159
foyizli
eritmalari, gemodez, poliglyukin, aminopeptid, gidrolizin kabi
qonning o’rnini to’ldiradigan vositalar qabul qilingan dozalarda
qo’llaniladi.
Organizmning himoya funksiyalarini oshirish va passiv immunitetni
ta’minlash uchun nospesifik globulin, uviz immunoglobulini, katta
yoshdagi sog’lom hayvon qoni yoki qon zardobi qo’llaniladi. Birinchi
kunlari qon va uning preparatlari 2-4 ml/kg dozada og’iz
orqali
ichiriladi, keyinchalik, ichaklarning immunoglobulinlarni o’tkazish
xususiyatining yomonlashishi sababli teri ostiga yoki muskul orasiga
inyeksiya qilinadi. Nospesifik globulinning 10%-li eritmasidan 1 ml/kg
dozada, uviz immunoglobulinidan 0,7 ml/kg dozada teri ostiga inyeksiya
qilinadi. Shu maqsadda glyukoza-sitratli qon va glyukoza-tuzli
eritmadagi qon zardobi ham muskul orasiga yuborilishi mumkin.
Tabiiy
rezistentlikni
oshirish,
qon
ishlab
chiqarilishi
va
jarohatlangan a’zolar regenerasiyasini yaxshilash maqsadida A, Ye, S va
V
12
vitaminlari, yurak qon tomir tizimi faoliyatini stimullash maqsadida
kordiamin yoki kamfora yog’i teri ostiga yuboriladi.
Patogenetik va simptomatik terapiya sifatida shirdonni yuvish, iliq
klizma o’tkazish, grelka yoki elektrolampalar yordamida kasal hayvon
tanasini isitish, plevra usti novokainli blokadasi, mikroelementlar
tuzlari, kislorodterapiya qo’llaniladi.
Dispepsiyani davolashda yodlangan kraxmaldan foydalanish tavsiya
etiladi. 500 ml yodlangan kraxmal tayyorlash uchun 10 g kraxmal 40 ml
sovuq suvda eritilib, unga qo’zg’ab turish bilan 450
ml qaynoq suv
aralashtiriladi. Preparat sovitilgach, unga 5% li yod nastoykasidan 10 ml
aralashtiriladi. Preparatdan kuniga 3 marta 150-200 ml ichiriladi. Tayyor
preparatni shisha idishda +10
o
S haroratda 7 kun davomida saqlash
mumkin. Yodli kraxmal eritmasi antimikrob, o’rab oluvchi ta’sirga ega
hamda oziqlantiruvchi vosita hisoblanadi.
Olimlar buzoqlar dispepsiyasini davolashda birinchi marta sog’ilgan
uvizdan olingan laktoglobulinni yaxshi samara berishini ta’kidlaydilar.
Uviz zardobini olish uchun 3- yoki undan keyingi tug’ishdagi sog’lom
sigirdan sog’ib olingan uviz 38-40
o
S gacha qizdirilib, unga 6 g/l
hisobida pepsin talqoni aralashtiriladi. Quyuq cho’kma olish uchun
aralashma salqin joyda 2-3 soat saqlanadi va uning yuqorigi tiniq qismi
steril idishga olinib qolgan qismi filtrlanadi. Olingan zardobni
konservasiyalash uchun unga fenolning 5%li suvli eritmasidan 1 litrga
111 ml hisobida aralashtirilib steril flakonga quyiladi va 2 - 4
o
S
160
haroratda saqlanadi. Uviz zardobini davolash maqsadida buzoqlarga
kuniga 200-600 ml, 1-3 kun davomida ichirish mumkin.
Shuningdek, yangi tuqqan sigir qoni, glyukoza sitratli qon (5,0
natriy sitrat, 5,0 glyukoza va 100 ml distillangan suv va 900 ml qon)
yoki qon zardobini qo’llash mumkin. Glyukoza sitratli qon 100-150 ml,
uviz sutini berishdan 15-20 daqiqa oldin og’iz orqali ichiriladi. Qon
zardobini tayyorlash uchun sog’lom sigirdan steril kolbaga olingan qon
2-3 soat iliq joyda, keyin 15-20 soat salqin joyda saqlanadi. Olingan qon
zardobi 5-10 ml/kg dozada teri ostiga yuboriladi (bir kunlik doza 2-3
martaga bulib yuboriladi), shu bilan birga 200-400 ml 5%li glyukoza
eritmasi qo’llaniladi.
Dispepsiya bilan kasallangan
buzoqlarni davolashda tuxum
lizosimini kuniga ikki marta 15-20 ml. dan ichirish mumkin. Uni
tayyorlash uchun 4 dona tuxumdan ajratilgan oqsil
1
/
4
hisobida fiziologik
eritmaga aralashtiriladi va unga 10% hisobida xlorid kislotasining 5%li
eritmasi aralashtiriladi. Aralashma filtrlanib, steril idishlarga solinadi.
To’qima preparati sifatida taloqdan tayyorlangan preparatni qo’llash
tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun taloqni 4 kun davomida
muzlatgichda 2-5
o
S
harroratda
saqlab keyin uni maydalagach,
1
/
2
nisbatda fiziologik eritma bilan aralashtirilib, 2-3 soat tindiriladi. Ikki
qavat dokada filtrlangach, flakonlarga solinib avtoklavda sterillanadi va
0,1-0,2 ml/kg dozada teri ostiga yuboriladi. Preparatni 4 oy davomida
ishlatish mumkin.
Ko’p yillik tajribalarimizga asoslanib buzoqlarda dispepsiyani
qo’yidagi tartibda davolashni tavsiya etamiz
1.Oshqozon oldi bo’limlari 0,1%-li kaliy permanganat eritmasi bilan
burun-shirdon zondi yordamida yuviladi,
iliq suv bilan chuqur
tozalovchi klizma o’tkazish orqali toksik moddalar chiqarib yuboriladi.
2. Olti soat davomida och qoldirish tavsiya etilib, bu vaqt davomida
oziqlantiruvchi aralashma sifatida 1l fiziologik eritmaga 10-15 g
glyukoza poroshogi, 1g askorbin kislotasi va bir dona tovuq tuxumi
aralashtirilib, 500 mldan kuniga ikki marta emizik yordamida ichiriladi.
20-30
daqiqadan keyin antibakterial preparatlar qo’llaniladi.
Antibakterial preparatlarni kombinasiyada qo’llash yaxshi natija beradi.
3. Hazm jarayonlarini me’yorlashtirish maqsadida uviz suti
berishdan 30 daqiqa oldin yantoq yoki beda pichani damlamasidan 300
ml ichiriladi. Damlamalarni tayyorlash uchun sirli idishga 1 kg
maydalangan yantoq yoki beda pichani va 8 litr 80-100
o
S haroratdagi
suv solinadi va 5 soat davomida iliq xona haroratida saqlanadi.
161
Damlamani dokada sizdirilgandan keyin 2 sutka davomida qo’llash
mumkin.
4. Organizmning suvsizlanishini va intoksikasiyani kamaytirish
maqsadida 100 ml osh tuzining 10%-li eritmasiga 0,3 g kafein natriy
benzoat, 20 g glyukoza va 0,5 g askarbin kislotasi aralashtirilib, 1
sutkada ikki marta, jami 4 marta vena qon tomiri orqali yuboriladi. 10
foyizli kalsiy xlorid eritmasi 1 ml/kg dozada kuniga bir marta, jami ikki
marta vena qon tomiri orqali inyeksiya qilinadi. Elektrolit eritma sifatida
tarkibi 1
litr distillangan suv, 5,5 g natriy gidrokarbonat, 25 g
glyukozadan iborat eritma vena qon tomiriga tomchilatish usulida bir
sutka davomida 2 litrgacha yuboriladi. Bu eritmadan 200 ml har ikkala
tomoni kurak suyagi yuzasidan teri ostiga yuborish mumkin.
5. Hazm kanalidagi foydali mikrofloralar faoliyatini stimullash
maqsadida laktobakterin, bifidumbakterin, bifikol kabi pirobiotiklar
tavsiyanomasiga asosan qo’llaniladi. Stimullovchi vosita sifatida
levomizol preparati 1-1,5 mg/kg dozada xar 5 kunda bir marta, jami 2-3
marta qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: