Biologik tekshirish. M
ushak, jigar, taloq bo‘lakchalari maydalanib steril
hovonchada bir xil massa hosil bo‘lgunicha kamgina (1:10) GPB qo‘shib yaxshilab
eziladi. Tayyor massadan 0,5-1 ml dozada 350-450 g og‘irlikdagi ikkita dengiz
cho‘chqasining qorin qismi terisi ostiga yuborib zararlantiriladi. 8 sutka kuzatilib,
nazorat qilinadi. Patmaterialda
Cl. shauvoei
bo‘lsa zararlangan laboratoriya hayvon
lari 24-96 soat davomida o‘ladi. O‘lgan dengiz cho‘chqalarining terisida serozli-
nekrozli ajratma, yoyilgan yoki nuqtali qon quyilishlar namoyon bo‘ladi. Teri
zararlangan mushakdan qiyin ajraladi. Ko‘krak, qorin, ba‘zan orqa oyoqlari
mushaklari qoramtir qizil rangda bo‘ladi. Chot va qo‘ltiq osti qismlarida kamgina gaz
pufakchalari yig‘iladi. Ichaklari shishmagan, qorin bo‘shlig‘i organlarida ko‘rinarli
o‘zgarish bo‘lmaydi. O‘t pufagi o‘t suyuqligi bilan to‘lib ketgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |