Qorason qo‟zg‟atuvchisi.
Clostridium chauvoei
. Qorason (Emkar) shohli
hayvonlarga xos o‘tkir o‘tuvchi yuqumli kasallik bqlib, tananning muskullarga boy
qismlarida qirsildoq tovush paydo qiluvchi tez kattalasha digan gazli shishning paydo
bo‘lishi, isitmaning ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi. Yirik shohli hayvonlar 3 oydan
4 yoshgacha kasallanadi. Qorason qo‘zg‘atuvchisini birinchi bo‘lib Fezer 1865 yilda
o‘lgan sigirning teriosti kletchatkasidan topgan.
Morfologiyasi
va tinktorial xususiyatlari.
Qo‘zg‘atuvchi –
Clostridium
chauvoei
tayoqcha shaklida, uchlari qayrilgan, uzunligi 4-8 mkm, eni 0,6-0,9 mkm,
harakatchan- peritrix. Kulturada ham, patmaterialda ham markaziy yoki subterminal
joylashgan spora hosil qiladi. Sporalar joylashishiga qarab qo‘zg‘atuvchiga
urchuqsimon, noksimon yoki limon shaklini beradi. Yosh kulturalar grammusbat,
qarilari- grammanfiy bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |