22
denitrifikasiyalovchi bakteriyalardan –
Tiolacillus denitrificans, Ps. Aeruginosa, Ps.
Fluorescens, Ps.stutzeri
kabilar ko‘p uchraydi.
Azot to‟plovchi bakteriyalar
atmosferadagi molekulyar azotni fiksasiyalab,
o‘simliklar uchun yaroqli birikmalar hosil qiladi. Azot to‘plovchi bakteriyalarga
azotobakter, klostridium, tuganak bakteriyalar kiradi.
Uglerod aylanishi
. Uglerod atmosfera havosida karbonat angidridi shaklida
0,03%ni tashkil etadi. Karbonat angidridni o‘simliklar qabul qilib, murakkab
o‘zgarishlarga uchratadi, natijada havoga kislorod ajralib chiqadi. Tabiatda uglerodning
aylanishi azotsiz organik birikmalarning bijg‘ishi (achishi) natijasida sodir bo‘ladi.
Bijg‘ish natijasida karbonat angidrid, suv va oraliq birikmalar – spirtlar, kislotalar (sut,
sirka, yog‘ kislota) hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan karbonat angidridi atmosferaga
ko‘tariladi va o‘simliklar uni o‘zlashtiradi hamda kislorod hosil qiladi. Shu tariqa
uglerod tabiatda almashinib turadi.
Bijg‘ish jarayonlari qator mikroorganizmlarning fermentlari ta‘sirida hosil
bo‘ladi. Bijg‘ishning bir necha turi mavjud.
Spirtli bijg‟ish.
Inson faoliyatining barcha yo‘nalishlarida - pivo, vino tayyorlash,
non yopish, spirtli ichimliklar ishlab chiqarish va h.k. larda juda keng qo‘llanilib
kelmoqda. Bunda achitqi zamburug‘larining zimaza fermenti ta‘sirida glyukoza achib,
etil spirti va karbonat angidrid gazigacha parchalanadi. Unga pivo, non, vino, kefir
achitqilari kiradi. Etil spirti (C
2
H
5
OH) yoki etanol har xil xom ashyodan olinadi. Bu
achitqi zamburug‘lari -
Sacchoromyces
tufayli yuzaga keladi.Achitqi zamburug‘larining
bijg‘itishini L.Paster 1858 yilda aniqlagan. Buxner 1897 yilda achitqi zamburug‘i
zimaza fermentini hosil qilishini va uning ta‘sirida glyukoza bijg‘ib etil spirti va
karbonat angidridga parchalanishini isbotladi.
C
6
H
12
O
6
----2C
2
H
5
OH + 2CO
2
+117,3 kDj
Sanoat ishlab chiqarishida madaniy achitqilar ishlatiladi. Achitqi massasining
tuzilishiga qarab ular changsimon yoki donador bo‘ladi. Changsimon achitqilar spirt
tayyorlashda, donadorlari vino, pivo ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Achitqilar kislotali
muhitda (pH 4-6 ) yaxshi rivojla nadi, 15-17% spirtli eritmaga chidamli. Jarayon
qanday sharoitda kechishiga qarab ( aerob yoki anaerob ) yuqorigi –
Sacch. cerevsiae
va
pastki -
Sacch. vini
bijg‘ish achitqilari farqlanadi. Yuqorigi bijg‘ish achitqisi vino
tayyorlash va non yopishda, pastkisi pivo ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: