esa dengiz cho‘chqalariga 0,2 – 0,3 ml dozada teri ostiga
yuborib zararlanadi. zararlantirilgandan keyin 15, 25, 40
chi kunlari dengiz
cho‘chqalaridan 1 – 2 ml qon olinib, zardobi RA usulida 1:10 dan 1:80 nisbatgacha
brusellyozga tekshiriladi.
Biosinovdagi dengiz cho‘chqalarida brusellalarning sof kulturasi ajratilsa yoki qon
zardobida RA 1:10 va undan yuqori nisbatlarda musbat natija olinsa,
keltirilgan
patmaterialdan kultura ajratilmasa ham tekshirish natijalari ijobiy ya‘ni musbat
hisoblanadi.
Bakteriologik tekshirish muddati – 1 oy Biologik tekshirish muddati – 2 oy
Do'stlaringiz bilan baham: